Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə90/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

optimal 

tormozlash, g‘ildiraklarni blokirovka chegarasigacha
tormozlash usuliga nisbatan avtomobilni tormozlanish 
masofasini quruq yo‘lda 20% gacha, ho‘l va muz bilan
qoplangan yo‘llarda 50...60% gacha kamaytiradi va bu ko‘p 
yo‘l-transport hodisalarni oldini olish imkoniyatini beradi.
Optimal tormozlash amalga oshirilganda g‘ildiraklarni yo‘l 
bilan ko‘ndalang yo‘nalishdagi tishlashish koeffitsienti



ham ancha katta qiymatlarga ega bo‘lib (8.3-rasm), bu 

tormozlanish


jarayonida 
avtomobilni
turg‘unlik 
va
boshqarish darajasini oshiradi. 

Antiblokirovkali tormoz tizimi (ABTT) asosan


quyidagi qismlardan tashkil topgan: gidromodulyator, 
g‘ildirakni aylanish tezligi datchigi va tormozlanishni
elektron boshqarish bloki (TEBB). ABTT ning ishlash 
printsipini bitta g‘ildirakni tormozlash misolida ko‘rish
mumkin (8.4-rasm). Avtomobilni tormozlash jarayonida 
uning g‘ildiraklariga o‘rnatilgan datchiklar 3 g‘idiraklarning
aylanish tezligini nazorat qilib boradi. Agar g‘ildirakning 
birontasida blokirovka belgisi, ya’ni g‘ildirakning aylanish tezligi belgilangan kritik tezlikka yaqinlashsa, bu
ma’lumot darhol tormozlanishni elektron boshqarish bloki (TEBB) 4 ga uzatiladi. elektron blok 4 bu va
boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni (avtomobil tezligi, massasi,
shinadagi havo bosimi va hokazo) hisobga olib gidromodulyator 
(bosimni elektromagnitli taqsimlash klapanlar majmuasi) 1 ga
g‘ildirakning 
tormoz
tsilindiridagi 
bosimni
kamaytirishga 

yo‘naltirilgan boshqaruvchi signal uzatadi. Gidromodulyator tegishli


g‘ildirakning 
tormoz
mexanizmidagi 
bosimni
kamaytiradi. 
G‘ildirakning aylanish tezligi orta boshlaydi va uning qiymati
ma’lum

belgilangan


qiymatgayetgandan 
keyin

TEBB 

gidromodulyatorga bosimni oshirish signalini uzatadi. Natijada
avtomobilni tormozlash jarayoni tiklanadi. 
Antiblokirovkali
tormoz

tizimi
bilan

ta’minlangan
avtomobillarda oddiy tormoz tizimi ham saqlanib qoladi. Lekin, 
antiblokirovka tizimli avtomobillarni ishlatish tajribasi, bu tizimli
avtomobillarni 
ma’lum
muddat

davomida


boshqargan 
haydovchilarda tormozlanish jarayonini boshqarishning yangi
ko‘nikmalari 
vujudga
kelishini 
ko‘rsatdi.
Shuning

uchun
antiblokirovka tizimini to‘satdan ishlamay qolish hollari yuzaga 


kelganda, haydovchi avtomobilni zarur samara bilan tormozlanishini
ta’minlay olmasligi mumkin. Bu antiblokirovkali tizimlar va shu 
tizimlardagi eBB larning ishonchli ishlash darajasiga juda yuqori
talablar qo‘yilishini taqozo qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə