Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə27/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Ekonometrika asoslari

У1 =bl2y2 +anx, +el
bu yerda yx - oylik ish haqining o'zgarish sur'ati;
У2 - bahoning o'zgarish sur'ati;
ishsizlik darajasi; x2 - doimiy kapitalning o'zgarish sur'ati;
- import mahsulotlari bahosining o'zgarish sur'ati.
7.2. Modellarning standart va keltirilgan shakllari
Birgalikdagi, birpaytli tenglamalar sistemasi (yoki modellarning standart shakli) odatda endogen va ekzogen o'zgaruvchilarni o'z ichiga oladi.
Endogen о 'zgaruvchilar awal keltirilgan birgalikdagi birpaytli tenglamalarda у sifatida belgilangan. Ular sistemadagi tenglamalar soniga teng bo'lgan bog'liq o'zgaruvchilardan iborat.
Ekzogen o'zgaruvchilar odatda jc sifatida belgilanadi. Ular awaldan aniqlangan, endogen o'zgaruvchilarga ta'sir etuvchi, lekin ularga bog'liq bo'lmagan o'zgaruvchilardir.
Modelning oddiy standart shakli kuyidagicha ko'rinishga ega:
У1 = Ь12У2 +«1Л +£i
- h (7-5)
У2 2\У\ a22X2 ^2
bu yerda: y - endogen о 'zgaruvchilar;
jc - ekzogen o'zgaruvchilar.
Iqtisodiy o'zgaruvchilar bir modelda endogen boshqalarida ekzogen o'zgaruvchilar sifatida qatnashishi mumkin. Iqtisodiy bo'lmagan o'zgaruvchilar (masalan, ob-havo sharoiti) sistemaga ekzogen o'zgaruvchi sifatida kiradi. Endogen o'zgaruvchilarining o'tgan davrdagi qiymatlari ham ekzogen o'zgaruvchi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, joriy yildagi iste'mol (yt) faqat qator iqtisodiy omillarga bog'liq bo'lmasdan o'tgan yildagi iste'mol darajasi (v,_/)ga ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Modellarning standart shakli har qanday ekzogen o'zgaruvchining o'zgarishini endogen o'zgaruvchining qiymatiga ta'sirini ko'rish imkonini beradi. Ekzogen o'zgaruvchilar sifatida boshqaruv obyekti yoki kaliti bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgaruvchilarni tanlash maqsadga muvofiq. Ularni o'zgartirib va ular bilan sistemani boshqarib endogen o'zgaruvchilarning bo'lishi mumkin bo'lgan qiymatlarini awaldan bilish mumkin.
Modelning standart shaklida o'ng qismidagi endogen va ekzogen o'zgaruvchilar oldida qatnashuvchi b, va a, (bu yerda b, -endogen o'zgaruvchilari oldidagi koeffitsient, a, ekzogen o'zgaruvchilar oldidagi koeffitsient) koeffitsientlar modelning "standart koeffitsientlari" deb ataladi. Modeldagi barcha o'zgaruvchilar o'rtacha darajasidan chetlanish sifatida ifodalanadi, ya'ni jc sifatida x-x^ у sifatida y — y tasawur qilinadi. Shuning uchun sistemadagi tenglamalarda ozod had qatnashmaydi.
Modelning standart koeffitsientlarini EKKU bilan aniqlash nazariy jihatdan aniq natija bermaydi. Shu sababli modelning standart koeffitsientlarini aniqlash uchun modelning standart shaklini modelning "keltirilgan shakli"ga almashtiriladi.
Modelning keltirilgan shakli endogen o'zgaruvchilar ekzogen o'zgaruvchilarning chiziqli funktsiyalari sistemasi sifatida ifodalanadi.
A = л + £12x2 + + Slmxm
У 2 = #21X1 + 522X2 + + S2mXm
(7.6)
Уп = £„1*1 + ^„2*2 + + ^птхт + s„
bu yerda 8{j - modelning keltirilgan shakli koeffitsientlari.
Modelning keltirilgan shakli parametrlari EKKU bilan aniqlanadigan erkli
tenglamalar sistemasidan hech qanday farq qilmaydi. EKKUni qo'llab ^ ni
aniqlash mumkin, so'ngra endogen o'zgaruvchilarning qiymatini ekzogen o'zgaruvchilar orqali aniqlash mumkin.
Modellarning keltirilgan shakllari koeffitsientlari modellarning standart shakllari koeffitsientlarining chiziqsiz funktsiyasi sifatida ifodalanadi.
Bunday holatni modelning keltirilgan shakli koeffitsienti ni modelning standart koeffitsientlari (a, va b,) orqali ifodalanadi. Buni soddalashtirilgan standart
model misolida ko'rib chiqamiz. Soddalashtirish uchun modelga tasodifiy o'zgaruvchilarni kiritmaymiz.
Quyidagi qo'rinishdagi standart model uchun
\У1=Ь12У2+аПХ1 [y2 = Ъ2\Ух + «22*2
modelning keltirilgan shakli quyidagicha bo'ladi:

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə