Ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va manbalai


O`zbekistonning ekologik siyosati



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#133282
1   2   3   4   5   6
1364045555 42928

3. O`zbekistonning ekologik siyosati


Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida ozmi-ko`pmi O`zbekiston Respublikasining ishtiroki bor. Istiqomat qilayotgan 24 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko`prog`i ekologik xavfsiz bo`lmagan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro`y bergan ekologik inqiroz holati Sovet davrining noekologik agrar va iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, shaxsan Prezident I.A.Karimov, ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg`unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqdalar3.
XX asr oxiriga kelib O`zbekistonda quyidagi taktik va strategik yo`nalishlar ishlab chiqilgan: «2005 yilgacha bo`lgan davrda tabiatni muhofaza kilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishning Davlat dasturi», «O`zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishning ekologik ta'minlashning milliy harakatlar rejasi», «O`zbekiston Respublikasida atrof muhit gigiyenasi bo`yicha milliy harakatlar dasturi», «Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo`yicha milliy strategiya va reja». Bu hujjatlarda davlatimizning jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabat shakli, hozirgi kunda va kelajakda qanday bo`lishi, O`zbekistonning ekologik konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ekologik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning taktik va strategik harakatlar dasturi va yo`nalipshari ko`rsatib o`tilgan.
O`zbekiston Respublikasi ekologik siyosatitng asosiy maqsadi — kishilarning hayotiy zarur bo`lgan ekologik xavfsiz muhitini ta'minlash uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ya'ni tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo`llash.
Biz bilamizki, mustaqillik davrigacha O`zbekiston hududi Chor Rossiyaga, so`ngra Sovet Ittifoqining xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o`lkasi bo`lib hisoblangan. Shuning uchun ham tabiiy va mineral xom ashyo zahiralaridan maksimal holda ekstensiv usulda foydalanilgan, ya'ni iqtisodiy munosabat shaklida bo`lgan. Bunday totalitar tuzumdagi munosabat shaklidan birdaniga ekologik munosabat shakliga, jamiyatda na iqtisodiy, na huquqiy, na ijtimoiy-madaniy asosi yaratilmay turib o`tishni, hattoki nazariy jihatdan ham amalga oshirib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi tanlagan yo`li tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni iqtisodiy-ekologik shakli, ya'ni bosqichma-bosqich ekologik munosabat shaklga o`tishga asos bo`lmog`i darkor.
29 avgust 1997 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi to`g`risida»gi Qonunida mamlakatimizning ekologik konsepsiyasi berilgan bo`lib, unda quyidagilarga e'tibor berilgan4:
— shaxsning hayotiy zarur ehgiyoji bo`lgan kishilarni sog`ligini muhofaza qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish;

  • jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo`lgan oilani har tomonlama qo`llab-quvvatlash, mo`tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog`ligini ta'minlash, jismoniy bakuvvat avlodni shakllantirish;

  • davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo`lgan barqaror rivojlanish, mintaqaviy iqtisodiy holatni mo`tadillashtirish, sog`lom hayot tarzini shakllantirish.

Shunday qilib O`zbekiston uchun yagona bo`lgan shaxs, jamiyat va davlatning xayotiy zarur extiyojlaridan biri — ekologik xavfsiz muhit milliy xavfsizlikning ajralmas bir bo`lagidir. Respublikamiz ekologik siyosatining asosiy maqsadini bajarmoq uchun organik rivojlanish bilan bir qatorda muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasini qo`llashni ma'qul deb topgan. Bu degan so`z shaxs, jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə