Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 YOritish tizimlarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə79/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

7.2. YOritish tizimlarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari 

Kunning qorong‘i qismida avtomobil yetarli darajada katta tezlik bilan harakatlanishi uchun yoritish 


tizimi avtomobil oldidagi yo‘lni va yo‘l chekkasini 50-250 m masofaga yoritishi zarur. Bu haydovchiga
yo‘ldagi vaziyatni to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash, zarurat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini 
beradi. Yo‘lni yoritish uchun avtomobillarga paraboloid nur qaytargichli fara va projektorlar o‘rnatiladi.
Fara yorug‘ligining yo‘lda taqsimlanishi optik element va unga o‘rnatilgan lampaning tuzilishiga bog‘liq. 
Avtomobil faralari ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan talablarni qondirishi kerak: avtomobil oldidagi
yo‘lni yaxshi yoritishi va ro‘paradan kelayotgan transport vositasi haydovchisining ko‘zini qamashtirmasligi 
zarur. Faralarning yorug‘lik nuri bilan ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisining ko‘zini
qamashtirilishi harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan juda jiddiy muammodir. 
Hozirgi vaqtda bu muammo ikki rejimli, ya’ni uzoqni va yaqinni yoritish faralarni qo‘llash yo‘li bilan hal
qilinmoqda. 
Faralarning uzoqni yoritish tizimi ro‘parada transport vositasi bo‘lmagan holda avtomobil oldidagi yo‘lni
yoritish uchun mo‘ljallangan. YAqinni yoritish tizimi esa avtomobil oldidagi yo‘lni aholi yashaydigan va 
yoritilgan joylardan o‘tganda, ro‘paradan transport vositasi kelayotgan hollarda ishlatiladi.
Uzoqni va yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastalarini hosil qilish uchun ikki farali yoritish tizimiga ega 
bo‘lgan avtomobillarda ikki cho‘g‘lanish tolasiga ega bo‘lgan lampalardan foydalanadilar. Hozirgi zamon
avtomobillarining bosh yoritish faralari yaqinni yoritishning asimmetrik yorug‘lik taqsimlanishga ega 
bo‘lgan yevropa va Amerika tizimlari joriy qilingan. Asimmetrik yorug‘lik dastasi avtomobil
harakatlanayotgan tomonni yaxshiroq yoritishni ta’minlashi bilan birga ro‘paradan kelayotgan transport 
vositasi haydovchisining ko‘zini qamashishini kamaytiradi.
Amerika va yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi fara lampalarida uzoqning yoritilishini 
ta’minlovchi cho‘g‘lanish tolasi nur qaytargich fokusiga joylashtiriladi. Shuning uchun, faraning uzoqni
yoritish tizimi ulanganda optik o‘qqa deyarli parallel bo‘lgan yorug‘lik dastasi hosil bo‘ladi (7.2-c rasm va 
7.3- c rasmlarga qarang).
7

.1-rasm.Xalqaro tasdiqlanish belgisi





81


yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi faralarda silindrsimon yaqinni yoritish cho‘g‘lanish tolasi 2
(7.2-a rasm), uzoqni yoritish cho‘g‘lanish tolasi 1 ga nisbatan oldinga va optik o‘qqa nisbatan ozgina tepaga 
ko‘tarilgan. YAqinni yoritish cho‘g‘lanish tolasidan chiqqan nur, qaytargichning ustki yarmiga tushadi,
undan pastga qaytib yo‘lning avtomobilga yaqin qismini yoritadi. CHo‘g‘lanish tolasining tagiga 
joylashtirilgan, yorug‘lik o‘tkazmaydigan ekran 3, yorug‘lik nurlarini qaytargichning pastki qismiga tushishi
va undan qaytib ro‘parada kelayotgan transport vositasi haydovchisining ko‘zini qamashtirishini oldini oladi. 
Yo‘lning o‘ng tomoni va o‘ng chekkasining yoritilishini yaxshilash uchun ekran 3 ning chap tomoni
(qaytargich tomonidan qaralganda) pastga 15
0
burchak ostida bukib qo‘yiladi (7.2-e rasm). Bu nur 

qaytargichni chap yarmidagi aktiv yuzani oshirishga va avtomobil harakatlanayotgan yo‘lning o‘ng


tomoni va o‘ng chekkasining yoritilishini ancha yaxshilanishga olib keladi. 
yevropa yoritish tizimiga oid faralardagi yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastasida yorug‘lik-soya chegarasi
aniq ifodaga ega bo‘lib, uning o‘ng tomoni 15
0
burchak ostida ko‘tarilib boradi (7.2-rasm). 

Amerika yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi faralarda yaqinni yoritish cho‘g‘lanish tolasi 2 (7.3-a rasm)


silindr shaklidagi spiral bo‘lib, u uzoqni yoritish cho‘g‘lanish tolasiga nisbatan sal yuqoriga va fokusga 
nisbatan chaproqqa (nur qaytargich tomonidan qaralganda), optik o‘qqa ko‘ndalang qilib joylashtiriladi.
CHo‘g‘lanish tolasining bunday joylanishi yaqinni yoritish yorug‘lik dastasining asosiy qismini pastga va 
yo‘lning o‘ng chekkasiga yo‘naltiri-lishini ta’minlaydi (7.3-b rasm). Amerika yoritish tizimiga oid
faralarning konstruktsiyasini o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda uzoqni yoritishda ham, yaqinni 
yoritishda ham nur qaytargichning ishchi yuzi to‘la ishlatiladi. Amerika yoritish tizimiga oid faralarning
yorug‘lik dastasi aniq yorug‘lik-soya chegarasiga ega emas. 
yevropa va Amerika yoritish tizimlarini bir-biriga taqqoslaganda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
yevropa yoritish tizimiga taalluqli faralarda yaqinni yoritish to‘g‘riroq amalga oshirilgan, chunki unda 
yo‘lning o‘ng tomoni va o‘ng chekkasi yaxshi yoritilishi bilan birga ro‘paradan kelayotgan transport vositasi
haydovchisining ko‘zini qamashtirish ehtimoli keskin kamaytirilgan. Amerika yoritish tizimidagi faralarda, 
uzoqni yoritishdan yaqinni yoritishga o‘tilganda, yo‘lning deyarli hamma qismini yaxshiroq va bir tekis
yoritiladi, ammo ularning yorug‘lik dastasining ko‘zni qamashtirish ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun, 
yo‘lda biri yevropa, ikkinchisi Amerika yoritish tizimidagi faralar bilan jihozlangan avtomobillar
uchraganda, yevropa yoritish tizimiga oid fara bilan jihozlangan avtomobil haydovchisining ko‘zi ko‘proq 
qamashadi. Harakat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan, yuqorida keltirilgan afzalliklarga ko‘ra,
hozirgi zamon avtomobillarida yevropa yorug‘lik taqsimlash tizimi ko‘proq tatbiq qilinmoqda. Xususan, 
O‘zbekistonda chiqarilayotgan barcha avtomobillarda yevropa yoritish tizimidagi faralar o‘rnatilmoqda.
Ikki farali yoritish tizimi bir qator afzalliklarga ega, xususan 
lampalarning iste’mol quvvati nisbatan katta emas, ularni
avtomobilda ixcham joylashtirish mumkin, ishlab chiqarish 
qulay (ya’ni, texnologiyabop) va tannarxi ancha past. Lekin
bitta optik elementda ikki rejimni birlashtirish zarurati uzoqni va 
yaqinni yoritish tavsifnomalarini yomonlashishiga olib keladi.
Shuning uchun, yuqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan 
1960 yillardan boshlab AQSH da ikki farali yoritish tizimi
o‘rniga to‘rt farali yoritish tizimi tatbiq topa boshladi. To‘rt 
farali yoritish tizimi asosida uzoqni va yaqinni yoritishning
alohida faralarda amalga oshirish g‘oyasi yotadi. 
To‘rt farali yoritish tizimi to‘rtta faradan iborat bo‘lib, ular
juft qilib gorizontal yoki vertikal holda joylashtirilishi mumkin. 
Tashqi va yuqoridagi faralar doimo ikki rejimli qilib ishlanadi,
ichki va pastki faralar esa faqat uzoqni yoritish uchun xizmat 
qiladi. Ichki (pastki) faralarga yevropa yorug‘lik taqsimlash
tizimiga ega bo‘lgan va cho‘g‘lanish tolasi qaytargich fokusga 
joylashgan
lampalar 
qo‘yiladi.
Bu

faralardagi


nur

tarqatgichlarga yorug‘lik dastasini gorizontal tekislik bo‘yicha


tarqatilishini ta’minlaydigan mikroelementlar o‘rnatilgan. 
Tashqi (yuqoridagi) ikki rejimli faralarga ikki tolali yevropa
lampalari qo‘yilib, yaqinni yoritish tolasi qaytargich fokusiga, 
uzoqni yoritish tolasi esa optik o‘q bo‘ylab fokus markazidan
orqaroqqa joylashtiriladi. Bu faralarning nur tarqatgichlari faqat 
yaqinni yoritish nurlari uchun mo‘ljallandi.
Avtomobilning uzoqni yoritish tizimi ulanganda to‘rtta 
7.2-rasm. Yevropa yorug’lik taqsim-
lash tizimidagi optik sistemalarda
nur tarqalish sxemasi
7.3-rasm. Amerika yorug‘lik taqsimlash 

tizimidagi optik sistemalarda nur tarqa-


lish sxemasi



82


faraning hammasi baravariga yonadi va bunda ichki faralar
aniq yo‘naltirilgan, projektor turidagi yorug‘lik dastasini 
hosil qilsa, tashqi faralardagi uzoqni yoritish tolalari esa
ichki faralarning kuchli yorug‘lik dastasiga qo‘shimcha 
tarqalgan dasta hosil qilib, yo‘lning avtomobilga yaqinroq
bo‘lgan qismlarini yoritadi. YAqinning yoritish tizimi 
ulanganda faqat tashqi faralar yonadi va ularning umumiy
quvvati 90-100 Vt ni tashkil qiladi. Uzoqni yoritish 
tizimidagi faralarning quvvati yevropa yoritish tizimi uchun
150...240 Vt, Amerika yoritish tizimi uchun 150..260 Vt 
doirasida bo‘ladi.
Shunday qilib, to‘rt farali yoritish tizimi quyidagi 
afzalliklarga ega:
- uzoqni va yaqinni yoritish tizimilarini ikki turdagi faralar yordamida amalga oshirish, har ikkala tizimni 
eng yaxshi xususiyatlaridan to‘la foydalanish imkoniyatini beradi;
- cho‘g‘lanish tolalarining umumiy quvvatining ancha orttirilishi va nur qaytargichlarning umumiy 
yuzining qisman (17%ga) kattalashganligi hisobiga avtomobilning uzoqni yoritish tizimining samaradorligi
sezilarli darajada yaxshilanadi. 
Shu bilan birga bu yoritish tizimi quyidagi jiddiy kamchiliklarga ega:
- cho‘g‘lanish tolalarining umumiy quvvati kamaymagan holda, faralarning ishchi yuzi sezilarli darajada 
kamayishi (40% gacha) hisobiga yaqinni yoritish tizimi sifati va samarasining keskin yomonlashishi;
- quvvati kattaroq bo‘lgan generator qo‘yilishi va avtomobilga o‘rnashtirish uchun ko‘proq joy talab 
qilinishi;
- tannarxining nisbatan kattaligi. 
Bu kamchiliklar to‘rt farali yoritish tizimini juda keng tarqalib, ikki farali yoritish tizimining o‘rnini to‘la
egallashga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi zamon avtomobillarida ikki farali ham, to‘rt farali yoritish tizimlari ham 
keng ko‘lamda ishlatilib kelmoqda.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə