Elektr energetikasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/49
tarix30.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#166113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Elektr energetikasi

ma’ruzalar matni
NAVOIY

Kirish
Ushbu dastur elektr mashinalari va elektr yuritmalar rivojining tarixi va istiqboli, elektr mashinalari va elektr yuritmalarning tuzilishi, ularning konstruktsiyalari; vazifasi va ishlash sharoiti hisobga olingan holda ularga qo’yiladigan talablar; ularning energetik elektr mashinalari va transformatorlarni sozlash tajribasiga ega bo’lishi, elektr mashinalari va elektr transformatorlarning turlari va klassifikatsiyasi; elektr mashinalari va elektr transformatorlarning ishlash printsiplarini, ishlatiladigan materiallarini va sozlanishi, elektr mashinalari va transformatorlarning ko’rsatkichlarini yaxshilash usullarini va ulardan foydalana bilishi, elektr mashinalari va transformatorlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash masalalarini o’z ichiga qamrab olgan


1-MAVZU: Kirish. Elektr mashinalariga (EM) va kuch transformatorlarga oid umumiy ma’lumotlar.
REJA:

  1. Umumiy tushunchalar.

  2. Elektr mashinalar.

  3. kuch transformatorlari.

Umumiy tushunchalar
Xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarini elektrlashtirish jismoniy mehnatni yengillashtiradi va mehnat sharoitini yaxshilaydi. SHuning uchun xalq xo’jaligining barcha soxalarida elektr energiyasini iste’mol qilish tobora ortib bormoqda. Elektr stantsiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasining 60% dan ko’prog’i elektr dvigatellari yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi.
Xalq xo’jaligining turli soxalarida mahsulot ishlab chiqaradigan mashina va mexanizmlar turli xil elektr dvigatellar yordamida harakatga keltirilmoqda. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinasi elektr dvigatelь (motor) deyiladi. Amalda o’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr dvigatellari bo’yicha soxalarda, shuningdek xonadonlarda ham ko’plab ishlatilmoqda.
Dvigatelь elektr stantsiyalarda elektr energiyasi uch fazali o’zgaruvchan tok sifatida ishlab chiqariladi. Elektr stantsiyalari energetika resurslari mavjud bo’lgan tumanlarda quriladi. Elektr uzatish liniyasida nobud bo’ladigan quvvatni kamaytirish maqsadida generator kuchlanishini bir necha marotaba oshirish kerak bo’ladi.
O’zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini transformator yordamida o’zgartirish mumkin. Transformator statik elektromagnit apparat bo’lib, o’zgaruvchan tokning kuchlanish qiymatini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Hozirgi ko’pgina mashina yoki mexanizmlar elektr dvigatellari yordamida yuritiladi. Har qaysi fabrika, zavod, tsex, mexanizatsiyalashgan transport va qishloq xo’jaligini ish mexanizmlarisiz tasvvur qilish qiyin.
Elektr dvigatellarining xalq xo’jaligida ko’p qo’llanilishiga ularning FIKi nisbatan yuqori bo’lishi, ishga tushirish va to’xtatish uchun kam vaqt sarf bo’lishi sabab bo’lmoqda.
Zamonaviy elektr mashinasi ko’p sonli turli qismlardan iborat. Ularning har biri, turli vazifani bajarsada, ularning birgalikda ishlashi ma’lum ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni zamonaviy boshqarish vositalariga ega bo’lgan elektr yuritmalarini qo’llamasdan amalga oshirishni tasavvur qilish qiyin.
1838 yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan o’zgarmas tok elektr yuritgichni, Neva daryosidagi suv kemasini harakatga keltirish uchun qo’llanilishi, elektr yuritmaga asos bo’ldi. 1888-91 yillar orasida rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovolьskiy tomonidan yaratilgan uch fazali asinxron yuritgich esa elektr yuritmalarni keng rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Avtomatlashgan elektr yuritmalarining hozirgi paytda rivojlangan avtomatik boshqarish, nazorat qilish va rostlash nazariyasiga va vositalariga ega bo’lishi, yakka va bog’lanmagan avtomatizatsiyalashgan kompleks, ya’ni jamlangan va o’zaro bog’langan avtomatik sistemaga o’tish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan dastgohlar, qator murakkab mashinalar, tsexlar va hatto zavodlar bor. Ularda butun ish jarayoni va boshqarishi avtomatlashtirilgan bo’lib xom-ashyo tayyor mahsulot darajasiga yetkaziladi. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani qo’llash mehnat unumdorligini ortishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va tannarxining kamayishiga hamda ishlab chiqarish maydonining qisqarishiga olib keladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə