Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə82/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

7.5. Tumanga qarshi faralar 
Tumanga qarshi faralar tuman, kuchli qor yog‘ish, jala va boshqa og‘ir ob-havo sharoitlarida 

transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.


Bu sharoitlarda uzoqni yoritish faralarni yoqish yo‘lni ko‘rishni faqat yomonlashtiradi, yaqinni 
yoritish faralari esa yetarli samara bermaydi.
Tuman va kuchli yog‘ingarchilik sharoitlarida bosh faralarning yoqilishi "oppoq xira parda" effektini 
beradi. Buning sababi shundan iboratki, tuman yoki yomg‘ir zarrasiga tushgan yorug‘lik oqimi qisman
qaytadi, qisman yutiladi. YOrug‘lik oqimining zarraga kirgan qismi ham ikkiga bo‘linib, bir qismi 
zarrachani to‘g‘ri kesib o‘tib chiqib ketsa, ikkinchi qismi zarraning ichki qirralarida ko‘p marta qaytarilib,
so‘ngra zarradan turli yo‘nalishlarda chiqib ketadi. YOrug‘lik oqimining tuman zarralaridan qaytgan qismi 
yo‘lning yoritilganlik darajasini ancha susaytirsa, yutilgan qismi yuqorida qayd qilingan "xira pardani" hosil
qiladi.

7.7. Parobalik va elliptik


qaytargichlar o‘rnatilgan
bosh yoritish farasi:

1- uzoqni yorittish qay-

targichi; 2- yaqinni yo-

ritish qaytargichi;3-ga-

barit chiroq 
7.6-rasm. Elleptik faraning optik tizimi: 


1 – lampa, 2 – qaytargich, 3 – ekran, 4 – 

linza, 5 -tarqatgich 



85


Tumanga qarshi yorug‘lik dastasini hosil qilish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) YOrug‘lik oqimining tumanda qaytarilishi va yutilishini kamaytirish maqsadida yorug‘lik 
nurlarining uzunligini kamaytirish zarur. Bu talabning bajarilishi uchun tumanga qarshi faralar asosiy
faralardan pastroqqa joylashtirilishi kerak. Yo‘l yuzi bilan tumanga qarshi faraning eng chekka nuqtasi 
orasidagi masofa 250 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
b) YOrug‘lik oqimining vertikal tekislik bo‘yicha tarqalish burchagi kamaytirilib, gorizontal
tekislikdagisi oshirilishi kerak. Bu tumanga qarshi faralarda maxsus nur tarqatgichlar o‘rnatilishi bilan
amalga oshiriladi. Zamonaviy avtomobillarga o‘rnatilayotgan tumanga qarshi faralarda yorug‘lik dastasini 
gorizontal tekislik bo‘yicha taralish burchagi 70
0
...90

0
tashkil qiladi. 


c) Tumanga qarshi faralarning cho‘g‘lanish tolasidan bevosita chiqqan barcha yorug‘lik nurlari
ekranlanishi kerak. 
Hozirgi zamon standartlariga ko‘ra tarqatgichlar oq yoki sariq rangli qilib tayyorlanishi mumkin, lekin
bu faralarni tuman sharoitida yo‘lni yoritish xususiyatlariga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Tumanga qarshi 
faralar kuzov ichiga yoki maxsus tirgak yordamida buferga mahkamlanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə