Eenxat tushunchasi va texnik vositalarini tanlash



Yüklə 339,5 Kb.
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü339,5 Kb.
#138233
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2. Amaliy mashg\'ulotlar

AMALIY MASHG’ULOT №7
SHAHAR ELEKTR ISTE’MOLCHILARIDA EENHAT BO’YICHA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINI HISOBLASH (2-QISM)


Reja:
7.1. Nazariy qism.
7.2. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr.
7.3. Mustаqil yechish uchun misоllаr.


7.1. Nazariy qism
Transformator podstansiyasining turar-joy va noturar-joy binolari xonalarining aralash ta’minotida hisobiy yuklama maksimumlarni
bir-birini qoplash koeffitsiyentini (maksimumlar har xilligi koeffitsiyenti) hisobga olgan holda aniqlanadi.
Zahira elektr yuritgichlari quvvati, shuningdek yong‘in qurilmalari va yig‘ish mexanizmlari elektr qabul qilgichlarining quvvati ta’minlovchi liniya va binoga kiritilish joyidagi hisobiy yuklamalarni aniqlashda e’tiborga olinmaydilar.
Bino va inshootlarning ichki elektr ta’minotini hisoblash va loyihalashda, jamoat binolariga kiritilish joyining va ta’minlovchi liniyalarning hisobiy yuklamasi, kuch va yoritish elektr qabul qilgichlarining aniq ma’lumotlari hisobga olingan holda, tartiblangan diagrammalar usuli yordamida quyidagi formula orqali aniqlanadi, kVt:

bu yerda, Pn – elektr qabul qilgichlarning œrnatilgan quvvatlarining yig‘indisi, kVt;
Ki – guruhiy aktiv quvvatni ishlatish koeffitsiyenti;
Km – maksimum koeffitsiyenti, elektr qabul qilgichlarning effektiv soni va Ki ga bog‘liq holda aniqlanadi.
Elektr qabul qilgichlarning effektiv soni ne quyidagi formula orqali aniqlanadi:
n≤10 bo’lganda,
n>10 bo’lganda,

bu yerda, n – elektr qabul qilgichlarning umumiy soni;


- guruh elektr qabul qilgichlarining œrnatilgan quvvati yig‘indisi, kVt;
Pni i elektr qabul qilgichning quvvati, kVt;
Pn.max – ushbu guruhning eng katta elektr qabul qilgichning quvvati, kVt.
Ma’lumotlar yetarlicha bo’lmagan holatlarda jamoat binolarining hisobiy elektr yuklamalari quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt:

bu yerda, Psolsolishtirma yuklama, QMQ ning 8-jadvalidan olinadi.
Turar-joy binolari va jamoat binolarining elektr iste’molchilarini aralashiga liniya (TP) bilan ta’minlanganida hisobiy yuklama quyidagi ifoda orqali aniqlanadi, kVt:

bu yerda, Pb.max – liniya (TP) bilan ta’minlanuvchi binolar yuklamalarining eng kattasi;
Pb.1 ... Pb.i – boshqa binolarning hisobiy yuklamasi;
K1 ... Ki – masimumda qatnashish koeffitsiyenti, QMQ ning 8-jadvalidan olinadi.

1 – ilova


Jamoat binolari va korxonalarininig solishtirma hisobiy yuklamalari



Binoning nomi

Solishtirma hisobiy yuklama

Quvvat koeffitsiyenti

1

Oziq-ovqat bloki, kVt/joy

0,9

0,97

2

Gaz plitali oshxona, kVt/joy

0,7

0,95

3

Oziq-ovqat do‘koni, kVt/m. zal

0,11

0,75

4

Konditsionerli oziq-ovqat do‘koni, kVt/m.zal

0,08

0,85

5

Sanoat mollari do‘koni, -// -

0,07

0,9

6

Oziq-ovqat blokli kasalxona, kVt/joy

0,8

0,95

7

Oziq-ovqat bloksiz kasalxona, kVt/joy

0,5

0,9

8

Shifoxona, kVt/smenada kelgan soni

0,07

0,9

9

Bolalar bog‘chasi, kVt/joy

0,3

0,96

10

Maktablar, -// -

0,14

0,95

11

Oliy o‘quv yurtlari, -// -

0,16

0,9

12

Kinoteatrlar, -// -

0,13

0,9

13

Teatr, sirk, -// -

0,25

0,85

14

40000 tomoshabinli stadion, -// -

0,02

0,98

15

Dam olish uylari, -// -

0,6

0,9

16

Mexmonxona, -// -

0,3

0,9

17

Yotoqxona, -// -

0,1

0,9

18

Boshqaruv binosi, kV/m2 maydoni

40,0

0,9

19

Sartoroshxona, kVt/ish o‘rin

1,3

0,7

20

Maishiy xizmat kombinati, -// -

0,5

0,9

21

Ximchistka, kVt/smenada soni

8

0,9




Yüklə 339,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə