Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə76/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Tezlik o‘lchash mexanizmi. Tezlik o‘lchash mexanizmi (6.10-rasm) quyidagi qismlardan iborat: kirish
vali 1 va unga mahkam biriktirilgan doimiy magnit 5 va shunt 4, qopqoqsimon kartushka 6, magnit ekrani 7, 
o‘q 8, strelka 12, qil-prujina 11, pishangcha 9 va km/soat larda darajalangan shkala. Qil-prujinaning bir
uchi o‘q 8 ga, ikkinchi uchi pishangcha 9 ga mahkamlangan. Kirish vali aylanma harakatni uzatma qutisidagi 
reduktorga ulangan egiluvchan valdan oladi.
Avtomobil harakatlanganda, doimiy magnit aylanadi va uning magnit maydon ta’sirida alyuminiy 
kartushka tanasida uyurma toklar induktsiyalanadi. Uyurma toklar kartushkani o‘zida ham magnit maydonni
hosil qiladi. Magnit va kartushka magnit maydonlarining o‘zaro ta’siri natijasida kartushkani va u bilan birga 
o‘q 8 va avtomobil tezligini ko‘rsatuvchi strelka 12 ni magnit aylanishi yo‘nalishida buraydigan moment
hosil bo‘ladi. Doimiy magnitning aylanish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, kartushka va demak, strelka 
shunchalik katta burchakka buraladi. Qil prujina 10 qarama-qarshi moment hosil qiladi. Strelka 12 ning
aylanishlar chastotasiga bog‘liq ravishda buralishi, faqat doimiy magnit hosil qilgan moment va qil prujina 
qarshilik momentlarining o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi. Bu kartushka va strelkani burilish burchagini
aylanishlar chastotasiga to‘g‘ri proporsional o‘zgarishini, ya’ni chiziqli bog‘lanishni ta’minlaydi. 
YUmshoq po‘latdan yasalgan halqasimon magnit ekran 7, kartushka orqali o‘tayotgan magnit oqimini
kuchaytirish hisobiga asbobning sezuvchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Atrof-muhit harorati 
ko‘tarilishi bilan kartushkaning qarshiligi ortadi va uyurma toklar kuchi pasayib, kartushka bilan strelka
kamroq burchakka buriladi. Temperatura o‘zgarishi asbobning o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish 
maqsadida doimiy magnit tagiga shunt 4 o‘rnatilgan. Doimiy magnit hosil qilgan magnit oqimining katta
qismi kartushka orqali o‘tsa, kichik qismi magnit shunt orqali o‘tadi. Atrof-muhit harorati ko‘tarilishi bilan 
6.9-rasm. Elektromag-
nitli tizimdagi amper-
metr



77


magnit shunt qiziydi va uning magnit qarshiligi ortadi. Shunt orqali
o‘tayotgan (ya’ni past tomonga) magnit oqimi kamayadi, kartushka orqali 
o‘tayotgan magnit oqimi esa aksincha ortadi. Shu tariqa, temperatura
o‘zgarganda kartushka qarshiligi o‘zgarishiga mos ravishda unda hosil 
bo‘layotgan uyurma tok kuchini ortishi yoki kamayishi hisobiga, atrof-
muhit haroratini asbobning ko‘rsatish aniqligiga ta’siri bartaraf qilinadi. 
Spidometrlarning tezlik va hisoblash mexanizmlarini aylantirish
uchun egiluvchan val juda keng tatbiq topgan. Ularning tuzilishi sodda, 
ishonchlik darajasi yuqori. Shu bilan birga egiluvchan vallar bir qator
kamchiliklarga ega: tez yeyilishi, aylanishining notekisligi, ishlatish 
mumkin bo‘lgan uzunligining cheklanganligi (3500mm gacha) va uni
avtomobilda joylashtirlishining ancha murakkabligi. Dvigateli orqa 
tomonida joylashgan (LAZ) yoki kabinasi ko‘tariladigan (MAZ, KrAZ)
avtomobillarda elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi. 
Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometrlarda
ishlatiladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. elektr 
yuritma - uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan datchik, tezlik o‘lchash
mexanizmining 
kirish
valini

aylantiruvchi


uch

fazali
sinxron

elektrodvigatel va elektrodvigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. elektrodvigatel rotori tutashgan
doimiy magnit ko‘rinishida tayyorlangan. elektordvigatel va boshqarish sxemasi spidometrning tezlik 
o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan. Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok
gene-ratori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. egiluvchan val singari datchik 
rotori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. elektrodvigatel va generator
statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan 120
0
burchak ostida joylashtirilgan va 

«yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan (6.11-rasm).


Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 cho‘lg‘amlarida faza bo‘yicha bir-biriga 
nisbatan 120
0
ga surilgan sinusoidal EYUK induktsiyalanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning 

aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga


uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va elektrodvigatel 
statorining L1

, L2


va L3


g‘altaklarining biriga tok manbaidan tok o‘tadi (6,20-rasmda punktir strelkalar 
bilan tokning L1 g‘altakka borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 120
0
ga burilganda, uning statoridagi 

boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan


kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham keyingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel
statori chulg‘amlaridan tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorini aylanish
chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu aylanuvchi magnit maydon 
elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z
navbatida, spidometrning tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. elektrodvigatel 
rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, demak avtomobilning
harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 - R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilib-yopilish 
sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasini uch xil usul bilan o‘lchash mumkin: 
1) aylanish chastotasini qayd qiluvchi maxsus datchiklar yordamida ;
2) o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining uzilish chastotasini qayd qilish orqali ; 
3) generator fazalarining birida kuchlanish impulslarining chastotasini qayd qilish yo‘li bilan.
Aylanish chastotasini qayd qiluvchi datchik bilan ishlaydigan taxometrning tuzilishi va ishlashi, elektr 
yuritmali spidometrlarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular datchikning o‘rnatilish joyi va shkalani darajalanishi bilan
farq qiladi. Bundan tashqari, taxometrlarda hisoblash mexanizmiga 
ehtiyoj yo‘q.
Benzinli dvigatellar tirsakli valining aylanishlar chastotasini 
nazorat qilish uchun ko‘p hollarda elektron taxometrlar ishlatiladi.
elektron taxometrlarning ishlash printsipi uzgich kontaktlari uzilishi 
daqiqasida o‘t oldirish tizimining birlamchi zanjirida vujudga
keladigan impulslarni zarur shaklga keltirish va uni magnitoelektr 
asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan.
Elektron 
taxometr
sxemasi

(6.12-rasm)


quyidagi 
asosiy
qismlardan iborat: ishga tushirish impulslarini shakllantiruvchi blok, 
o‘lchov impulslarini shakllantiruvchi blok (multivibirotor) va
6.10-rasm. Spidometrning 
tezlik o‘lchash mexanizmi
6.11-rasm. Elektr yuritmali 

spidometrning sxemasi





78


ko‘rsatkichli
magnitoelektr 
asbob.
Taxometrning kirish joyiga o‘t oldirish 
tizimining birlamchi zanjiridan kirish
signali 1 uzatiladi. R1, R2 qarshiliklar, 
C1, C2, C3, C4 kondensatorlar va VD1
stabilitrondan iborat bo‘lgan ishga 
tushirish impulslarini shakllantiruvchi
blok, so‘nuvchi sinusoida ko‘rinishdagi 
signal
1
dan, 

musbat
ishorali 


yarimsinusoida shakliga ega bo‘lgan
impuls 2 ni ajratib beradi. Bu impuls , 
o‘lchov impulslarini shakllantiruvchi
blok tranzistori VT1 ning bazasiga 
uzatiladi. Boshlang‘ich holda VT2
tranzistor ochiq, chunki unda baza toki mavjud va u R11, R10 va R5 zanjir orqali o‘tadi. VT2 tranzistor 
ochiq holda bo‘lganda kondensator C5 to‘la zaryadlanadi. Bu vaqtda VT1 tranzistor yopiq bo‘ladi, chunki
R5 qarshilikda kuchlanish ancha pasayishi hisobiga undagi emitterning potentsiali baza potentsialidan yuqori 
bo‘ladi. Musbat ishorali ishga tushirish impulsi 2 VT1 tranzistorning bazasiga uzatiladi va u ochiladi.
Kondensator C5 VT1 tranzistor orqali zaryadsizlanib, VT2 tranzistorning bazasida manfiy potentsial hosil 
qiladi va VT2 tranzistor yopiladi. VT1 tranzistor R11, R9, R8 va R5 qarshiliklar orqali o‘tayotgan baza toki
hisobiga ochiq holda ushlab turiladi. Tranzistor VT1 ochiq bo‘lganda, R11, R7, R3 va R5 zanjir va o‘lchov 
asbobi 4 orqali tok o‘tishi ta’minlanadi. O‘lchov asbobidan o‘tayotgan tok impulsi 3 ning davomiyligi
kondensator C5 ning zaryadsizlanish vaqtiga bog‘liq. Kondensator C5 zaryadsizlanib bo‘lgandan keyin VT2 
tranzistor ochiladi (uning bazasidagi manfiy potentsial yo‘qoladi ), VT1 tranzistor esa yopiladi. Tok impulsi
3 ning chastotasi o‘t oldirish tizimi birlamchi tok zanjirining uzilish chastotasiga teng bo‘ladi. O‘lchov 
asbobi 4 tok impulslarining chastotasiga proporsional bo‘lgan effektiv tok I

eff
qiymatini ko‘rsatadi. 
O‘zgaruvchan qarshilik R7 yordamida tok impulsining amplitudasi rostlanadi. Asbobning o‘lchash
aniqligia, atrof-muhit haroratining ta’siri termorezistor R3 hisobiga kompensatsiya qilinadi. Diod VD2 
tranzistor VT1 ni himoya qilish vazifasini bajaradi. Avtomobilning elektr ta’minot tizimidagi kuchlanish
qiymati o‘zgarishini taxometrning o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish va uning barqaror ishlashini 
ta’minlash uchun sxemaga VD3 stabilitron kiritilgan.
O‘t oldirish tizimi bo‘lmagan dizel dvigatelli ba’zi avtomobillarda generotorning bir fazasidagi 
kuchlanish impulslari chastotasini qayd qilishga asoslangan taxometrlar ishlatiladi. Bu taxometrlarning
ishlash printsipi yuqorida keltirilgan taxometrning ishlashiga o‘xshash bo‘lib, faqat ularda boshqaruvchi 
impuls sifatida generatorning bitta fazasidan olinadigan kuchlanish signali ishlatiladi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə