“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#123386
  1   2   3
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari

“Dunyoqarash va uning tarixiy turlari”

Reja: 1. Dunyo qarash tushunchasi. 2. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. 3. Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish.

Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi.

Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’zo’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi.

Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə