Economic thinking



Yüklə 14,89 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü14,89 Kb.
#140332
63ff251302e96 Эгамбердиев Ф.Т.Моног. (1)



F.T.Egamberdiev, M.O.Esonova, J.X.Xamraqulov, M.F. Egamberdiev
IQTISODIY TAFAKKUR 
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ МЫШЛЕНИЕ 
ECONOMIC THINKING


UDK: 811.212 
BBK: 84.34 E-94
Taqrizchilar: 
X.P.Abulqosimov - I.F.D., Prof.
N.G.Muminov - I.F.N., Dots.
Iqtisodiy tafakkur. Aforizmlar to'plami. Tuzuvchilar: F.T.Egamberdiev, 
M.O.Esonova, J.X.Xamraqulov, M.F. Egamberdiev. O'zbekiston Respublikasi Oliy 
va o'rta maxsus talim vazirligi. Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy 
universiteti. - Т.: "ABABIYOT UCHQUNLARI" 2018 -230b.
Ushbu aforizmlar to'plami iqtisodiy munosabatlarni nazariy jihatdan 
o'rganishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor 
iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar 
dinamikasini o'zlashtirishni engillashtirish, iqtisodiy nazariya fanining mazmunini 
chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. To'plamda 
iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, etakchi nazariy maktablar
yo'nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari keltirilgan. Unda iqtisodiyot 
nazariyasi fanining o'quv dasturida o'rganish ko'zda tutilgan barcha mavzulari 
qamrab olingan.
Qo'llanma oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishlardagi bakalavrlari va 
iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beruvchi o'qituvchilarga mo'ljallangan. Shu 
bilan birga undan magistratura talabalari, tadqiqotchilar va hozirgi zamon 
iqtisodiyotining muammolarini o'rganishga qiziquvchi barcha o'quvchilar 
foydalanishlari mumkin.
UDK: 811.212 
BBK: 84.34 E-94
ISBN-978-9943-5257-3-3 
«A D A B IY O T U C H Q U N L A R I» 2018
2


SO'Z BOSHI
Mamlakatimizda ro'y berayotgan islohotlar kishilarongi va ruhiyatiga ham 
tub o'zgartirish yasamoqda: yangicha fikrlash, bozor iqtisodiyotini idrok etish va 
uning talablari ruhida ishlash va yashashga intilish qaror topmoqda. Ko'zda 
tutilgan ulkan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiyotda katta o'zgarishlar talab 
etiladi. Bu jarayonlarni chuqur tushunishda birlamchi manbalarning o'rni katta. 
Ushbu kitobda jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, iqtisodiy 
qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy- 
iqtisodiy tizimlar va uiarning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining 
tarkib topish xususiyatlari, o'tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 
uiarning natijalari, iqtisodiy o'sish va unga ta'sir etuvchi omillar, jahon 
iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyalari kabi masalalarni qamrab 
olgan. Ushbu to'plam jamiyatning har bir a'zosini g'oyaviy jihatdan yo'naltirish, 
ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga 
ahamiyatli ta'sir ko'rsatadi.
Mazkur kitob jahon iqtisodiyoti fani erishgan nazariy yutuqlar, iqtisodiyot 
nazariyasi fanining mantiqiy tuzilishidan kelib chiqib har bir mavzuga oid nazariy 
masalalarni yoritishda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish tajribalari va 
muammolari uzviy bog'liqlikda olib qaraldi. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda 
har bir mavzularda milliy g'oya va milliy mafkura, milliy iqtisodiyot va milliy 
manfaatlarni hisobga olish nuqtai nazaridan ko'rib chiqildi.
Har qanday sohada tafakkur bu kuchli boshqotirma, chunki uni yuzaki 
o'qib bo'lmaydi, har bir hikmatli so'zning mag'zini chaqish va angab etish uchun 
anchagina aqlni ishlatish zarur. Tafakkur insonlar inonadigan tushunchalar, 
chunki har bir inson nima yaxshiyu, nima yomon, nima odobga kiradiyu, nima 
kirmaydi degan savollarga javobni hech qachon eskirmaydigan, asralar donoligi 
tafakkur egalari fikrlaridan axtaradi.
Ushbu to'plam uch xil tilda berilganligi sababi talaba yoki keng o'quvchilar 
ommasi tomonidan xorij tillarini o'rganishda amaliy ko'nikma hosil qilishda 
yordam berishi mumkin.
3

Yüklə 14,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə