Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə13/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Rostlagichning ishlash printsipi . O‘t oldirish kaliti O‘OK ulanganda tok akkumulatorlar
batareyasidan tutash kontaktlar 2, yakorcha 4, yarmo 8, ya’ni qarshiligi kam bo‘lgan zanjir orqali uyg‘otish 
chulg‘amiga keladi va uning atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Ayni vaqtda tok elektromagnitning
chulg‘ami 7 ga ham keladi va o‘zak 3 ni magnitlaydi. Generatorning kuchlanishi U


G
belgilangan rostlanish 
kuchlanishi U

R
dan kam bo‘lganda (U


G

< U

R

), prujina 6 kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi, chunki
o‘zak 3 da hosil bo‘lgan magnit maydonining yakorni tortish kuchi prujinani tortish kuchidan kam bo‘ladi.
Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi ham o‘sib boradi. Generator
kuchlanishining ortishi rostlagichning chulg‘ami 7 dagi tok kuchini ham ortishiga va o‘zak 3 ni kuchli 
magnitlanishiga olib keladi. Bu jarayon davom etib, generator kuchlanishi U

G
ning qiymati rostlanish
kuchlanishi U

R
dan ( U




> U

R

), ortgan, ya’ni o‘zak 3 magnit maydonining tortish kuchi prujina 6 ning


tortish kuchidan ortgan vaqtda kontakt 2 uziladi. 
Kontakt 2 uzilishi bilan generatorning uyg‘otish chulg‘ami zanjiriga ketma-ket qo‘shimcha qarshilik

R

q

ulanadi, natijada uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok miqdori keskin kamayadi. Bu esa o‘z 


navbatida, uyg‘otish chulg‘ami atrofidagi magnit oqimining susayishiga va generatorning stator
chulg‘amlarida induktsiyalanayotgan EYUK qiymati, demak kuchlanishning taxminan 0,1-0,4 V ga 
kamayishiga olib keladi. Generator kuchlanishining pasayishi bilan rostlagich chulg‘ami 7 dan o‘tayotgan
tok va o‘zak 3 dagi magnit maydonning tortish kuchi kamayadi va natijada prujina 6 ning tortish kuchi
ta’sirida rostlagich kontaktlari yana tutashadi. Tok uyg‘otish chulg‘amiga yana qarshiligi kam bo‘lgan
zanjir, ya’ni yakorcha va yarmo orqali uzatiladi, uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ortadi, uning 
atrofida hosil bo‘layotgan magnit oqim kuchayadi va, demak, generatorning kuchlanishi yana o‘sadi.
Generator kuchlanishining o‘sishi rostlagich chulg‘amidan o‘tayotgan tok kuchini oshiradi, o‘zakning 
magnitlanishi kuchayadi va u yana yakorchani o‘ziga tortib, kontaktlarni uzadi. Shunday qilib,
elektromagnit rostlagich ishlayotganda uning kontaktlari ~60-80 gts chastota bilan davriy ravishda tutashib-
uzilib turadi va rotorning aylanishlar chastotasiga bog‘liq holda, uyg‘otish tokining qiymatini o‘zgartirib
turadi.

Generator elektromagnit kuchlanish rostlagisi bilan ishlaganda, rostlanayotgan kuchlanishining


o‘rtacha qiymatini hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: 


pr

o

o

F

w

r

c

U




. (2.1) 

Buyerda, c– generatorning konstruktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan doimiy koeffitsient; r



o

va w




- mos

ravishda rostlagich asosiy chulg‘amining qarshiligi va o‘ramlar soni;




o‘zak 3 bilan yakorcha 4 orasidagi 
tirqish; F

pr 
- prujina 6 ning tortish kuchi.
(2.1) ifodadan ko‘rinib turibdiki, agar rostlagich chulg‘ami qarshiligi r


o
ni temperatura ta’sirida 
o‘zgarishi hisobga olinmasa, generatorning rostlanayotgan kuchlanishi faqat o‘zak bilan yakorcha orasidagi
tirqish

va prujinaning tortish kuchi F



pr
ga bog‘liq bo‘ladi. 
Demak, generatorning rostlanayotgan kuchlanish qiymatini o‘zgartirish uchun yo prujinani tortish kuchi

F

pr 

ni (asosiy usul), yoki havoli tirqish



ni o‘zgartirish zarur. 

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elektromagnitli kuchlanish rostlagichi bir qator afzalliklari, chunonchi


tuzilishining nisbatan soddaligi, tannarxining pastligi va foydali ish koeffitsientining ancha yuqoriligi bilan 
birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, tebranuvchi kontaktlarning borligi, ulardan o‘tishi
2.14-расм. Электромагнит кучланиш
ростлагичи



17


mumkin bo‘lgan uyg‘otish toki qiymatini 1,5-1,8 A bilan cheklaydi va hozirgi zamon quvvati nisbatan katta
bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini, bu turdagi rostlagichlar bilan birga ishlash imkonini bermaydi. 
Ikkinchidan, bu rostlagichlarda generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi qiymatini belgilovchi
element - prujinaning tortish kuchidir (rostlagichning asosiy tenglamasi 2.1 ga qarang). Rostlagichning 
ishlash jarayonida vaqt o‘tishi bilan muqarrar ravishda prujinaning qayishqoqligi susayadi, binobarin,
uning tortish kuchi ham o‘zgara boshlaydi. Natijada, rostlanilayotgan kuchlanish qiymati ham oldin
belgilangandan ancha kamayib ketish hollari yuzaga kelib, bu akkumulatorni zaryad qilinmay qolishiga va
muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Xullas, elektromagnitli rostlagichda kontaktlar
va prujinaning borligi ularning ishonchlilik darajasini ancha pasaytiradi va doimo nazorat qilib, zarurat
tug‘ilganda prujinaning tortish kuchini rostlab turishni talab qiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə