Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


a - ikki tolali evropa standartidagi; b



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə85/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

a - ikki tolali evropa standartidagi; b - ikki tolali, galogenli H4; c, d va e - bir tolali, galogenli tegishli
ravishda H1, H2 va H3 ; j - ksenon (gazrazryadli) ; 
1 - kolba, 2 - uzoqni yoritish tolasi, 3 - yaqinni yoritish tolasi, 4 - ekran, 5 - gardish, 6 - sokol, 7 - chiqish joyi. 



87


Galogen siklini amalga oshirish uchun lampa kolbasi devorlari temperaturasi ancha yuqori -
600.....700
O
C atrofida bo‘lishi kerak. Shuning uchun galogen lampalarning kolbalari kvars shishadan 

tayyorlanib, o‘lchamlari kichik bo‘ladi. Volfram zarralari imkoni boricha bir tekisda o‘tirishi uchun


cho‘g‘lanish tolasining spirali to‘g‘ri silindr shaklida bo‘lishi kerak. 
BMT yeIK ning 37 raqamli qoidasiga avtomobil faralari uchun ishlab chiqilgan bitta cho‘g‘lanish tolali
H1-H3 turidagi va ikkita tolali H4 galogen lampalar kiritilgan. H1 va H2 lampalarda cho‘g‘lanish tolasi 
sokol o‘qi bo‘ylab, H3 da o‘qqa perpendikular joylashtirilgan. Maxsus sokol bilan ta’minlangan H4 lampani
ham uzoqni yoritish tolasi to‘g‘ri silindr shaklida bo‘lib, optik o‘qqa parallel joylashtirilgan. H1 va H3 
lampalar tumanga qarshi faralarda, to‘rt farali yoritish tizimlarida uzoqni yoritish uchun ishlatiladi. H4
galogen lampa ikki va to‘rt farali bosh yoritish sistemalarda keng tatbiq topgan. 
MDH da ishlab chiqilgan lampalar quyidagicha belgilanadi. Oddiy lampalar, masalan, A12-45+40 da A
harfi lampa turini (ya’ni avtomobilniki) bildiradi, birinchi raqam (6,12 yoki 24) - nominal kuchlanishni, + 
belgisi bilan birlashtirilgan ikkinchi va uchinchi raqamlar yaqinni va uzoqni yorituvchi cho‘g‘lanish
tolalarning quvvatini ko‘rsatadi. Agar lampa bitta tolali bo‘lsa, uchinchi raqam bo‘lmaydi. Galogen lampalar 
uchun A harfidan keyin ikkita harf kiritiladi - K(kvarsli) va G (galogenli). Masalan, AKG 12-60+55.
O‘tgan asrning 90 yillaridan boshlab avtomobil faralariga juda samarali yorug‘lik manbai bo‘lgan 
ksenon (gazorazryadli) lampalar o‘rnatila boshlandi (7.8 – rasm, j). Ksenon lampa ballonining hajmi juda
kichik (


0,03 sm

3
) bo‘lib, kvars shishadan tayyorlanadi va ichki bo‘shlig‘i ksenon gazi hamda ba’zi 
metallarning xloridlari bilan to‘ldiriladi. Ballon ichiga ikkita elektrod o‘rnatilgan bo‘lib ularning orasidagi
tirqish 4,2 mm ni tashkil qiladi. Bu elektrodlarga 10000…20000 V kuchlanish uzatilganda ular orasidagi 
tirqishda elektr yoyi hosil bo‘ladi. Natijada ballon ichidagi harorat keskin ko‘tariladi (


4500 


0

K), xloridlar
porlaydi va lampa ishchi rejimga o‘tadi, ya’ni yorug‘lik tarqata boshlaydi. Ishchi rejimda elektrodlar 
orasidagi yoyni barqaror ushlab turish uchun taxminan 100 V kuchlanish yetarli bo‘ladi.
Ksenon lampaning yorug‘lik oqimi galogen lampaga nisbatan ikki barobar yuqori, iste’mol quvvati 
esa 1,5-2,0 barobar kam. Bu turdagi lampalarning yorug‘lik spektori quyosh nuriga yaqin bo‘lib, inson
ko‘zini unchalik qamashtirmaydi. Ksenon lampaning ishlash muddati galogen lampaga nisbatan uch barobar 
yuqori bo‘lib, taxminan 1500 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birga ksenon lampani me’yorida ishlatish uchun
u yuqori kuchlanish impulsini ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha moslama va elektron boshqarish bloki bilan 
jihozlangan bo‘lishi kerak. Shu sababli ksenon lampalarning narxi galogen lampalarga nisbatan ancha
baland. Avtomobil faralariga D1, D2, D2S turidagi ksenon lampalar o‘rnatiladi.


O‘zi- o‘zini tekshirish savollari: 

1. YOritish va yorug‘lik habarchilarini yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashda qanday ahamiyati bor? 


2. YOritish tizimlarida yorug‘lik taqsimlashning asosiy printsiplari nimalardan iborat?
3. Evropa va amerika yorug‘lik taqsimlash tizimlarining bir-biridan farqini tushuntiring. 
4. Ikki va to‘rt farali yoritish tizimlarida yorug‘lik taqsimlash qanday amalga oshiriladi?
5. Avtomobil bosh yoritish faralari tuzilishining o‘ziga xos tomonlari nimadan iborat? 
6. Gomofokal faralarning optik tizimini o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring
7. Elliptik faralarning optik tizimini o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring 
8. Tumanga qarshi faralarning tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering.
9. Avtomobil lampalarining turlari va ularning tuzilishini tushuntiring. 
10. Galogen lampalarning tuzilishi va ishlashini tushuntiring
11. Ksenon lampalarning tuzilishi va ishlashini tushuntiring 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə