“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”



Yüklə 84,48 Kb.
səhifə3/4
tarix23.09.2023
ölçüsü84,48 Kb.
#123565
1   2   3   4
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari

Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona) negizida shakllangan rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini hayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati, shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va har qayerda ilohiy kuchlaming ta’siri, mo‘jizaviy kuchi bor deb uqtiradi. Diniy dunyoqarashning mohiyati dindorlar uchun muqaddas bo‘lib hisoblangan adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Diniy dunyoqarashning shakllanishi tadrijiy va jiddiy jarayon bo‘lib, u ichiga fetishizm, sehrgarlik, totemizm, animizm kabilami qamrab oladi. Jamiyat taraqqiyotida politeizm (ko‘pxudolik) va monoteizm (yakkaxudolik) dinlari paydo boladi: buddizm (mil.avv.VIV asrlarda Hindistonda); xristianlik (mil. I asrda Rim imperiyasida). islom (mil. VII asrida G‘arbiy Arabistonda) kelib chiqadi. Diniy e’tiqod dinga ishonuvchi kishilar ruhiyatining tarkibiy qismi sifatida intellektual, hissiy va iroda tomonlarini o‘z ichiga qamrab oigan murakkab hodisalar.

Diniy dunyoqarashning tarkibiy qismida «Muqaddas joylar»ni ziyorat qilish katta o‘rin tutadi. Masalan, islom dinida Makka, Madinaga borib u yerdagi «Muqaddas joylar»ni ziyorat qilib, turli diniy urf-odat va marosimlarni bajarish hamda qurbonlik qilish, barcha musulmonlarga farzdir. Shuningdek, islom dinida payg‘ambarlar va ulaming sahobalari, diniy ulamolar, so‘fiylik, shayxlar kabi muqaddas zotlarni, ularning mozorlari, qadamjolarini ziyorat qilish ham keng tarqalgan. 0‘rta Osiyo hududida bunday joylar ko‘p. Samarqanddagi Shohizinda, Go‘ri Amir, Ismoil Buxoriy, Buxorodagi Qiz bibi, Xoja Bahovuddin, Toshkent viloyatidagi Zangi ota, Turkistondagi Ahmad Yassaviy, Sayramdagi (Chimkent viloyati) Ibrohim ota, Qorasoch bibi maqbaralari shular jumlasidandir. Bunday muqaddas joylar, qadamjolar, maqbaralar xristian, buddizm va boshqa dinlarda ham mavjud. Ular hanuzgacha kishilar ongiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, diniy dunyoqarashning, diniy e’tiqodning taraqqiy etishiga sabab bo‘lib kelmoqda.


Yüklə 84,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə