Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Bosh yoritish faralarning tuzilishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə80/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

7.3. Bosh yoritish faralarning tuzilishi
Bosh yoritish faralar asosan korpus, optik element va rostlovchi me-xanizmdan tashkil topgan. Optik 

element tarkibiga nur qaytargich, nur tar-qatgich, to‘g‘ri nurlarni to‘suvchi ekran va bir yoki ikki rejimli


yorug‘lik manbai kiradi. Faralarning optik elementi doira yoki to‘g‘ri burchak shaklga ega bo‘lishi mumkin. 
Avtomobillarda uzoq vaqt davomida doira shaklidagi faralar o‘rnatilib, ularga ikki farali tizim uchun


178 


mm, to‘rt farali tizim uchun esa


146 mm bo‘lgan optik element qo‘llanilgan. 
MDH da keng tarqalgan yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimiga ega bo‘lgan doira shaklidagi FG140
belgili faraning tuzilishi 7.4-rasmda keltirilgan. Korpus 5 ning ichki qismidagi qovurg‘alariga optik 
elementning tayanch halqasi o‘rnatilgan. Tanyach halqaning chekka qismida rostlash murvatlari 3 ning
qalpoqchalari kirishi mo‘ljallangan o‘yiqlar ishlangan. Murvatlar korpusga mahkamlangan gaykalarga 
buraladi va faraning yorug‘lik dastasini gorizontal va vertikal tekisliklarda

4

0
30


burchak doirasida 


rostlash imkoniyatini beradi.
Optik element tayanch halqada ichki gardish 1 yordamida uchta murvat 14 bilan mahkamlanadi. Optik 
elementning doimo bir xil muayyan o‘rnashishini ta’minlash uchun tayanch halqasi uchta nosimmetrik
joylashtirilgan darchaga ega. 
Metall shishali optik element fokus masofasi 27 mm bo‘lgan paraboloid qaytargich 10, qaytargichga
yelimlangan tarqatgich 11 va lampa 2 dan iborat. Qaytargich po‘latdan shtampalash yo‘li bilan 
tayyorlanadi. Qaytargichni korroziyadan asrash uchun avval uni yaxshilab sayqallangan yuziga lak va lak
ustidan vakuumda bug‘lash yo‘li bilan yupqa qatlamli (3-5 mkm) alyuminiy qoplanadi. Alumi-niylangan 
yuzning oksidlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u maxsus lak bilan qoplanadi. Alyuminiylangan yuz
unga tushayotgan yorug‘lik nurini 90 % gacha qaytarish xususiyatiga ega. 
Faraning optik elementining paraboloidsimon qaytargichning cho‘qqi qis-miga yorug‘lik manbai 6
o‘rnatilib, uning uzoqni yoritish tolasi qaytargich fokusiga, yaqinning yoritish tolasi fokusdan oldinroq va
yuqoriroqqa joylashtiriladi.
Zamonaviy faralarida A12-45+40 turidagi oddiy yoki H4 turdagi galogen lampalar ishlatiladi. Tok 
lampaga shtekker dasta 7 va korpusdan ushlagich 9 dan o‘tkazilgan simlar orqali uzatiladi.
Fara lampasining cho‘g‘lanish tolalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqan yorug‘lik nurlar ta’sirida ro‘paradan 
kelayotgan avtomobil haydovchisining ko‘zini qamashishini kamaytirish maqsadida ushlagich 13 ga parchin
7.4-rasm. ФГ140 belgili avtomobil farasi 



83


mixlar yordamida to‘suvchi ekran 12 o‘rnatilgan. ekran sfera shaklidagi yupqa metall tasmadan
tayyorlanadi. 
Optik elementning nur tarqatgichi odatda rangsiz silikat shishadan tayyorlanib, uning ichki yuzi
silindrik va sferik linzalar, prizma va prizmalinza shaklidagi nur sindiruvchi elementlar bilan qoplanadi. 
1960 yillardan boshlab avtomobillarda doira shaklidagi faralar bilan birga to‘g‘ri burchakli faralar ham
tatbiq topa boshladi. Bu turdagi faralarning konstruktsiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda 
qaytargich sifatida yorug‘lik teshigining diametri katta bo‘lgan (250 mm gacha) kesik paraboloid ishlatilgan.
Bu qaytargichning gorizontal yo‘nalishda ishlaydigan qismlarining yuzini ancha oshishiga va yaqinni 
yoritish rejimidagi yorug‘lik taqsimlanishini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi. Bundan tashqari,
to‘g‘ri burchakli faralar vertikal o‘lchamlarining nisbatan kichik bo‘lishi avtomobilning aerodinamik 
xususiyatlarini yaxshilaydi, yonilg‘i tejamkorligini oshiradi. Shu bilan birga tayyorlash texnologiyasini
nisbatan murakkabligi, tannarxi balandligi va o‘rnatilish uchun kattaroq joy talab qilinishi bu turdagi
faralarning kamchiligi hisoblanadi.
Oxirgi vaqtda avtomobillarda to‘g‘ri burchakli faralar asosida tayyorlangan blok-faralar tobora keng 
tadbiq topmoqda. Blok-faralar bitta korpusda avtomobilning oldingi yorug‘lik asboblarining hammasini yoki
asosiy qismini birlashtiradi. Blok-faralarning tarqatgichi umumiy yoki qo‘shma konstruktsiyaga ega bo‘lishi 
mumkin. Blok-faralarni turli avtomobillar uchun unifikatsiya qilib bo‘lmasligi asosiy kamchilik deb
hisoblanadi. Avtomobilning o‘ng va chap tomonidagi blok-faralarni o‘zaro almashtirilib bo‘lmaydi. 
AQSH, YAponiya va boshqa bir qator mamlakatlarda doira va to‘g‘ri burchak shaklidagi faralarning
optik elementlari ajralmas, yaxlit lampa-fara ko‘rinishida yasaladi. Bu optik asboblarning qaytargichi va 
tarqatgichi shishadan tayyorlanadi. Qaytargich yuzasi alyumin bilan qoplanadi, unga cho‘g‘lanish tolalari
o‘rnatiladi. Shundan keyin, qaytargich bilan tarqatgich bir-biriga payvandlanadi, hosil bo‘lgan kolbadan 
havo so‘rib tashlanib, u butunlay kavsharlab qo‘yiladi.
Dunyoda yildan-yilga yonilg‘i taqsilchiligining kuchayib borishi, konstruktorlar oldiga avtomobillarning 
havo oqimiga bo‘lgan aerodinamik qarshiligini kamaytirish masalasini qo‘ydi. Bu muammoni hal qilish,
avtomobilning oldingi qismini toraytirish va faralarning balandligini 120...150 mm dan 60 ... 90 mm gacha 
kamaytirilishini talab qiladi. Bu talablar faraning konstruktsiyasida an’anaviy yorug‘lik-optik sxemalarni
ishlatishga yo‘l bermaydi, chunki bu holda yorug‘lik oqimini saqlab qolish uchun qaytargichlarning 
chuqurligini ancha oshirish kerak bo‘ladi va bu, ma’lum texnologik qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bundan
tashqari, an’anaviy yorug‘lik-optik sxemalarda ishlatiladigan nur taqsimlagich-larni vertikal tekislikka 
nisbatan 25
o
dan ortiq burchak bilan o‘rnatilishi, ularning ishini buzilishga olib keladi. 

Zarur yorug‘lik oqimini saqlash va avtomobilning aerodinamik qarshiligini kamaytirishdek, bir-biriga


qarshi muammolar printsipial yangi konstruktsiyaga ega bo‘lgan faralarni ishlab chiqilishiga olib keldi. 
"Lukas" (Buyuk-Britaniya) firmasi tomonidan faraning yangi konstruktsiyasi taklif qilinib, unda qaytargich
ikki yoki uchta kesik paraboloidlar yig‘masi ko‘rinishida ishlangan. Bu paraboloidlarning fokus masofasi 
har xil (20 va 40 mm) bo‘lgani bilan ularning fokuslari bir nuqtaga keltirilgan.
7.5-rasm. Gomofokal faraning optik tizimining cxemasi 
a – yoruo’lik nurlarini tarqalish yo’nalishlari; b-qaytargichning yig’ilgan holati
(I, II, III – alohida segmentlar); 1 – lampa, 2 –fokus masofasi kichik qaytargich,


3 - fokus masofasi katta qaytargich, 4 - tarqatgich 



84


Yuqorida keltirilgan printsipga asoslangan qaytargichlar
"gomofokal" 
qaytargichlar
deb

ataladi.


Gomofokal 
yorug‘lik-optik printsipdan foydalanib, har xil fokusli
qaytargichning alohida bo‘laklarini tanlab olib, shunday 
qaytargich yig‘ish mumkinki, u yaqinni va uzoqni yoritish
rejimlaridagi zarur yorug‘lik taqsimlanishini faqat 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə