Ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va manbalai


Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#133282
1   2   3   4   5   6
1364045555 42928

6. Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi.


Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi.
Ekologiya huquqining tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatshda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo`lishimiz mumkin.
1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
2. Atrof tabiiy muxitni muhofaza qilishga oid tamoyillari;
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillardan foydalanadi:
· Qonuniylik;
· Ijtimoiy adolat;
· Oshkoralik;
· Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;
· Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o`z ichiga oladi.
· Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning genetik fondini saqlash;
· Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish;
· Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta'minlash;
· Jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg`unlashtirish;
· Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg`unlashtirish;
· Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;
· Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish;
· Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;
· Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi;
· Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qo`llanilishi va boshqalar.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
· Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi;
· Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag`batlantirish;
· Yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydlanganlik uchun haq to`lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to`lamaslik;
· Yerlardan belgilngan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;
· Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning ustivorligi;
· Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Ekologiya huquqi o`z predmeti, yo`nalishlari, maqsad va vazifalariga bo`lgani kabi o`z usullariga ham ega bo`lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar xolatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Ekologizatsiyalashtirish
2. Ma'muriy-huquqiy
3. Fuqaroviy-huquqiy
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustivorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo`llanilishi sog`lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo`ymoqda, ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotinging barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi.
Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda namoyon bo`ladi.
Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo`llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan bamil qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo`llanilishida katta ahamiyatga egadir.
Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib, borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon bo`ladi.
Ekologiya huquqiy – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo`llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun o`ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya huquqi o`z tizimiga ega.
Ekologiya huquqining tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko`ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir.
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni umumiy va maxsus qismga bo`lib o`rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy qismi:
- tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi;
- ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi;
- tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi;
- ekologiya sohasida davlat boshqaruvi;
- ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati;
- ekologiya qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o`z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarni belgilaydi.
Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq quyidagi:
- yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
- suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
- yer osti boyliklarining huquqiy holati;
- o`simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati;
- hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
- atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;
- xalq xo`jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muxitni huquqiy muhofaza qilish;
- atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muxofaza qilish kabi har bir tabiat ob’yekti  ob’yektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarni o`z ichiga oladi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə