Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə87/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

8.2. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini elektron boshqarish tizimi 

Hozirgi kunda yonilg‘i purkash tizimlari yonilg‘i uzatilish joyiga qarab 3 turga bo‘linadi: marka-ziy


bir nuqtali, taqsimlangan ko‘p nuqtali va bevosita yonish kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg‘ini bevosita 
yonish kamerasiga purkash tizimi ishlatiladigan jihozlarni murakkabligi sababli amalda kam ishlatiladi.
Zamonaviy avtomobil motorlarida, asosan, bir nuqtali va taqsimlangan ko‘p nuqtali purkash tizimlari 
ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg‘i motor tsilindrlarining kirish joyiga purkaladi.
Yonilg‘i pureash tizimlari ma’lum rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. 1949-yilda BOSCH 
(Germaniya) firmasi ishlab chiqargan mexanik purkash tizimi K-Jetronic nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Keyinchalik bu tizim ancha takomillashtirildi, u qisman elektron blok yordamida boshqarildi (KE-Jetronic). 
Yonilg‘i tizimlari taraqqiyotining keyingi bosqichlari ularda elektron va mikroprotsessorli boshqarish
usullarini juda keng ko‘lamda joriy qilinishi bilan 
tavsiflanadi.
Mono-Jetronic, 

L-Jetronic, 

LH-

Jetronic 
rusumli

purkash
tizimlari 


shular
jumlasidandir. Bu tizimlarda motorning barcha 
rejimlarida yonilg‘i purkash jarayonlari elektron blok
yordamida boshqariladi. Oxirgi vaqtda ko‘pchilik 
zamonaviy avtomobil motorlari jihozlanayotgan

Motronic purkash tizimida yonilg‘i purkash va o‘t
oldirish jarayonlari birgalikda boshqariladi. Bu 
motorda o‘rnatiladigan datchiklar sonini ancha
kamaytirish, uning texnik tavsifnomasini yaxshilash, 
tejamkorligini oshirish, ishga tushirish va sovuq
8.1-rasm. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i
purkalishini elektron boshqarish tizimining
tarkibiy sxemasi



89


motorni qizdirish jarayonlariniyengillashtirish imkonini beradi.
Yonilg‘i purkashni elektron boshqarish tizimi quyidagicha ishlaydi. elektr yonilg‘i nasosi taqsimlash 
quvurida yonilg‘ini taxminan 0,2 MP doimiy bosim bilan ushlab turganligi sababli, tsilindrlarga
purkaladigan yonilg‘ini miqdori elektromagnit forsunkani ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. elektron 
boshqarish tizimi forsunkalarni ochilib - yopilishini, ya’ni yonilg‘ini tsilindrlarga majburiy purkash impulsini
davomiyligini drossel to‘siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi 
suyuqlik harorati va absolyut bosimga bog‘liq ravishda boshqaradi. Purkalishi zarur bo‘lgan yonilg‘i miqdori
haqidagi ma’lumot ikki raqamli kodlar ko‘rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. elektron 
boshqarish tizimi datchiklardan kelayotgan ma’lumotlar asosida, DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos
keladigan miqdordagi yonilg‘ini dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi. 
Benzinli dvigatellarda yonilg‘i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 8.1-rasmda
ko‘rsatilgan. 
Taqsimlagich 2 ga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi
haqidagi ma’lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 
5 ga uzatiladi va raqamli kod ko‘rinishiga keltiriladi. Drossel to‘siqchasini holatini belgilovchi datchik 1 dan
kelgan signal ikkinchi ARO‘ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generatori 3 ARO‘ ishlashi 
uchun zarur bo‘lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi.
Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to‘siqchasini holati haqidagi signallar EBT 
ning doimiy eslab qolish qurilmasi 6 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel
to‘siqchasini ochilish burchagiga bog‘liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli 
signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 7 ga uzatiladi.
Mikroprotsessor 7 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg‘i miqdoriga proportsional bo‘lgan 
forsunkalarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Taqsimlagich 2 bilan bog‘liq
bo‘lgan sinxronizatsiya moslamasi 10 yonilg‘ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini 
ta’minlaydi va kiritish quvirining devorchalarida o‘tirib qolayotgan yonilg‘i zarrachalari miqdorini
kamaytiradi.
Dvigatelning issiqlik holati va atrof muhit sharoitlarini hisobga olib forsunkalarni ochilib turish vaqtiga
tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi harorati 11, absolyut bosim 12, so‘rilayotgan havo temperaturasi 13 
datchiklaridan mikroprotsessorga qo‘shimcha ma’lumot uzatadi.
Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga ta’sir qiluvchi ko‘p 
omillarni hisobga oladi va yonilg‘i uzatilishini murakkab bog‘lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelni
ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish 
uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yonilg‘i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish printsipiga asoslangan 
sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu printsipning mazmuni shundan iboratki, yonilg‘i purkash jarayoni
mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnomasiga 
ko‘rsatayotgan ta’sirini baholash asosida amalga oshiriladi. Optimallashtiruvchi omillar sifatida, odatda,
yonilg‘i sarfi, chiqindi gazlarning zaxarliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu 
parametrlarni bir vaqtning o‘zida optimallashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun dvigatelning maksimal
quvvati yonilg‘i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa suyiltirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
CHiqindi gazlarning zaxarliligini eng past qiymati yonilg‘i tarkibi - stexiometrik tarkibga, ya’ni yonilg‘i
va havoning nisbati 1:14,7 ga yaqin bo‘lganda ta’minlanadi. Shuning uchun amalda ishlatilayotgan va 
optimal boshqarish printsipiga asoslangan yonilg‘i purkash tizimlarida teskari aloqa parametri sifatida
chiqindi gazlarning kimyoviy tarkibi olinadi. CHiqindi gazlarning tarkibini aniqlash uchun kislorod datchigi 
(

-zond) ishlatiladi. Bu datchik dvigatelni chiqarish kollektoriga o‘rnatilib, u chiqindi gazlar tarkibidagi


kislorodning miqdoridan ta’sirlanadi. Kislorod miqdorini havoning ortiqlik koeffitsientiga


proportsionalligidan foydalanib yonilg‘i-havo aralashmasining holati aniqlanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə