Dukkakli don ekinlarini maysalari, bargi, dukkagi va urug’iga qarab aniqlash



Yüklə 284,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix12.04.2022
ölçüsü284,09 Kb.
#85348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vostok—84. 

O'zbekiston  sholichilik  ilmiy  tekshirish  insti-tutining  («Don» 

ilmiy  ishlab  chiqarish  birlashmasi)ning  seleksion  navi.  Marokashdan  keltirilgan 

kolleksiya  namunasi  N°6212  ni,  ko'p  marotaba  yakkalab  tanlash  yo'li  bilan 

yaratilgan. 

Mualliflar: Oleynik P.P., Yergashev N. 

1995-yildan    respublika  bo'yicha  don  va  yashil  ozuqa  uchun      kuzgi  va 

bahorgi ekish muddatida davlat reyestiriga kiritilgan. 

Pelyushka  xashaki  no'hat  tur  xiliga  oid,  mikrospyermum  tur  xiliga  mansub. 

Poyasi oddiy, o'sish balandligi 90-95 sm, pastki qismi shoxlangan. Bargi yashil, 

ellipssimon shaklda. Bargi yirik, asosi yashil, changdoni o'rtacha. Guli yirik, och-

qizg'ish,  jigarrang  dog'lari  bor,  yakka  yoki  qo'shaloq.  Duk-kakgi  o'rtacha 

kattalikda  5—7  urug'li.  Urug'i  mayda,  yashil,  dumaloq  burchaksimon,  binafsha 

rang mayda bezaklari bor. 1000 ta donining vazni 169,1 g. 

1998-2000 sinov yillarida o'rtacha don hosildorligi Jiz-zax viloyati G'allaorol 

nav  sinash  shoxobchasida gektaridan  8,9  sentnyerni  tashkil  etdi, quruq  moddasi 

8,8 sentnyer. 

Ob-havo  qulay  kelgan  yillari,  lalmikorlikda  o'rtacha  don  hosildorligi  20,0 

sentnyerga  teng,  quruq  moddasi  34,0  sent-nyerga  teng.  Oqsil  miqdori  17,0  %. 

Vegetatsiya  davri  to'la  unib  chiqishdan  to'la  pishgunga  qadar  66  kun,  yashil 

ozuqa  uchun  43  kun.  Yotib  qolishga  bardoshliligi  2,7  ball,  dukkak  yorilishi  3,5 

ball. Nav qurg'oqchilikka bardoshli. Sinov yillarida askaxitoz bilan zararlanmadi. 



Usatiy—

90. Ukraina o'simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining seleksion 

navi. Q l (liniya 75-26 x Trujenik) x F-l (Xarkovskaya 74 x Xarkovkiy usatiy) x 

mnogosemyanniy 12 x 

liniya  78  x  duragay  kombinatsiyalaridan,  ko'p  marotaba  tanlash  yo'li  bilan 

yaratilgan. 




1995-yildan  respublika  bo'yicha  don  va  yashil  ozuqa  uchun  bahorgi  ekish 

muddatida davlat reyestiriga kiritilgan. 

Tur xili-usataya, to'kilmaydigan ko'kimtir urug' kichik turi. O'simlik chirmashib 

o'sadi,  bo'yi  140  sm.  Poyasi  oddiy  shaklda,  yashil  rangli,  bargsiz.  Barg  oldi 

bargchalari  yirik,  oddiy  shaklda  yashil.  Gullari  yirik,  gul  o'rnida  ikkitadan  joy-

lashgan,  oq  rangli.  Dukkagi  yoriluvchan,  to'g'ri,  o'tkir  uchli,  somonsimon  sariq 

rangli 6-9 urug'li. Doni yirik, dumaloq, silliq, yaltiroq yashil. Kyertigining o'rnida 

urug' o'simtasi joylashgan. 1000 ta donining vazni 278,5 g. 

1998-2000 sinov yillarida Jizzax viloyati G'allaorol nav sinash shoxobchasida 

o'rtacha  don  hosildorligi  gektaridan  8,6  sentnyer,  quruq  moddasi  10,6  sentnyerni 

tashkil  etdi.  Lalmikorlikda  ob-havo  qulay  kelgan  yillari  don  hosildorligi  19,3 

sentnyergacha  yetadi.  Oqsil  miqdori  14,0  %.  Vegetatsiya  davri  to'la  unib 

chiqishdan  pishgunga  qadar  69-77  kun,  yashil  ozuqa  uchun  45-51  kun.  Yotib 

qolishga  bardoshli,  hosilni  mexanizm  bilan  o'rishga  yaroqli.  Sinov  yillarida 

askoxitoz bilan zararlanmadi. 

 

 



 

Adabiyotlar ro’yhati 

 

1. 


Boboxo’jayev  I., Uzoqov P. Tuproqshunoslik. Toshkent, 1995 yil. 

2. 


Kaurichyev S. i dr.Pochvovedeniye,M.Kolos, 1989. 

3. 


Oripov R.O., Xalilov N.X. 

O’simlikshunoslik. Toshkent, 2007 yil. 

4. 

Yaqubjonov O., Tursunov S.  O’simlikshunoslik. Toshkent, 2008 yil. 



5. 

Korenev G.V., Podgorniy P.I.  Rastenievodstvo  s  osnovami  selektsii  i 

semenovodstva.M., Agropromizdat, 1990. 



Атабаева Х. O’simlikshunoslik. Toshkent, 2006 yil.



 

 

Yüklə 284,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə