Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə84/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

7.7. Avtomobil lampalari
Avtomobillarning yoritish asboblarida yorug‘lik manbai sifatida elektr cho‘g‘lanish lampalari 

ishlatiladi. elektr toki o‘tganda lampaning cho‘g‘lanish tolasi qiziydi va ma’lum temperaturaga yetgandan


keyin nur socha boshlaydi. elektr lampa (7.8-rasm) kolba 1, tok uzatish elektrodlariga joylashtirilgan bitta 
yoki ikkita cho‘g‘lanish tolasi 2 va 3, sokol 6 va chiqish joyi 7 dan tashkil topgan. Ba’zi lampalarda(asosan,
bosh yoritish faralariga o‘rnatiladiganlarida) sokol fokuslovchi gardish 5 bilan birga ishlanadi. Ikki 
chulg‘amli lampalar bosh yoritish faralarni yaqinni va uzoqni yoritish rejimlarida yoki tormozlanish
xabarchilarini kechasi va kunduzi har xil rejimda ishlashini ta’minlaydi. 
CHo‘g‘lanish tolasi o‘lchamlari kichik, katta haroratlarga chidamli bo‘lishi kerak. Shuning uchun u
ingichka volfram simdan spiral yoki bispiral shaklida o‘rab tayyorlanadi. CHo‘g‘lanish tolasi nikeldan 
tayyorlangan elektrodlarga mahkamlanadi va odatda, to‘g‘ri chiziq yoki aylana yoyi ko‘rinishida bo‘ladi.
YOrug‘lik manbalari elektr, yorug‘lik va ekspluatatsion xususiyatlarini belgilovchi bir qator 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
- nominal kuchlanish,( 6,12,24 V ); 
- elektr quvvati , Vt;
- chegaraviy kuchlanish, V; Bu kuchlanish doirasida lampalar belgilangan muddat davomida ishlaydi 
deb hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan nominal kuchlanishlar uchun chegaraviy kuchlanish qiymatlari
quyidagicha - 6,7; 13,5; 28 V. 
- lampaning nominal yorug‘lik oqimi, lumenda (lm);
- yorug‘lik kuchining maksimal qiymati, kandelda(kd); 
Lampalarning cho‘g‘lanish tolasi tayyorlash uchun ishlatiladigan volframning erish temperaturasi
3380

O
C ga teng. Spiral 2300-2700


O
C gacha qizdiriladi. Spiralning qizdirish temperaturasi ortishi bilan 

lampaning yoritish samarasi ham ortib boradi. Lekin, spiral harorati 2400


O
C dan ortgandan keyin, volfram 

jadal ravishda porlaydi. Porlagan volfram zarralari lampaning shisha kolbasiga o‘tirib, uni qoraytiradi va


yorug‘lik oqimini kamaytiradi. 
1960 yillardan boshlab avtomobillarda cho‘g‘lanish tolasi temperaturasini 2700-2900
O
C gacha 

ko‘tarish va yoritish samarasini 1,5 baravarga oshirish imkonini beradigan galogen lampalar tatbiq topa


boshladi. Galogen lampalar quyidagicha ishlaydi. Lampa kolbasi ichiga inert gazlar bilan birga oz miqdorda 
galogen ( yod, brom yoki ularning birikmalari) parlari kiritiladi. Porlagan va lampa kolbasining issiq
devorchalariga o‘tirgan volfram zarralari yod (yoki brom) bilan reaktsiyaga kirishib yodli volfram WJ
2

birikmasini hosil qiladi. Par holatidagi birikma lampaning qizib turgan cho‘g‘lanish tolasiga yaqinlashib


yuqori harorat ta’sirida yana yod va volframga ajraladi. YOd kolbaning gaz bo‘shlig‘ida qoladi, volfram esa


cho‘g‘lanish tolasiga qayta o‘tiradi. Shunday qilib, galogen sikl lampaning cho‘g‘lanish tolasidan porlagan 
volframni yana tolaga qaytarishga asoslangan. Lekin, bu galogen lampalar ishlash muddatini oshirmaydi,
chunki qaytayotgan volfram tola yuzi bo‘ylab bir tekisda o‘tirmaydi, balki sovuqroq (ya’ni qalinroq) 
joylariga ko‘proq, issiqroq (ya’ni ingichkaroq) joylariga kamroq o‘tiradi.
7.8-rasm. Avtomobil faralarida ishlatiladigan lampalar: 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə