Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Avtomobil generatorlarining kuchlanishini avtomatik rostlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə12/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

2.4. Avtomobil generatorlarining kuchlanishini avtomatik rostlash 

Ma’lumki, o‘zgaruvchan tok generatori qisqichlaridagi kuchlanish quyidagi formula yordamida 


ifodalanadi:

U = c 






Buyerda, s – generator konstruktsiyasiga bog‘liq doimiy koeffitsient (s=4,44

r




w

K

o
; r-juft 


qutblar soni, w –bitta faza chulg‘amidagi o‘ramlar soni, K
o
–chulg‘am koeffitsienti), n – rotorning 

aylanishlar chastotasi, F – uyg‘otish chulg‘amida avj oldirilgan magnit oqimi. O‘z navbatida F = 



f(I

u

).

Bu ifodadan quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin – generatorning aylanishlar chastotasi 


va yuklamasi o‘zgarganda uning kuchlanishi U

g

ni o‘zgarmas holda ushlab turish, faqat uyg‘otish 


toki I

u

ning qiymatishi o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Aylanishlar chastotasi ortishi bilan
uyg‘otish toki I


u
kamaytiriladi, yuklama oshganda esa uyg‘otish toki I


u
oshiriladi. Bu ishni 
kuchlanish rostlagichlari bajaradi. Ishlash printsipiga ko‘ra rostlagichlar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi: kontaktli (vibrasiyali), kontakt-tranzistorli , kontaksiz-tranzistorli va integral.


2.5. Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari 

Elektromagnitli kuchlanish rostlagichining sxemasi 2.14-rasmda berilgan. Uning magnit tizimi U


shaklidagi yarmo 8, chulg‘am 7 o‘ralgan o‘zak 3 va yakorcha 4 dan iborat. O‘zak, yarmo va yakorcha
2.13-rasm. O‘zgaruvchan tok
generatorining ishchi
tavsifnomasi 



16


yuqori magnit o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan
kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan. CHulg‘am 7 
generatorning to‘la kuchlanishiga ulangan. Prujina 6
yakorcha 4 ni tortib, kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab 
turadi.
Rostlagichning 
volframdan
tayyorlangan
kontaktlari 2 yakorcha va yarmo orqali generatorning
uyg‘otish chulg‘ami U


ch

zanjiriga ketma-ket ulangan.


Kontaktlarning biri yakorcha 4 ga, ikkinchisi esa 
qo‘zg‘almas plastina 1 ga mahkamlangan. Kontaktlarga
parallel, uyg‘otish chulg‘amiga esa ketma-ket qo‘shimcha 
qarshilik R

q
ulangan. Yakorcha 4 termobimetall plastina
(TBP) 5 ga joylashtirilgan. elektromagnit kuchlanish
rostlagichlarida etalon kattalik vazifasini prujina 6 ning 
tortish kuchi, o‘lchov elementi vazifasini esa generator
ishlab chiqqan kuchlanishdan ta’sirlanuvchi rostlagichning chulg‘ami 7 bajaradi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə