Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Majburiy salt ishlash ekonomayzerining elektron boshqarish tizimi (MSIEEBT)



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə88/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

8.3. Majburiy salt ishlash ekonomayzerining elektron boshqarish tizimi (MSIEEBT) 

Avtomobil shahar sharoitida harakatlanganda 18-25% vaqt davomida dvigatel majburiy salt ishlaydi. 


Masalan, avtomobil dvigatel yordamida tormozlanganda, uzatma o‘zgartirilayotgan vaqtda, avtomobil o‘z
inertsiyasi bilan harakatlanganda va hokazo. Bu hollarda yonilg‘i uzatish tizimidagi drossel to‘siqchasi 
to‘liq yopiq, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi esa salt ishlashdagi qiymatdan yuqoriroq bo‘ladi.
Majburiy salt ishlash rejimida dvigateldan quvvat berish talab qilinmaydi, shuning uchun tsilindrlarga 
uzatilayotgan yonilg‘i foydali ishlatilmaydi va uni yonishi atrof muhitni yanada ko‘proq ifloslanishiga olib
keladi.



90


MSIEEBT dvigatel majburiy salt ishlaganda yonilg‘ini uzatilishini to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Bu
tizim joriy qilinishi yonilg‘ini 2...3% ga tejash va chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarni miqdorini 15...30% 
ga kamaytirish imkoniyatini beradi.
MSIEEBT quyidagicha ishlaydi (8.2-rasm). Majburiy salt ishlash rejimini aniqlash uchun dvigatel 
tirsakli valini aylanish chastotasi, karbyurator drossel to‘siqchasining holati datchiklari xizmat qiladi.
MSIEEBTni ishlashi uchun quyidagi shartlar bir vaqtni o‘zida bajarilishi kerak: 
- dvigatel tirsakli valini aylanishlar chastotasi ma’lum belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lishi kerak;
- yonilg‘i uzatish tizimidagi drossel to‘siqchasi to‘liq yopilgan bo‘lishi kerak;
- sovitish tizimidagi suyuqlik temperaturasi 65
0
C dan yuqori bo‘lishi kerak.

Oxirgi shart sovuq dvigatel qizdirilayotganda, uni salt ishlashdagi aylanishlar chastotasi belgilangan


qiymatdan baland bo‘ladi va bu hol MSIEEBT tomonidan majburiy salt ishlash rejimi sifatida qabul 
qilinishi va yonilg‘i uzatilishini to‘xtatib qo‘yilishi bilan bog‘liq.
Dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasi haqidagi signal sifatida o‘t oldirish g‘altagining birlamchi 
chulg‘amidan olingan signal ishlatiladi. Drossel to‘siqchasining holati datchigi sifatida yonili uzatish
tizimiga joylashtirilgan mikro almashlab-ulagich ishlatiladi. Agar drossel to‘siqchasi ochiq bo‘lsa almashlab-
ulagich kontaktlari tutash, yopiq bo‘lsa - uzilgan bo‘ladi.
Majburiy salt ishlash rejimi vujudga kelsa, elektron blok elektromagnit klapanga yopilish haqidagi 
boshqaruv signalini beradi va karbyuratorni salt ishlash tizimi orqali dvigatelga yonilg‘i uzatilishi
to‘xtatiladi. Majburiy salt ishlash rejimi tugab drossel to‘siqchasi ochilsa yoki tirsakli valning aylanish 
chastotasi ortib ma’lum qiymatgayetganda elektron blok elektromagnit klapanni ochadi va karbyuratorni salt
ishlash tizimi orqali yana yonilg‘i uzatila boshlaydi. 
Majburiy salt ishlash rejimida dvigatel tsilindrlarida havoni keskin siyraklanishi vujudga kelishi sababli
moy sarfini ortishi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə