Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


qaytargich hisobiga amalga oshirish imkonini beradi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə81/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

qaytargich hisobiga amalga oshirish imkonini beradi 
(masalan “Matiz” avtomobilida). 
Gomofokal fara optik tizimining sxemasi 7.5-rasmda
keltirilgan. Bu yerda IA va IB segmentlar qaytargichni ta’sir 
doirasini belgilaydi. II segment yo‘lning yaqin qismlari va
yon tomonlarini yoritilishini ta’minlaydi. III segment faqat 
uzoqni yorituvchi yorug‘lik dastasini shakllantiradi. Lampaning cho‘g‘lanish tolasi pastki tomonidan
ekranganligi uchun yaqinni yoritishda qaytargichning bu qismi ishlamaydi.
Bu yorug‘lik-optik sxema asosida avtomobilsozlarni aerodinamika bo‘yicha qo‘ygan hozirgi zamon
talablarini to‘la qondira oladigan faralar konstruktsiyasi ishlab chiqildi. 
Gomofokal faralarni ishlab chiqarishga tatbiq qilinishi, faralar tayyorlash
texnologiyasining 
deyarli
to‘la

o‘zgartirishni


talab

qiladi,
chunki

qaytargichlarning ancha murakkab shakli yuqori aniqlik bilan fakat yengil
qoliplanuvchi materiallardan, masalan plastmassadan tayyorlash mumkin. 
Bundan tashqari, galogen lampalarni ishlatish uchun plastmassaning issiqlikka
chidamlilik darajasi ancha yuqori bo‘lishi kerak. 
Gomofokal faralarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarning
hozircha narxi ancha yuqorililigi, texnologik jarayonning murakkab va og‘irligi, 
bu turdagi faralarning keng ko‘lamda qo‘llanilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
"Xella" 
(Germaniya)
firmasi

tomonidan


fara

konstruktsiyalari


rivojlanishining boshqa yo‘nalishiga mansub bo‘lgan ellipssimon qaytargichli 
bosh yoritish farasi taklif qilindi. Ularning tavsifnomasining o‘ziga xos tomoni
shundan iboratki, yaqinni yoritish rejimida lampaning yorug‘lik oqimidan 
to‘laroq foydalaniladi, ya’ni FIK nisbatan yuqori.
Bu turdagi faralarning qaytargichi ellips ko‘rinishiga ega bo‘lib, yorug‘lik 
oqimi gorizontal tekislikda vertikal tekislikka nisbatan ancha kengroq taraladi.
eliptik qaytargichli faraning optik tizimida yorug‘lik nurlarining tarqalish 
sxemasi 7.6-rasmda keltirilgan. Lampa 1 ning cho‘g‘lanish tolasidan chiqqan
yorug‘lik nuri qaytargich 2 dan qaytib tashqi fokusdan o‘tadi va qavariq linza 4 
da to‘g‘rilanadi. ekran 3 faraning yorug‘lik-soya chegarasini belgilaydi. Odatda elleptik qaytargichli
faralar 

uzoqni yoritish uchun mo‘ljallangan parobalik qaytargichli faralar bilan bitta korpusga joylashtiriladi (7.7-


rasm)

Bu yorug‘lik-optik sxemalarning asosiy kamchiligi sifatida faralarni tayyorlash texnologiyasining


murakkabligi, tannarxining yuqoriligi va faqat to‘rt farali yoritish tizimida foydalanish mumkinligi bilan 
cheklanganligini ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi vaqtda avtomobillarning yoritish tizimida qutblangan yorug‘lik dastasi va tolali optik sxemalarni 
ishlatish borasida izlanishlar olib borilmoqda.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə