“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”



Yüklə 84,48 Kb.
səhifə4/4
tarix23.09.2023
ölçüsü84,48 Kb.
#123565
1   2   3   4
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari

Diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarash bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki tabiat, jamiyat, dunyoni bilish, insoniyat istiqboli kabi masalalar dinning ham, falsafaning ham diqqat markazida turgan muammolar boiib hisoblanadi. Lekin bularning o‘rtasida farq ham mavjud. Agar diniy dunyoqarash o‘zining asosiy e’tiborini inson e’tiqodiga, insoniy tashvishlarga, inson va uning umidlariga qaratsa, falsafiy dunyoqarash esa, dunyoni aql va bilim asosida tushuntiruvchi ma’naviy tomonlariga ko’proq e’tibor beradi. Bundan, falsafiy dunyoqarash mavhum qoidalardan iborat degan xulosa kelib chiqmaydi, albatta. Falsafiy dunyoqarash hayotiy muammolar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, fan va texnika yutuqlariga asoslangan bilimlar turqumidan iborat. Bunday dunyoqarash o‘zining mazmuni, mohiyatiga ko‘ra aslida ilmiy-falsafiy dunyoqarashdir. Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash tabiiy qonuniyatlami ilmiy asosda tushuntirib beradi.

Falsafîy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatining tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat taqdirlarining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi haqida ishonch hosil qiladi. 0‘rta Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarda xos bo‘lgan olijanob fazilatlar eng avvalo, faylasuflarda o‘z aksini topmog‘i lozim. Forobiyning fikricha, «faylasufning xulq-atvori, axloqi ham o‘z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. Shuningdek, o‘z xalqining ra’yini va o‘z xalqida bo‘lgan eng yaxshi urf-odatlami qattiq tutgan bo’lishi kerak». Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o‘z axloqi va hislatlari bilan aytilgan bu shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u falsafa bilimini o‘rganishga va uni boshqarishga, ishlashga kiritishuvi mumkin. Falsafa tomonidan insonlarda hosil qilinadigan barcha axloqiy fazilatlar ularning o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan intilishlarining ilmiy asosini tashkil etishi lozim. Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini eng avvalo, axloqiy me’yorlaridan kelib chiqib baholashi kerak.

Falsafîy dunyoqarash o‘zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Har bir davrda va turli mamlakatlarda u yoki bu muammo falsafaning markazida turadi. Falsafa o‘z mavzusining xilma-xilligi bilan turli falsafîy g‘oyalaming rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida, olam haqida rang-barang manzaralarni yaratishga olib kelmoqda. Dunyoni ilmiy bilish va ilmiy boshqarishda falsafa fanining roli tobora oshib bormoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida fan mavjud olamning eng murakkab sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham xususiy fan vakillari oldida falsafîy dunyoqarashni ijodiy egallash vazifasi ko‘ndalang bo’lib turibdi. Falsafîy dunyoqarashni mukammal egallab olish ijtimoiy fanlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tabiat taraqqiyot qonunlari inson ongida to’g'ri aks etishi favqulodda murakkab va qiyin jarayon bo‘lib, ijtimoiy hodisalarning unda aks etishi esa undan ham qiyindir.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 84,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə