Dual ta’limni tashkil etish va uning bosqichlarini


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 84,18 Kb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü84,18 Kb.
#161346
1   2   3   4   5
163 29.03.2021

4-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Dual ta’limda kollej va texnikumlarning kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori bir o‘quvchini o‘qitish bilan bog‘liq sarf-xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda, tegishli vazirliklar va idoralarning takliflari asosida vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
30. Tashkilot:
ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o‘quvchilarni tashkilotga borish-kelish, ovqatlanish, maxsus kiyim-kechak (forma) hamda ishlab chiqarish vositalari, xomashyo, yotoqxona (zarur hollarda) bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashi;
professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirishlarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin.
31. Dual ta’lim bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, professional ta’lim muassasalari tomonidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

1. O‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ularga qo‘yiladigan talablarni belgilash.
2. Dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlashda ishtirok etadigan tashkilotlar bo‘yicha taklif tayyorlash.

Har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’�im muassasalarini belgilash.

Har yili 1-iyulga qadar

1. Dual ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq choralar ko‘rish.
2. Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil etish yuzasidan monitoring olib borish.

O‘quv yili mobaynida

3-bosqich

Professional ta’lim muassasalari, tashkilotlar

1. Dual ta’limni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
2. Kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish hamda dual ta’lim bo‘yicha o‘quvchilar qabulini tashkil etish.
3. Dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish.

O‘quv jarayoni boshlanishidan kamida bir oy oldin

4-bosqich

Tashkilotlar

1. O‘qitishning amaliy qismini tashkilotda tashkil etish.
2. O‘quvchiga belgilangan tartibda ish haqi to‘lash.

O‘quv yili mobaynida

5-bosqich

Professional ta’lim muassasalari, tashkilotlar

1. Tashkilotlar bilan shartnoma imzolagan o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish.
2. Dual �a’limning nazariy qismini tashkil etish.

O‘quv yili mobaynida



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 09/21/163/0250-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 84,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə