“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”



Yüklə 84,48 Kb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü84,48 Kb.
#123565
1   2   3   4
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari

Mifologik dunyoqarash (yunoncha - mifos - naql, rivoyat - tushuncha, ta’limot) - ijtimoiy taraqqiyotaing eng boshlang‘ich davriga xos bo'lgan xalq og‘zaki ijodi - naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir. Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng tarqalagan ijtimoiy ongning shakli bo‘lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamdan ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun ham mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. Rivoyat, afsonalar tashqi olamni izohlashga qaratilgan bo’lib, unda dunyo qanday paydo bo’ldi, uning asosini nima tashkil qiladi, narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va bir-biriga aylanishi haqida so‘z yuritiladi. Buni biz bushmenlaming oyni paydo bo’lishi haqidagi mifologiyasidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Rivoyat qilishlaricha, «yomg'irdan keyin sehrgar gukan yoqib, oyog’idagi namlangan sandalni quritishga qo‘yadi.

Ko‘p o’tmasdan qarasa, bitta sandali batamom quyib kulga aylanib qolibdi, ikkinchisining esa yarmi quyib bitibdi. Sehrgar zarda bilan yarim kuygan sandalini osmonga uloqtirib yuboradi. U esa, fazoga parvoz etib osmonda oy bosib osilib qolgan emish». Qadimgi Misr mifologiyasida Ra, Shu, Geb, Osiris nomli Xudolar nur, havo, yer, suvni ifodalaydi. Marhumning qabriga bitilgan yodgorlikda shunday so‘zlarni o‘qiymiz: «Ra senga nur beradi. Shu senga havo beradi. Geb senga yashash uchun zarur bo‘lgan har xil mahsulotlami beradi. Osiris senga hayot kechirishing uchun Nilni baxshida etadi». Miflarda inson va tabiat masalalari katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, inson tabiat bilan munosabatda bo‘lar ekan, u ayni paytda tabiatni sevadi ham, undan qo‘rqadi ham, tabiatni sevishning boisi shundaki, inson tabiat beshigidan chiqqan, undan qo'rqishning sababi, inson tabiat sirlarini bilib olishga ojizdir. Mifologik dunyoqarashda qarama-qarshiliklaming birligi va kurashi, boshqa sivilizatsiyalar va ularda hayotning mavjudligi haqida fikr yuritiladi.


Yüklə 84,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə