Elektr energetikasi


Transformator chulg’amlari va ularning tuzilishi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə24/49
tarix30.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#166113
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Elektr energetikasi

Transformator chulg’amlari va ularning tuzilishi
CHulg’amlar transformatorning muhim tarkibiy qismi bo’lib, ular
elektr energiyani o’zgartirish uchun zarur bo’lgan magnit maydonni vujudga
keltirishni hamda transformatorni amalda ishlatish uchun muhim bo’lgan EYuK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
CHulg’amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o’rash uchun to’lanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi. Transformatorning xizmat muddati uning og’ir sharoitlarda ishlaydigan chulg’amlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.

AMALIY ISH №3
Mavzu: Uch fazali avtotransformatorlarni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish.
Ishning maqsadi: Uch fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Asosiy va yordamchi qismlarini o’rganish.
CHulg’amlari elektromagnit bog’lanishdan tashqari elektr bog’lanish­ga ham ega bo’lgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi.
Transfor­matorda birlamchi chulg’amdan ikkilamchi chulg’amga to’la energiya elekt­romagnit vositasida berilsa, avtotransforma-tor (AT)da to’la energiya-ning bir qismigina shu yo’l bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganli­gi tufayli bevosita beriladi. Bu AT da elektr energiyani uzatish usulining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
AT lar kuchlanishni pasaytiruvchi va oshiruvchi, bir fazali va uch faza-li, ikki chulg’amli va uch chulg’amli turlarga bo’li­nadi. Agar AT chulg’amining "AX" uchlarini tarmoqqa ulab, uning "ax" qismiga iste’molchi ulansa – pasaytiruvchi AT (7.4-rasm), agarda "ax" qismini tarmoqqa ulab, "AX" uch-lariga iste’molchi ulanganda – oshiruvchi AT bo’la­di.
Kam quvvatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) AT ning bitta chulg’ami bo’lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg’am vazifasini ba-jaradi. Bu holda chulg’am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ikki-lamchi chulg’am o’ramlari sonini o’zgartirib kuchlanish rostlanadi. Katta quv-vatli yuqori kuchlanishli AT lar uchun chulg’amlarning bunday konstruktsiyasi to’g’ri kelmay­di, chunki kontaktlar katta tok yuklamasiga bardosh bera olmaydi. SHu sababli katta quvvatli AT larda elektr jihatdan ulangan o’zakda bir xil balandlikda joylashtirilgan ikkita chulg’ami bo’ladi.
AT ni amaliyotda bajaradigan vazifasi nuqtai nazardan o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda ularning o’ziga xos xususiyatlari to’la ravishda namoyon bo’ladi.
I sh l a sh p r i n ts i p i. AT ning yuksiz ishlash rejimidagi elek-tromagnit jarayon odatdagi transformatornikidan farq qilmaydi. Yuklama ulanmagan pasaytiruvchi AT ning "AX" chulg’amiga (o’ram­lar soni WAX) o’zgaruvchan kuchlanish U1 be­rilganda undan yuksiz ishlash toki I0.A o’tib, transformatordagi singari o’zinduktsiya EYuK Ye1 ni hosil qiladi. Yuksiz ish-lashda shu chulg’amning yuklama ulanadigan (o’ramlar soni Wax) qismidagi EYuK Yeax kelib chiqishiga ko’ra o’zinduktsiya EYuK bo’lib, YeAX ning bir qismini tashkil etadi (Izoh: Transformator ikkilamchi chulg’amida esa o’zaro induktsiya EYuK hosil bo’ladi).
Yuksiz ishlash rejimdan AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kA, yuksiz ishlash toki I0N.A, isroflari R0N.A va almashtirish sxemasining para-metr­larini aniqlash mumkin.
AT ning transfor­matsiyalash koeffitsienti kA quyidagicha aniqlanadi
kA  YeYK  YePK  wAX  wax  U1 / U2 . (7.7)
Pasaytiruvchi AT ga yuklama ulanganda chulg’amining birlamchi zanjiri-dan I1, ikkilamchi zanjiridan esa I2 >I1 tok o’tadi. Bu holdagi AT ning MYuK muvo­zanat tenglamasi quyidagicha yoziladi
I1 w1I2 w2I0 w1, (7.8)
bu yerda I0 – «A-X» chulg’amdan o’tuvchi magnitlovchi tok.
I 1I 0 I 2kA tok chulg’amning faqat "A–a" qismidan o’tib, ikka­la chulg’am uchun umumiy bo’lgan "a–x" qismidan esa I1 va I2 toklar­ning geometrik yi-g’indisiga teng bo’lgan
I ax I 1I 2I 0 I 2 kAI 2I 0I 2 (1–1kA) (7.9)
tok o’tadi. I1 va I2 toklar faza jihatdan deyarli 180 bo’lgani sababli (I0  0) ularni algebraik ayirma ko’rinishida yozish mumkin:
I ax  I 2 – I 1 . (7.10)
Bundan ko’rinishicha, pasaytirilgan AT chulg’ami­ning umumiy qismi "a-x" bo’yicha o’tayotgan tok Iax birlamchi zanjir toki I1 ga teskari, ikkilamchi zan-jir toki I2 bilan esa mos yo’nal­gan bo’ladi.
Agar AT ning transformatsiyalash koeffitsienti 1 ga yaqin bo’lsa, I1 va I2 toklar bir-biridan kam farq qilib, ularning ayirmasi kichik qiymatni tashkil etadi. Bu hol AT chulg’amining umumiy (a-x) qismini kesim yuzasi kichik bo’lgan simdan tayyorlashga imkon beradi.
AT da chulg’am ikkilamchi zanjirining chiqishidagi to’la quvvat S2 ni "o’tuvchi quvvat (So′t)" deyiladi. Bundan tashqari, birlamchi zanjirdan ikki­lamchisiga magnit maydoni vositasida uzatiladigan hisobiy (Sh Sem) quvvat ham mavjuddir. Buni hisobiy quvvat deyilishiga sabab shuki, ATning gaba-rit o’lchamlari va og’irligi shu quvvat kattaligiga bog’liq bo’ladi.
Demak, AT da hisobiy quvvat o’tuvchi quvvatning bir qismini tashkil etib, qolgan qismi esa elektr bog’lanish hisobi­ga chulg’amning birlamchi zan-jiridan ikkiinchisiga uzatiladi, ya’ni
So′t  Se  Sh .


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə