Dukkakli don ekinlarini maysalari, bargi, dukkagi va urug’iga qarab aniqlash


Dukkakli  don  ekinlarini  maysasiga  qarab  aniqlash



Yüklə 284,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix12.04.2022
ölçüsü284,09 Kb.
#85348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dukkakli  don  ekinlarini  maysasiga  qarab  aniqlash. 

Dukkakli  don 

ekinlarining  yyerga  ekilgan  urug'i  tegishli  sharoitda  (namlik,  issiqlik  mavjud 

bo'lganda)  unib  chiqa  boshlaydi.  Aval  uning  ildizchasi  o'sa  boshlaydi  va  urug' 

pardasini  yorib  chiqadi,  so'ngra  tuproqqa  chuqur  kirib  borib,  ildiz  otadi.  Ildizcha 

o'sishi  bilan  bir  vaqtda  poyacha  ham  bo'yiga  uzayib  boradi,  dukkakli  ekinlaming 

har xil turida poyacha uzayadi.  

Barglari  uch  qo'shaloq  (uchtali)  bo'ladigan  dukkakli  don  o'simliklari  (loviya, 

soya,  mosh,  vigna)  ning  poyachasi  urug'  palla  ostki  poyasi  deb  ataladigan 

uaig'palla  osti  qismining  uzayishi  tufayli  o'sib  boradi.  Bu  ostki  poya  (gipokotil) 

rostlanib,  tuproq  yuziga  chiqadi,  u  bilan  birga  poyachaga  tutashgan  urug'pallalar 

ham  tuproq  yuziga  chiqib,  urug'  po'stidan  ajraladi  va  tezda  ko'karib, 

assismilyatsiyada ishtirok etadi. 

Bular soxta barglar deb ataladigan dastlabki barglar hi-soblanadi. Shu guruhga 

kiradigan  dukkakli  ekinlardan  faqat  ko'p  gulli  loviya  urug'palla  barglari  tuproqda 

qoladi. Ba'zan urug'palla tuproqning o'zidayoq urug' po'stidan ajraladi. 

Maysalarda 

keyinchalik 

urug'pallalar 

orasida 


joylashgan 

kurtakdan 

o'simlikning ikkita chin barg chiqadi. 



 

 

Dukkakli o'simliklarning maysasi: 

1 - uch qo'shaloq bargli maysa ( oddiy loviya); 2 - panjasimon 

bargli maysa (lyupin); 3 — patsimon bargli maysa (nut). 

 

Barglari uch qo'shaloq (uchtali) bo'ladigan dukkakli don ekinlarining dastlabki 



chin  barglari  oddiy  barglar  jumlasiga  kiradi.  Keyinchalik  o'simliklarda  uch 

qo'shaloq chin barglar paydo bo'ladi. 

Barglari  patsimon  bo'ladigan  dukkakli  don  ekinlarining  maysasi  boshqacha 

o'sadi. Ularning urug'i unib chiqayot-ganda ildizchasi urug' po'stini yorib, tuproqqa 

kiradi-yu,  lekin  urug'lar  yyer  betiga  ko'tarilib  chiqmasdan,  tuproqda 

qolavyeradi.Tashqariga  dastlabki  chin  barglar  chiqadi,  ular  belgi-xususiyatlariga 

ko'ra  shu  turga  xos  tipik  barglardan  farq  qilmaydi,  biroq  yaproqchalarining  soni 

kamroq bo'ladi. 

Dukkakli  ekinlarning  aytib  o'tilgan  har  bir  guruhiga  kiradigan  ayrim  turlar, 

asosan,  dastlabki  chin  barglarning  tav-sifli  xususiyatlari  bilan  bir-biridan  farq 

qiladi. 


Yüklə 284,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə