Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari



Yüklə 32,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü32,28 Kb.
#181741
1   2   3   4
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari

Dunyoqarashda
ijtimoiy muhitning
roli
2023 NOVEMBER 06
MUSTAQIL ISH
FALSAFA
7
Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi
mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni»
va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va
rivojlanadi. SHu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan
borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va
tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum
bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok
etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini
qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui
sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil
etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul
narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar
tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga
erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.Demak,
dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va
xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.


2023 NOVEMBER 06
MUSTAQIL ISH
FALSAFA
8
Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada
teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni,
shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi.


Falsafiy dunyoqarash
tarkibida hissiyot va aql
2023 NOVEMBER 06
MUSTAQIL ISH
FALSAFA
9
Hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib,
dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir.
Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-
kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish,
xavotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy
tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va
vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda
namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi
dunyoni his etishga olib keladi
Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan
dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi. Inson aqli
unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy
dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har
bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish
va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash
tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks
ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi
bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha
davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning
asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy
dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. 



Yüklə 32,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə