E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix22.03.2024
ölçüsü24 Kb.
#184100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

e
- S ) / (
e
- S ) * 100;
bunda £ — sinaluvchilaming to‘g‘ri va notokg‘ri javoblarini hisoblashga 
xizmat qiladi. Ikkala miqdoming nisbati birining ikkinchisidan qay darajada 
yuqori ekanini ko‘rsatadi. Bunda “S” — nazorat, tajriba guruhni anglatadi.
Tafakkuming so‘z-mantiq tejamkorligi xususiyatini aniqlashda quyidagi 
formula qo'llanadi (3.l.KaImikova tadqiqotlarida):
TST = e Rl /
e
R2 ;
e R
1
— sinaluvchilar topshiriqni bajargani uchun olgan ballar yig‘indisi; £ 
R2 — sinaluvchilar maksimal darajada ballar to‘plashi mumkin bo‘lgan
13


imkoniyatlar. Topshiriq yechimi uch balli shkala bilan oMchanadi. To‘g ‘ri 
vechgani uchun “2” ball, noto‘glri yechgani, yechishga intilgani uchun “ 1” ball 
va, nihoyat mutlaqo yechmagani uchun “0" ball qo‘yiladi.
Yuqoridagi 
statistik 
metodlar 
tajribalarda 
olingan 
qiymatlarning 
ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari 
ko‘p va biz ulaming eng soddalariga to‘xtab o‘tdik, xolos.
To'plangan materiallarni psixologik tahlil qilish metodi mazkur fan uchun 
alohida ahamiyatga ega. Unda aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi), 
tekshiruvchi tajribalarda olingan har xil shakldagi ma’lumotlar turli prinsip. 
pozitsiya, ko‘p qirrali (kompleks) va yaxlit (sistemali) yondashishga asoslanib 
mantiq yordamida psixologik tahlil qilinadi. Barcha fikr va mulohazalar ishonchli 
omillar orqali isbotlab beriladi, psixologik qonuniyat, qonun, xususiyat, xossa, 
holat va kamolotning o‘ziga xosligi asoslanadi. Material alohida guruhlar va 
sinflarga ajratiladi, psixologik voqelikning boshqa jihatlari bilan uzviy sababiy 
bogMiqligi, ichki murakkab munosabati bayon qilinadi, sinaluvchilar muayyan 
toifalarga kiritiladi va tadqiqotdan yakuniy xulosa chiqariladi.
llmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchisi — sharhlash guruhi genetik va 
donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida 
io‘plangan 
ma’lumotlar 
yaxlit 
holda 
maqsadga 
muvofiq yo‘sinda 
sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi — sinaluvchida 
vujudga kelayotgan yangi shaxs 
fazilatlarining rivojlanishi 
va bilish 
jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta'rif hamda tavsif 
berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlaming namoyon bo‘lish 
davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo'shimcha 
sharhlar berish imkoniyali tug‘ iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o‘zgarishlar bilan 
rivojlanish 
bosqichlarining bevosita bog‘liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan 
taaqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik,
o zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro bogManishlari o'rganiladi. 
Jumladan. inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur 
jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda 
har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida 
ta’kidlanadi, ulaming olzaro bogMiqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribada to‘plangan m a’lumotlami sharhlash uchun yuqoridagi 
metodlaming o‘zi yetarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
vig‘ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning 
birinchi — tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun yoki 
qonuniyat to‘g‘risidagi taxmin, faraz tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi 
bosqichida tajriba o‘tkazish prinsipi, sharoiti, ob’ektiv va sub’ektiv omillar 
bo‘yicha mulohaza yuritiladi. Uchinchi bosqichda esa olingan miqdoriy natijalar 
qayta ishlanadi va bu ham o‘z navbatida to‘rt pog'onaga bo‘linadi: a) empirik 
materialni birlamchi tahlil qilish: alohida olingan yoki topilgan omil, alomat, 
ko‘rsatkich, mexanizm, xususiyat sharhlanadi; b) tahlil qilingan miqdoriy
14


matcriallar bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharhlanadi; v) ikkilamchi tahlil; 
barqaror, ustun dalillar ajratiladi; g) ikkilamchi sintez: psixologik qonun, 
qonuniyat, topilgan dalil oniil bilan tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus 
xulosa chiqariladi.
T o‘rtinchi bosqich — sharhlashda har bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, 
mexanizm,xossa, psixologik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha 
ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hech bir shubhaga. 
e’tirozlarga o*rin qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur 
xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi zarur muammoning 
ahamiyati va istiqboli tolg‘risida mulohaza qilinadi.
Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanadigan empirik metodlar haqida kengroq 
ma'lumot beramiz.
Kuzatish metodi. Ontogenez psixologiyasida bu metodning ob’ektiv 
(tashqi) va sub’ektiv (o^ini o‘zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi 
o‘zgarishIami har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
I) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
3) sinaluvchining yoslu, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o'tkazisn vaqti 
rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qat'iylashtiriladi; 6) 
kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda) amalga 
oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan 
otkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlami qayd qilib borish vositalari (kundalik, 
suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, 
mobil telefon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlaming diqqati, his-tuyglulari, nerv 
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, 
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari olrganiladi. Ammo o‘ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotiar, tafakkur, montiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, 
go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his- 
tuyg'usi, talpinishi. mayli, xohishi aniqlanadi. 0 ‘quvchining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, 
temperamenti, xatti-harakatining sur'ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi 
io‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyati tiig'iladi. 0 ‘spirin yoshlaming 
sport faoliyatini kuzatish orqali ulaniing irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining 
o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi 
yuzasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini 
kuzatish natijasida uning olz diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini rutisiii, 
imo-ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida kenc 
ma’lumotlar yigliladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarak- 
teri, 
nutq 
faoliyati, 
his-tuyg‘usi, 
ckstravertivligi 
yoki 
introvertivligi, 
qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba'zan tafakkur bolyicha ham ma’lumotlar olish: ish 
ustidagi kayfiyatini, fikming muayyan ob'ektga yo'naltirilganini, tashqi
15


qo‘zg‘atuvchilar ta'siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, 
ko‘zdagi gkayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy 
holatlami kuzatib tafakkuming kechishidagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. 
Bulardan tashqari, qoMning titrashi, asabiylashish, 
nutqning buzilishi, 
hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bolyicha 
ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham 
foydalaniladi. Kolpincha tajribali psixolog yoki o‘rta, maxsus o lrta va oliy ta’lim 
tizimidagi yuqori malakali mohir o'qituvchi o‘zini o‘zi kuzatish orqali ilmiy 
xulosa chiqara biladi. Masalan, o*z tafakkurini kuzatib o'zidagi emotsional 
o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkuming ichki mexanizmlari vujudga kelishi 
za kechishi haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. 
Natijada tafakkuming sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda. 
qay shaklda ro‘y berishini kuzatadi.
Uzoq va yaqin chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi kuzatishning inson 
ruhiyatini o'rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar tobplangan. 
lntrospeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari kuzatganlar va 
to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlami yaratishga 
harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi 
va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchali katta emas, lekin hozirgi 
zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga 
zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob'ekti va subekti tanlanadi, mavzusi, 
oltkaziladigan vaqti aniqlaxtadi, yakka shaxslar, guruh va jainoa bilan o'tkazish 
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgai narsa bilan uzviy bogMiq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 
qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishIami o lrganishdir. Suhbat orqali 
turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori. qiziqishi, 
tiyrakligi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’Iumotlar 
olinadi, Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil bogMangan savollar beriladi:
- Xotira deb nimani aytiladi?
- Xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni esda qoldirish, mustahkamlash 
hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayondir.
- Xotiraning nerv-fiziologik asoslari nimalardan iborat?
- Xotiraning nerv fiziogik asoslari bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida 
muvaqqat nerv bog‘lanishlarining hosil boMishi, mustalikamlanishi 
va 
keyinchalik faollashuvidir.
- Xotiraning samaradorligi nimalarga boglliq?
16


- Esda olib qolishda harakatning tugallanmaganligiga, shaxsning qiziqishi 
va mayllariga, faoliyatga munosabati, kayfiyati va irodaviy zo‘r berishiga, 
xarakterologik sifatlariga bog‘liq.
- Xotiraning qanday turlari mavjud?
- Harakat, obrazli, so‘z-mantiq, emotsional, qisqa va uzoq muddatli, 
operativ, ixtiyorsiz, ixtiyoriy, produktiv, reproduktiv, faol va sust xotira turlari 
bor.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo‘lishi shart. Biroq 
mashg‘ulot sinaluvchilarni toliqtirib qo'ymasligi, ulaming yoshiga, saviyasiga, 
mutaxassisligiga mutlaqo mos boMishi zarur.
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o‘z ko‘lami, mohiyati, mazmuni, shakli, 
xususiyati, sur'ati, mavzusi, ob’ektga yo‘nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi. 
Suhbatning yana bir turiga misol:
- Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?
- Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.
- Nechuk, qanday shamol uchirdi?
- Ko'zimdan o‘taverding, o‘taverding, keyin yollga otlandim.
- Qiynalmasdan yetib keldingizmi?
- Aytarli qiynalmadim. A w al avtobusga, so‘ng tramvayga o‘tirdim, lekin 
metroga tushgim kelmadi.
Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim 
zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, 
fikming mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bolladi. Shuningdek, 
savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o'ziga xos ishlash uslubi. 
oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni 
qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g ‘ri keladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, 
qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ontogenez 
psixologiyasida keng qollanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, 
modellar, yozgan she’rlami tahlil qilish orqali ulaming mantiqiy xotirasi, 
tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar 
tovplash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs 
bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘matish uchun 
shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. 
Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, 
qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunannandchilik, 
zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, ilmiy ma’ruza, 
konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha, magistrlik, 
nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari va hokazolar kiradi. Bular turli yoshdagi va 
jinsdagi odamlar, har xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo4lishi va shunga 
ko‘ra shakli, 
mazmuni, 
sifati, originalligi, 
katta-kichikligi, xususiyati, 
mazmun-mohiyati bilan bir-biridan keskin tafovut q iljs h i^ a tn ^ n T ^


Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, olquvchilar, 
talabalar, konslruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, keksa yoshdagi 
qariyalar psixik xususiyatlari, mahorati, salohiyati, ijodiyoti tolg*risida 
ma'lumotlar to'plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish 
va bulaming kechishini ifodalovchi materiallar yig‘ish uchun bu metodning o'zi 
yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o ‘rganish maqsadida boshqa 
metodlardan ham foydalanish ma’qul.
Test metodi. Test — inglizcha so‘z bo‘lib, smash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik 
xususiyatlarini tekshirishda qo'llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misoL 
jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash 
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli zaiflarni 
aniqlashda, kishilami saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmati 
tajribaning ilmiylik darajasiga. tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, 
yig‘ilgan psixologik ma’lumotlaming ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila 
bilishga bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uniig shogirdi T.Simon 
insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o ‘lchash imkoniyati borligi 
g'oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘liana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi 
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalaming psixologik mezoni 
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilai amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini 
olzgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni 
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning 
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalami inobatga 
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kjuteskiy va boshqalar qo‘llaydigan 
testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur 
ko'rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga 
erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayon ining sifat xususiyatlarini bilmay turib, 
qobiliyaming mohiyatini yoritib boim aydi, degan qoidaga amal qilgan holda 
testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan G.Rorshax, 
S.Rozensveyg, R.Kettel, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, Dj.Raven, 
G.Myurrey, R.Amtxaer, M.Rokich, Dj.Rotter, M.Lyusher, Dj.Gilford va 
boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar 
qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va 
bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy 
rivojlanish darajasini oMchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, 
emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo'naltirilgan 
diagnostik usullardan iboratdir), shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga 
bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblami tahlil qilib shaxs xususiyatining 
“loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi.
18


Bizningcha, testlarni quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq:

.natijaga erishuv testlari (bilimlar, ko'nikma va malakalar aniqlanadi; ular 
harakat, yozma va og‘zaki testlarga bo'linadi);
2.intellekt testlari;
3.kreativlik (ijodiyot) testlari;
4.kriterial-orientir testlari (mezoniy mo‘ljalga yo‘naltirilgan);
5.shaxs testlari;
6.iste’dod (qobiliyat) testlari;
7.proektiv testlar (syujetli testlar, rasm testlari, chizilgan va chizish talab 
qilinadigan testlar);
8.kognitiv testlar.
Psixologiya fanida testlashtirish 
mana bu 
ijtimoiy 
tuzilmalarga 
yo‘naltiriladi: a) uzluksiz ta’lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v) 
keng ko‘lamli psixologik maslahatga.
T ajriba (eksperim ent) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar 
(chaqaloq, bola, o‘spirin, balog‘atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, 
aniqroq tadqiq, qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment 
metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o‘sishi, 
favquloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyami hal qilish jarayonlari, 
shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi. Inson 
psixikasining nozik ichki bog4lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, 
xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment 
materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob’ektiv tarzda har xil holat 
va vaziyatlami yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, 
xususiyati, his-tuyg*usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va 
malakalariga e’tibor berishi lozim.
Tajriba metodi o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. 
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo'llanadi. Bu 
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy 
metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a ’zolarining, ilmiy 
muassasalar xodimlarining, o'qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik 
o'zgarishlari. o‘zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi 
muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini 
o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, ishchilar, 
dehqonlar, xodimlar va hokazolar)ning o ‘zlari bexabar bo'lishi, ta'lim jarayonida 
berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi 
odamlarga tarbiyaviy ta’sir o'tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga 
oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko‘pincha individual (goho guruh va jamoa) 
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, 
tavsiyalar, kolrsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson 
psixikasidagi o ‘zgarishlami aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash
19


mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama vajihozlar mavjud. Ular odamdagi 
psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlami 
qayd qilish va o‘lchashda qo‘llanadi. Ko‘pincha detektorlar, elektron va radio 
oichagichlar, 
sekundomer, 
refloksometr, 
xronorefleksometr, 
lyuksmetr, 
anomaloskop. 
taxistoskop, 
audiometr, 
esteziometr, 
elektromiogramma, 
elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira 
va tafakkurning xususiyatlari emotsional hamda irodaviy va aqliy zo'riqish 
singam murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko‘pincha laboratoriya sharoitida 
kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy 
vazivatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi)ning modellari 
yaratiladi. Asboblaming kolrsatishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, 
jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy, asabiy zo'riqish, jiddiylik, tanglik 
qanday sodir bo4ayotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) 
qismlariga bo‘linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon 
yoki holat o ‘yin, mehnat, o4qish kabi faoliyatlarda tadqiq kilinadi. Tadqikot 
ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi 
sinaluvchiga sub’ektiv ta’sir o‘tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga hatto, 
yo‘llovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, 
shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malakani, yo‘l-yokriq va usulni 
okrgatish rejalashtiriladi. Tajriba yakka, guruh va jamoa tarzida o4kazilishi 
mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko'lami, qancha vaqtga 
mo'ljallanganligi, nimalar o‘rgatilishi, sinaluvchilami psixologik jihatdan 
tayyorlash oldindan belgilab qo‘yilishi shart.
Tekshirish 
(nazorat) 
tajribasida 
tarkib 
toptiruvchi 
bosqichda 
shakllantirilgan usul, 
vosita, yo‘l-yo‘riq, ko'nikma, malaka va shaxs 
fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil 
qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish tajribasi 
orqali tarkib toptiruvchi eksperimentning samarasi o‘lchanadi. Mazkur tajribada 
ham tekshiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda 
tadqiqot 
0
‘tkazish prinsipi buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig‘ilgan 
ma’lumotlar, miqdor-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab chiqiladi, 
shuningdek, miqdor tahlili o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘riladi. Statistik metodlar 
yordamida insonning bilish jarayonlari bilan uning individual-tipologik 
xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi va ta’siri (korrelyatsiyasi) bilish 
jarayonlarining his-tuyg‘u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish 
amalga oshiriladi. So‘ngra miqdoming hamda qo‘llanilgan metodikaning 
ishonchlilik, aniqlilik darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning 
sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan, o‘rtacha arifmetik
20


qiymat, miqdorlami tartibga solish va medianani hisoblash, kvadrat chetga 
og‘ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener (muhandis) psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda 
inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormOqdalar, 
shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibemetiklar psixikani programmalashtirishni 
nihoyasiga yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi “sun’iy intellektlar”, robotlar, 
EHMlar ana shu izlanishlaming dastlabki samarasi hisoblanadi. 
' r f5
Biograflya (tarjimai hoi) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun 
uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar 
muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilaming taijimai holi, kundaligi, xatlari, 
esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin 
egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan taijimai hoi haqidagi 
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar, magnitofon ovozlari, 
fotolavhalar, hujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o‘rganilayotgan 
shaxsni to‘laroq tasaw ur etishga xizmat qiladi.
Taijimai hoi ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlami kuzatishda, 
uning suhbat va tajriba metodlari bilan o'rganib bo‘Imaydigan jihatlarini ochishda 
yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq 
jarayonlar; she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik 
turlari va kashfiyotdagi tafakkuming o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, 
qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson 
ongining xossasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy 
xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. 
Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining 
ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o'tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlaming o‘zini o ‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, 
idora etishi, o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘qqisiga erishishi jarayonida 
namuna vazifasini o‘taydi.
Ontogenez psixologiyasida boialaming taijimai holi asosidagi ilmiy 
tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinaning kuzatishlari “Ona 
kundaligi” nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida 
ham keng tarqalgan.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, L.N.ToIstoy, A. 
M.Gorkiy, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblaming esdalik­
lari taijimai hoi shakiida bo4Iib, ular bilan tanishish natijasida mualliflaming his--.;. - 
tuyg‘usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi, intilishi', mayli, 1 ; 
Iayoqati, dunyoqarashi, e’tiqodi, nafosati, axloq va odobi to‘g ‘risida ma’lumotlar -I
olish mumkin. 
- ......
Anketa 
metodi. 
Ontogenez 
psixologiyasida 
keng 
qo‘Ilanadigan 
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlaming psixologik 
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda uch shaklda tuziladi. Ulaming birinchi xili anglashilgan 
motivlami aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. lkkinchisida esa har bir
21


savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada 
sinaluvchiga yozilgan to‘g ‘ri javoblami ballar bilan baholash tavsiya etiladi. 
Anketadan turli yoshdagi odamlaming layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari 
va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini 
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida 
hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib, 
ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini 
o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan 
ma’lumotlardoimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bu kamchilikka yoM 
qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta 
ishlab chiqish maqsadga muvoflqdir.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o ‘tamiz.
Odatda anketa savollariga to‘liq javob beriladi yoki qisqacha “ha”, “yolq” 
deb yozib qo‘yiladi; shartli belgilar bilan belgilanadi: bunda ( + ) tasdiqlashni, (- 
) inkor qilishni bildiradi; ketma-ket berilgan bir nechta javobdan faqat bittasi

Javoblar
Juda
to‘g‘ri
Yo‘q
unday
emas
To‘g‘ri
Shunday 
desak ham 
bo‘laveradi
1.
Fikrimjoyida,
tinchman
1
2
3
4
2.
Meni hech narsa 
bezovta qilayotgani
уо‘Ч
1
2
3
4
3.
Men tanglik (zo‘riqish) 
daman
1
2
3
4
4.
Men afsus
chekayotganimni his 
qilyapman
1
- 2
3
4
5.
Men o‘zimni erkin his 
qilyapman
1
2
3
4
6.
Men hafaman
1
2
3
4
7.
Meni bo‘ladigan 
omadsizliklar bezovta 
qilyapti
1
2
3
4
8.
0 ‘zimni dam 
olgandek his 
qilyapman
1
2
3
4
9.
Men bezovtaman
1
2
3
4
10.
Men juda xursandman
1
2
3
4
11.
Men o‘zimga 
ishonyapman
1
2
3
4
12.
Men siqilyapman
1
2
3
4
22


13.
0 ‘zimni qo‘ygani joy 
topa olmayapman
1
2
3
4
14.
Juda siqilganman, 
o‘zimni yomon 
sczayapman
I
2
3
15.
Men olzimni yaxshi 
his qiiaman
I
2
3
16.
Men asosan tez 
charchayman
1
2
3
4
17.
Men tez yig* lab 
yu bo ram an
1
2
3
4
18.
Men boshqalar kabi 
baxtli, xursand 
bo'lishni istayman
1
2
3
4
19.
Men yetarlicha tez 
qaror qabul qila 
olmaganim uchun, 
ko‘pincha yutqazib 
qo‘yaman

.
2
3
4
20.
Men sovuqqon, 
og‘ir,muloyimman
1
2
3
21.
Kutiladigan 
qiyinchiliklar meni 
juda bezovta qildi
1
2
3
4
22.
Bo‘ lar- 
bo‘ Imasga kuyib, 
pishaveraman
1
2
3
4
23.
Men 
juda 
baxtliman
1
2
3
4
24.
Men har narsani 
yuragimga 
yaqin 
olaveraman
1
2
3
4
25.
Mening o‘zimga 
ishonchim yetarli emas
1
2
3
4
26.
Men o‘zimni 
aosan xatardan xoli 
deb his qiiaman
1
2
3
27.
Tanqidiy 
va 
og‘ir 
vaziyatlardan 
uzoqroq 
yurishga 
harakat qiiaman
1
2
3
28.
Men o‘zim yo‘l 
qo‘ygan 
xatolardan 
juda siqilaman va uzoq 
esimdan 
chiqara 
olmayman
I
2
3
4
23


29.
Men 
ishlarim
1
2
3
4
to*glrisida
o‘ylaganimda tinchim
yo‘qoladi
Sotsiom etrik metod. Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita 
emotsional munosabatlami o‘rganish va ulaming darajasini o‘lchashda 
qoilanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod 
yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash 
uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan 
ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor 
ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilaming shaxslararo munosabatlar to‘g ‘risida 
tasaw ur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlaming tashqi 
ko‘rinishini aks ettiradi, xolos. Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va 
I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab 
o‘zgartirilgan turlari ishlab chiqilgan. Bular shaxslaming bir-birini tanlashi 
motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning 
Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o'zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi 
shaxslararo munosabatlar haqida to'laroq axborot beradi.
Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: 
“Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?” “Sessiyaga kim bilan birga 
tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?” Har 
bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan 
olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini “eng ma’qul” deb 
tanlashi lozim. Unga, “aw al, hammadan ko‘ra ko‘proq kim bilan birga bo‘lishni 
xohlasang, o‘shaning familiyasini yoz”, “agar sen istagan shaxs to‘g ‘ri kelmasa, 
yana kim bilan birga bo‘Iishni istasang, shuning familiyasini yoz”, “aylilgan 
shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta “maydon”ga 
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g ‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g*ri keladi. Guruh 
a’zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan 
bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko4p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi 
doiraning markazidan o ‘rin oladi. U guruh a’zolarinlng eng yoqimtoyi 
hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa o‘matmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan 
joy oladi. Oraliqdagi “maydon’Marga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan 
tekshiriluvchilar 
joylashtiriladi. 
Tekshirishda, 
birinchidan, 
shaxslararo 
munosabatning darajasi va ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o‘g ‘il 
bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi 
munosabatlar yoki qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va ulaming 
o'ziga xosligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga 
nazariy ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, 
tavsiyalar bildiriladi.
24


Ontogenez psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga 
muvofiqlashtirilgan kichik gumhlardagi shaxslararo munosabatni 
0
‘lchash usuli 
hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma- 
ket javob qaytarish orqali guruh a’zolarini o‘zaro tanlash jarayoni vujudga 
keltiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab sinflari, o‘quvchilar 
munosabatlari, dam olish manzillari, oliy maktablar, mehnat jamoalari va turli 
muassasalaming 
xodimlari 
o‘rtasidagi 
munosabatlarning 
xususiyatlari, 
dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlaming sababi shu metod yordamida o‘rganiladi. 
Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar muayyan tartib hamda 
qoidaga binoan muvofiqlashtiriladi, tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy-psixologik 
hamda umumpsixologik ildizlari to‘g'risida ma’lumotlar olinadi. Shu bilan birga 
guruhlardagi shaxslaming yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og'machilik, 
qarama-qarshilik, 
his-tuygluning 
zolriqishi, 
guruhiy 
jipslik, 
moslik, 
munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o‘rtasidagi muloqotlaming zamini 
hamda sehri mana shu kalit bilan ochiladi.
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil 
jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadqiq 
etishda unumli foydalanish mumkin.
25


IK K IN CH l BOB
O N TO G EN EZ PSIXOLOGIYASINING RIVOJLANISH BOSQICIILARI
2.1. Jahon psixologlari asarlarida yosh d av rlari m uam m osi
O'tgan buyuk ajdodlarimiz ontogenez psixologiyasining muammolarini 
izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, m a’lum konsepsiva asosida 
o'rganmagan boMsalar ham, allomalaming asarlarida mazkur holatlarning aks 
etishi, namoyon boMishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘gkrisida qimmatli fikrlar 
bildirilgan. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalq ijodiyoli: 
rivoyatiar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar 
(hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag'ishlab yozgan o ‘git-nasihat va 
hikoyatlar; uchinchisi — qomusiy, 0 ‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazamy 
qarashlari; to‘rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining 
mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy 
mushohadalari “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati’\ “Falsafiy savollar 
va ularga javoblar’\ “Jism va aksidensiyalaming shakllariga qarab bo‘linishi”, 
“Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘gkrisida’' kabi qator 
asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “0 ‘tmish yodgorliklari” 
kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlami keltiradi. Shu jumladan, 
olim kishilaming jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to‘g ‘risida 
bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining 
sababini biologik va irsiy omillar bilan bogMaydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, 
“Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, 
undagi nervlar va nerv yo'llari, fiziologik jarayonlar bilan bog'liq psixik 
jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi 
ham inson shaxsini shakllantirish to‘g ‘risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan 
oldida eng muhim hissasi psixoterapiyani ilmiy-amaliy jihatdan boyitgandir. 
Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiya, umumiy, ijtimoiy 
psixologiyaga munosib hissa qo‘shgan olimdir. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, 
Ibn Sino neyropsixologiya fanining asoschisidir.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u Bilig” asaridagi bosh masalalardan biri 
komil insonni tarbiyalashdir. Adib o‘z asarida eng komil, jamiyatning o‘sha 
davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, 
shu asosda o‘z prinsiplarini bayon etadi. A.Jomiyning “Bahoriston”, “Xiradnomai 
Iskandariy”, “Tuhfatul ahror”, “Silsilatuz zaliob” boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, 
ta'lim-tarbiya, qasb-hunar o‘rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar 
ifodalangan.
Davoniy o‘zining “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlami to‘rtga 
bo'ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Shoir, ayniqsa donolik 
fazilatini chuqur tahlil qiladi. Uningcha, inson o‘zining aqliy qobiliyati va aqliy
26


iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zehnli, fahm-farosatli bo‘Iishi va 
bilimlami tez egallashi lozim.
A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” va boshqa 
asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, 
iste’dodi va qobiliyati to‘g*risida qimmalli mulohazalar yuritilgan. Ana shu 
psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga 
ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida 
ota-onaning roli, ayollaming iffatliligi, insonlaming kamtarligi masalalari, 
alohida o‘rin egallaydi. Navoiy “Hamsa”sining har bir dostonida bukilmas iroda, 
irodaviy sifatlar, qat’iyatlilik, shijoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, 
insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
A.Navoiy tasawufning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan. Alloma 
aqlning 28 tarkibini tahlil, talqin, tavsif qilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farog‘iy, Majlisiy, Mashrab, Guixaniy, 
Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va 
boshqalaming yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot 
masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi 
asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G‘arb madaniyati 
ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq qator og‘zaki va yozma, amaliy va ilmiy asar­
larda paydo bo4a boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar 
XVII— XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan edi. XVUI asrdan boshlab 
bolalar psixologiyasi bo‘yicha muayyan tartibga, yo'nalishga va uslubga ega 
bo‘lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi. Rus tarixchisi V.N.Tatishchev (1686— 
1750)ning “Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g ‘risida suhbat” kitobida 
fanlaming tasnifi, bilimlami egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning 
ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan bayon qilingan. 
N.I.Novikov (1744— 1818) bashariyat farovonligini ko‘z!ab yoshlar va bolalar 
o‘rlasida foydali bilimlamn keng yoyish uchun ulami o‘ziga xos yo‘sinda 
tarbiyalash kerakligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti 
uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega 
ekani ta’kidlanadi. A.N.Radishchevning (1748— 1802) “Peterburgdan Moskvaga 
sayohat” kitobi ham aslida pedagogik-psixologik asar, deyish mumkin. Rus 
ma’rifatparvarlari 
A.N.Gersen, 
N.G.Chemishevskiy, 
1.A.Dobrolyubov, 
V.G.Belinskiylaming inson kamoloti to‘g ‘risidagi qarashlari psixologiyani 
jonlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Rossiyada 
ilmiy 
psixologiyani 
rivojlantirishda 
K.D.Ushinskiy, 
N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi 
olimlar katta hissa qo‘shdilar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeta”, 
N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, l.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P. 
Nechaevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab 
ta’limiga munosabati”, A.F.Lazurskiyning “Maktab o‘quvchisining tavsifi”,
27


P.F.Lesgaftning “Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati", K.Elniskiyning 
“Qizlar tavsifi" asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishga xizmat qildi.
Rossiyada G.I.Rossolinoning “Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi" 
laboratoriyasi ishga tushdi. “Tarbiya xabarlari”, “Rus maktabi”, “Erkin tarbiya”, 
“Kundaliklar” kabi jurnallar chop etila boshlandi. Ana shuning zamirida “Oila 
tarbiyasi qomusi” dunyo yuzini ko‘rdi. Bulaming barchasi shaxs psixologiyasi va 
differensial psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga keng iinkoniyat yaratdi.
Yuqorida aytilgan asarlarda har xil qarashlarga xayrixohlik, ijtimoiy 
muhitning ahamiyatiga e’tiborsizlik ko'zga tashlanadi. Ularda insonning ijtimoiy 
mavjudotligi tan olinib, unga ilmiy-nazariy nuqtai nazardan yondashilsa-da. lekin 
insondagi psixologik, fiziologik va biologik jihatlar, tarkibiy qismlar 
tabaqalanmaydi, tashqi muhitni bosh omil deb tushuntiriladi.
Rus fiziologi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, 
shuningdek, bilish jarayoni, inson his-tuyglusi, o‘zini o lzi (o‘zini) anglashining 
fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o ‘zgarish yasadi.
1.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar sistemasi 
eksperimental ishlami olib borishga puxta zamin hozirladi.
I.M.Sechenov, 
P.P.Pavlov 
g ‘oyalariga 
asoslangan 
P.O.Efnisi, 
N.E.Ribakov, K.N.Kornilov, P.P.BIonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar 
ontogenez psixologiyasi bo‘yicha qimmatli tadqiqotlami amalga oshirdilar va 
yangidan-vangi qonuniyatlami yaratdilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda 
ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga 
asoslangan qator asarlar paydo bo‘ldi. Amerikalik psixolog U.Djems 
“0 ‘qituvchilar bilan psixologiya to‘g‘risida suhbat” (1902) asarida yosh 
davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boMgan 
ma’lumotlami chuqur tahlil qildi. K.Byuler xonim (1879— 1963) o ‘zining ilmiy 
tadqiqotlarida faoliyaming har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida 
fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda 
uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intellekt)ni, shaxsning 
shakllanishida biologik va ijtimoiy omillaming ahamiyatini izchil o‘rgandi.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g‘oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. 
Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844— 1924) Gekkelning evolyusiya 
qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko‘chiradi. Uning fikricha, “irsiyat” 
filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shveysariyalik psixolog E.Klapared 
(1873— 1940) S.Xolldan farqli o'laroq, ontogenez va filogenezda psixik 
funksiyaning o‘sishini o‘rganish uchun quyidagi holatlarga e’tibor beradi: a) 
organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to‘siqqa duch kelsa, ongli 
harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, u holda ma’lum faoliyat 
turiga yolnaltiriladi. E.Klapared “Bola psixologiyasi va eksperimental 
pedagogika” kitobida qiziqish, motiv, extiyoj laming metodologik asoslari, bolalar 
tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, ularda dastlabki
28


umumlashtirishning 
sinkretligi 
(aralash 
holatdaligi), 
o‘xshashlik 
va 
farqlanishning bola ongida aks etishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym (1858— 1917) o‘sish — kishilamiiig his- 
tuyg‘usini o ‘zlashtirish ekanini, shu boisdan, idrok qilingan tashqi fikrlar va 
emotsiyalar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bola tajriba, an’ana, urf- 
odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, 
taqlid ham jamiyatda shunday o'rin tutishini uqtiradi. E.Dyurkgeymning fikricha, 
bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug‘iladi.
Fransuz psixologi P.Jane (1857— 1947) psixik rivojlanishning biologik va 
ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug‘ullandi.
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga 
bogiiq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi 
insonning o‘sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa 
kishining atrof muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. 
P.Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi 
faoiiyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning 
prinsipi hisoblanadi. P.Jane o‘z tadqiqotlarida psixikaning to‘rt darajasi: a) 
harakat reaksiyasining o‘sishi; b) idrok qilish harakatining o‘sishi; v) shaxsiy- 
ijtiraoiy harakatning o‘sishi (o‘zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish); 
g) aqliy sodda xatti-harakatning o‘sishi (nutq va tafakkuming rivojlanishi) 
mavjud ekanligini asoslagan.
Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896— 1980) insonning kamol topishini 
bir necha davrlarga ajratib o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. 
Bola — tashqi muhit - ma’lumotlami qayta ishlash.
2. 
Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
3. 
Intellekt (aql): a) sensomotor — 2 yoshgacha; b) operatsional 
davrgacha — 2— 7(8); v) yaqqol operatsiya davri — 7(8) — 11(12) yoshgacha; 
g) rasman (formal) operatsiya davri — 11(12) — 15 yoshgacha,
AQShlik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan taTim o‘rtasida 
ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish 
samaradorligini oshirsa, o'qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi 
jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa ontogenez psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan 
o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga 0 ‘rta Osiyo allomalarL, 
yaqin va uzoq chet ellar psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida 
aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan 
metodikalar o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə