Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə78/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

7.1. Umumiy ma’lumotlar 
Avtomobillarning harakat xavfsizligi, ayniqsa kunning qorong‘i qismida va ko‘rinish yomon bo‘lgan 

hollarda, ko‘p jihatdan yorug‘lik asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. YOrug‘lik asboblari yo‘lni


yoritish, avtomobilning gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish, haydovchining mo‘ljallagan yoki 
amalga oshirayotgan harakati haqida darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov
asboblari, bagajnik va kapot ostini yoritish uchun xizmat qiladi. 
Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik darakchilaridan tashkil topgan. YOrug‘lik
asbobining optik tizimi lampa, nur qaytargich va nur tarqatgichdan iborat. 
Lampa yorug‘lik manbai vazifasini bajaradi. Nur qaytargich paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik
moddiy burchak ostida chiqqan yorug‘lik oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi. Tiniq 
materialdan tayyorlangan, ichki yuzida linza va prizmalarga ega bo‘lgan nur tarqatgichda yorug‘lik oqimi
vertikal va gorizontal tekislik bo‘yicha qayta taqsimlanadi. 
Uzoq vaqt davomida faralarning eng keng tarqalgan turi amerika lampa-farasi bo‘lib keldi. Uning
qismlarga ajralmaydigan optik elementi shishadan tayyorlangan va bir-biriga kavsharlangan nur qaytargich 
va nur tarqatgichdan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i inert gaz bilan to‘ldirilgan. Nur tarqatgichning ichki
qismiga bitta yoki ikkita cho‘g‘lanish tolasi joylashtirilgan. 
50 yillardan boshlab evropada metall shishali optik elementlar keng tarqalib, ularda yorug‘lik manbaini
almashtirish mumkin bo‘ldi. Tok manbai sifatida oddiy yoki galogen lampalar ishlatilib, ular metall nur 
qaytargichdagi maxsus uyachaga o‘rnatiladi.
Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini keyingi bosqichlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 
aerodinamik tavsifnomalarini yaxshilash, ularning og‘irligini kamaytirish muhim o‘rin egallamoqda, chunki
bu ko‘rsatkichlar yonilg‘i tejamkorligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu hozirgi zamon 
avtomobillarining yorug‘lik asboblarining konstruktsiyasini va ularni ishlab chiqish texnologiyasini jiddiy
o‘zgarishiga olib kelmoqda. Avtomobillarning aerodinamik qarshilik koeffitsientini kamaytirish, faralarning 
vertikal o‘lchamlarini taxminan ikki marta qisqartirilishini talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun yorug‘lik
oqimi juda ham to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash va faraning foydali ish koeffisientini oshirish zarur. 
Faralarning yangi konstruktsiyalari nur qaytargich va nur tarqatgichlarning shakllarini murakkablashishiga
va ularni tayyorlash uchun zarur qolipga yengil tushadigan materiallarni (shisha, plastmassa) ishlatish 
zaruratini tug‘diradi.
Xalqaro avtomobil trassalarida tashish hajmlarining oshishi va avtoturizmning rivojlanishi, Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti qoshidagi yevropa Iqtisodiy Komissiyasi ( BMT yeIK ) tarkibida ichki transport
bo‘yicha qumita tuzilishiga olib keldi. Bu qumita doirasida 1958 yili Jenevada «Predmet va mexanik
transport vositalarining qismlarini rasman tasdiqlashning bir xil shartlari va uni o‘zaro tan olish haqidagi
shartnoma» imzolandi. Bu shartnomani rivojlantirish borasidagi unga ilova shak-lida bir qator qoidalar ishlab 
6
Tom Denton. Automobile Electrical and Electronic Systems. Linacre House, Jordan Hill, Oxford OX2 8DP 200 

Wheeler Road, Burlington, Third edition, 2012 y., 397-426 p






80


chiqildi. Hozirgi kunda yevropaning 22 davlati shartnomani
imzolab BMT yeIK tarkibidagi ichki transport bo‘yicha 
qumitaga a’zo bo‘ldilar va ularga tegishli tartib raqami
berildi (masalan, Olmoniya-1, Fransiya-2, Italiya-3, 
Niderlandiya-4, Buyuk Britaniya-11, Rossiya-22 va
hokazo). 
O‘zbekiston hozircha bu qumitaga a’zo bo‘lmasa ham,
lekin

Respublikamizda


ishlab

chiqarilayotgan


avtomobillarning 
yorug‘lik
asboblariga 
taalluqli
standartlarda BMT yeIK qoidalarining talablari hisobga 
olinadi va to‘liq bajariladi.
BMT yeIK qoidalari talablariga mos keladigan 
avtomobil yorug‘lik asboblari rasmiy xalqaro tasdiqlanish
belgisini oladi. Xalqaro tasdiqlanish belgisi (7.1-rasm) aylanma shaklida bo‘lib, uning ichiga e harfi yoziladi. 
Belgi yorug‘lik asbobining nur tarqatgichiga tushiriladi. Belgi tagida yoki uning yonida rasman tasdiqlanish
tartib raqami ko‘rsatiladi. Belgi tagida, tartib raqamining ustida gorizontal ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Fara 
yo‘l harakati chap tomonlama tashkil qilingan mamlakatlarda (masalan, Angliya, Hindiston va hokazo)
ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ko‘rsatkich o‘ng tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar farani yo‘l 
harakatining ham chap tomonlama, ham o‘ng tomonlamasiga moslash imkoniyati bo‘lsa, ko‘rsatkich ikki
tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yo‘l harakati o‘ng tomonlama tashkil qilingan mamlakatlar uchun (masalan, 
Rossiya, O‘zbekiston va hokazo) ko‘rsatkich umuman qo‘yilmaydi. Belgi ustiga kvadrat tushirilib, uning
ichiga C, R, S, H, harflari yoziladi. C va R harflari faraning yaqinni va uzoqni yoritish bo‘yicha xalqaro 
me’yorlarga mosligini ko‘rsatadi. Kvadratda CR harflarini birga qo‘yilishi faraning optik tizimining yaqinni
va uzoqni yoritish rejimida ishlashga mo‘ljallanganligini bildiradi. S harfi yaxlit shishali optik elementni 
(lampa-fara) belgilash uchun yoziladi. Faqat galogen lampalar bilan ishlatishga mo‘ljallangan faralarga H
harfi yoziladi.
Galogen lampali fara belgisining o‘ng tomonidagi raqam uzoqni yoritish rejimida yorug‘lik kuchining
maksimal qiymatini ko‘rsatadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə