«elektr stansiyalari,tarmoqlari va tizimlari»


HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI



Yüklə 216,15 Kb.
səhifə16/17
tarix03.06.2023
ölçüsü216,15 Kb.
#115249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI


Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi- bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.
«Hayotiy faoliyat xavfsizligi» bo`lg`usi mutaxassislarni mehnat muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti hamda mehnat muhofazasini yaxshilash muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg`otishga mo`ljallangan. Buning ilmiy zamini esa quyidagilardan iboratdir.: ishlab chiqarishda shikastlanish, kasalliklar, ishlab chiqarishda sodir bo`ladigan yong`in hamda portlashlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish; ishlab chiqarishdagi xavflilik va zararlilik darajasini o`rganish; to`qimachilik, paxta, ipak va engil sanoatda qabul qilingan yoki joriy etishga tavsiya etiladigan, og`ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni ko`zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholash.
Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog`liq masalalarni o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Hozirgi vaqtda inson-tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf-xatarlar natijasida juda ko`p insonlar hayotdan ko`z yumadilar (Armanistodagi zilzila, Chernobil AES halokati, Jigaristondagi er siljishi, Admiral Naximov paroxodining cho`kishi, Serdlovskiyda Chelyabinsk-Ufa temir yo`l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo`ldi. 20000 odam nogiron bo`ldi va 200000 odam kasallandi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42-sessiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yillari, deb belgilangan edi. Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta'riflar bilan belgilanadi. Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat-faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, inosnning ta'rifi- harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Xavflar-yashirin (potentsial) va haqiqiy bo`ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo`lishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabalarni misollar (raqamlarda) ko`rish mumkin: So`nggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko`paygan; 1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko`paygan; Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo`lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo`lgan.
Har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo`lmasligiga asoslangan.
Xavfsizlik – bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf- xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bo`lsa shu maqsadga erishish uchun qo`llanadigan vositalar, yo`l-yo`riq, qo`llanmalar usullardir.
HFX – bu xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir.
Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko`rilayotgan bilim sohasida aloqador to`g`rsida to`la tasavvur qilishga metodologik ahamiyatga ega.
Asos (negiz, printsip)-bu fikr, g`oya, maqsad (asosiy holatdir).
Usul-bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`li.
Xavfsizlikni ta'minlash choralari – bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar – bu xavfsizlikni ta'min etishdagi mantiqiy pog`onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog`liq.
Inson o`z mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo`ladigan fazoni
noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta'minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:

  1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma'noda ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi.

  2. Xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me'yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo`llash.

v) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalashdarajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullarni o`z ichiga oladi. Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta'sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qo`llaniladi.
Xavfsizlikni ta'minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va ShXV). Ular o`z yo`lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bo`linadi.
Sanoat korxonalarida mashina va mexanizmlarning harakat natijasida har xil titrashlar vujudga keladi. Bu titrashglar ba'zi uchastkalarda bitta va ba'zi uchastkalarda bir necha mashina mexanizmlarning harakati ta'sirida bo`lib, ba'zan zo`rayishi va ba'zan susayishi kuzatiladi va bu organizmga salbiy ta'sir ko`rsatishi bilan tavsiflanadi.Titrash hosil qiluvchi mashinalar orasida transport vositalari, katta hajmdagi qo`zg`olmas agregatlar, qo`lda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar mavjud.
Texnika taraqqiyoti natijasida zamonaviy mexanika-mashinasozlik korxonalarida turli tuman jihozlarning kirib kelishi, shuningdek bu mashinalarning unumdorligini oshirishga talabning kuchayganligi, mashinalarningiloji boricha kam material sarflab, qo`l bilan bajariladigan vazifalarni mexanizmlar zimmasiga yuklash natijalari insonga ta'sir etuvchi qo`shimcha hodisa, titrash hodisasini kelib chiqishiga olib keldi. Titrash sanoatda ishchining ish unumdorligini kamaytiribgina qolmasdan, balki uning sog`ligiga ham ta'sir ko`rsatishi va bu ta'sirning oldi
vaqtliroq olinmasa, xavfli titrash kasalligiga olib kelishi aniqlandi. Shuning uchun ham titrashga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega.
Titrashning fizik xususiyatlari. «Titrash: atamalar va tushunchalar» da
«titrash» deb nuqta yoki mexanik sistemaning, xech bo`lmaganda bitta koordinat bo`ylab, vaqt birligida navbatma-navbat ortib va kamayib turuvchi harakatiga aytiladi.
Titrash mashina va mexanizm qismlaridagi kuchlarning nomuvofiqlik harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga mexanizmlarning chiziqli harakatini aylanma haraktga aylantirishdagi krivoship-shatun mexanizmalirining harakati, silkituvchi harakat hosil qiluvchi shibbalash qurilmalari, shuningdek posangilashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi qismlar, masalan qo`lda ishlatiladigan silliqlovchi mashinalar, dastgohlarning silliqlovchi va qirquvchi qismlaridan kelib chiqadigan titrashlar misol bo`la oladi.
Shovqindan saqlanish. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va eenergetika sanoatida juda jiddiy masala bo`lib turibdi.
Shovqinning oqibatlari ma'lum. U birinchi navbatda ishlab-chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma'naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil hatoliklarga yo`l qo`yishlariga olib keladi. Bu esa o`z navbatida ishlab-chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.
Katta shovqin ta'sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining susayishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora- tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kashf etadi.
Shovqin haqida tushuncha. Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining
buzilishi natijasida hosil bo`lgan havoning elastik tebranishi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to`lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi. va bu tebranish tezligi to`lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo`ladi.
Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida o`lim bilan tugagani 20-40 % ga to`g`ri keladi. Elektrjarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta'siri natijasida kelib chiqqan jarohatdir. Elektr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok o`tkazuvchi ochiq qismlarga tegib ketishdan, himoyalanganligi buzilgan bo`lsa, yoy orqali elektr tokini ta'sir qilishi, uskunalarning metall qismlariga tegib ketishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish, elektr uzatuvchi qismlarga katta o`lchamli mashinalarning(avtokranlar, don o`rish va paxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.
Elektr xavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar tizimi va vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg`un) elektr tokini zararli va xavfli ta'siridan himoyalanishini ta'minlaydi.
Elektr tokining odam organizmiga va hayvonlarga ta'siri juda o`ziga xos murakkab shaklda vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining o`tishi natijasida kimyoviy, issiqlik va biologik ta'sir ko`rsatadi. Kimyoviy ta'sir tufayli qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta'siri natijasida terining ayrim qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta'siri natijasida organizmdagi tirik hujayralar qo`zg`aladi, teri qichishadi, tomir tortishadi va muskullar qisqaradi. lektr toki urishi katta xavf tug`diradi, u butun organizmni jarohatlaydi, asab sistemasini, yurak va nafas olish organlarini to`liq yoki qisman falajlashi mumkin.
Organizmni elektr tokidan jarohatlanishiga bir necha omillar: tok kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, ta'sir qilish muddati. shungdek odam organizmining alohida xususiyatlari ta'sir ko`rsatadi.
Xavf yuz berishi mumkin bo`lgan quydagi tok qiymatlarini ajratish mumkin:

  1. Seziluvchan tok (2mA gacha)- organizmdan o`tganda sezilarli qo`zg`atishni keltirib chiqaradi;

  2. Qo`yib yubormaydigan tok (10-25mA)- organizmdan o`tganda qo`l muskullarida engib bo`lmaydigan tomir tortishishlar ro`y beradi.

  3. Fibrilyatsion tok (50 mA dan yuqori)- organizmdan o`tganda yurakni fibrilyatsiyalaydi (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishi).

Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi keng 100000 dan 1000 Om oraliqda o`zgaradi vat eri qoplamining holatiga (quruq, nam, dag`allashgan, shikastlanmagan yoki shikastlangan teri), bog`lanishning maydoni va zichligiga, shungdek o`tayotgan tokning kuchi va chastotasiga va ta'sir qilish muddatiga bog`liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat e'tibor boshqa narsaga chalg`iganda organizmning elektr toki ta'siriga qarshiligi keskin kamayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og`rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr qurilmalarida ishlashga yo`l qo`yilmaydi.
Hayvonlarning organizmiga ham elektr toki, odamlardagi kabi ta'sir qiladi. Hayvonlar qanchalik og`ir bo`lsa, elektr tokiga qarshiligi shuncha ko`payadi. Tok qiymati 100 mA bo`lganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday o`zgarish bo`lmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va orqa oyoqlari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi.
Hayvonlarga kichik kuchlanishlar bilan har doim ta'sir qilib turilsa, ular mahsuldorligi kamayib ketishi kuzatilgan. Agar kuchlanishning kattaligi 4-8 V bo`lsa, sut berish 20-40 % ga kamayadi.
Qishloq xo`jaligida, odatda, o`zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko`pgina jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan foydalaniladi. Elektr xavfsizligi shartlariga ko`ra, elektr
qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bo`linadi.
Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi sabab bo`ladi. Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim bilan er orasida ulanib qolish.Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bog`liq. Tana, qo`llar orqali tok o`tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o`tadigan yo`lda yurak, o`pka, miya joylashgan. Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quydagilar sabab bo`ladi:

  1. Elektr qurilmalarini o`rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;

  2. Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazmaydigan metall qismlarga tegib ketishi;

  3. Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik.

Elektr tokidan jarohatlanish sabablarini ko`rib chiqishda jarohatlanishga sabab bo`lgan elektr jihozlarini mufassal ko`zdan kechirish lozim. Jihoz va elektr tarmog`i to`g`risidagi ma'lumotlarni, qurilmaning ko`chlanish kattaligi, chastotasi, quvvatini, simlarning markasini, tarmoqning hamda ta'minlash manbaining erga nisbatan himoyalash (izolyatsiyalash) tartibini, asboblarning jarohatlanishdan oldingi va keyingi ko`rsatishlarini, jarohatlangan kishining kiyimi hamda poyafzalining holatini (quruq, nam, zaxligini); havo haroratini aniqlab olish kerak.
Qishloq xo`jaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olishuchun profilaktik ishlar o`tkazish zarur. Ular quydagilardan iboratdir:

  1. Ishlab turgan butun elektr jihozlarini istimolchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan TIQ (texnik ishlatish qoidaliri) va XTQ(xavfsizlik texnikasi qoidalari)talablariga javob beradigan holatga keltirish.

  2. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan qo`shimcha tadbirlar ko`rish.

  3. Elektr asbobolarini, tezda almashlab ulashlarni, ta'mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga o`tkazish.

  4. Ishlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish.

  5. Xavfsiz mehnat usullarini ko`rsatish orqali odamlarning o`qish sifatini yaxshilash.

Elektr tokidan jarohatlanish ko`pincha muhitga bog`liq, qayerda elektr qurilmalar ishlatilsa, elektr qurilmalarning tok o`tkazadigan va simlarning himoya qismlarini yuqori namlik, gazlarning ta'siri sekin-asta yemiradi. Atrof muhit namligining yuqori bo`lishi tana qarshiligini kamaytiradi.
Atrof muhitga qarab elektr havfsizligi uch guruhga: xavfi kam bo`lgan, xavfi yuqori bo`lgan va o`ta xavfli xonalarga bo`linadi.
Xavfi yuqori xonalar pollar tok o`tkazuvchan (metall, tuproqli, betonli), xonalarning namligi (havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori) yoki tok o`tkazuvchan changlarning mavjudligi, havo haroratining yuqoriligi (Q300 dan yuqori); er bilan ulangan bino va uskunalarning metalkonstruktsiyalari hamda elektr jihozlarining metall korpuslariga ishchining bir vaqtda tegib qolish ehtimoli borligi bilan harakterlanadi. O`ta xavfli xonalar havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin, muhitning kimyoviy aktivligining (kislota bug`lari, ishqorlar), yuqori bo`lishi shuningdek, ikki shartlarni bir vaqtda mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shu kategoriyalarga ochiq maydonlarda, xonadan tashqarida ishlatilayotgan. Elektr qurilmalarni kiritish mumkin. Qishloq xo`jaligidagi ko`pchilik xonalar yuqori xavfli xonalarga kiradi (poli yer xonalar) yoki o`ta xavfli (molxonalar, cho`chqaxonalar, issiqxonalar va boshqalar .
Elektr qurilmalarini ishlatishda yuz beradigan asosiy avariyalardan biri himoyalovchi (izolyatsiya) ning shikastlanishidir. Tok o`tkazuvchi qismlarning kuchlanishiga mos keladigan himoyalanish (ETQ) vositalari tanlanadi. Elektr simlarini himoyalagichining erga nisbatan qarshiligi 0,5 Om dan kam bo`lmasligi kerak. Yuqori harorat, agressiv suyuqliklar va boshqa zararli omillar ta'sir etadigan sharoitlarda himoyalagich holatini hamisha nazorat qilib turish, ya'ni jihozni ta'mirlash vaqtida hamda ishga tushirish oldidan qarshiligini o`lchash lozim.
ХULOSA

Malakaviy bitiruv ishida bajarilgan ishlar bo‟yicha quyidagi хulosalarni aniqlash mumkin.



    1. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlash usullari o‟rganilib, tahlil qilindi.

    2. Kuchlanishni rostlash usullarida transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsientlarini o‟zgartirib rostlash usuli eng samarali usul hisoblanadi.

    3. Tarmoqning reaktiv qarshiligi va reaktiv quvvatini kompensatsiyalab rostlash usullaridan ikkinchisi, ya‟ni reaktiv quvvatni kompensatsiyalab rostlash usuli iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi aniqlandi.

    4. Elektr tarmoqlarida kuchlanishning ruхsat etilgan qiymatlari oralig‟i berilgan hollarda rostlanuvchi parametrlarni tarmoqdagi isroflarning minimal qiymatiga mos keluvchi qiymatlarini tanlash zarur.

    5. Bitiruv ishida, shuningdek, hayot faoliyati хavfsizligi va ekologiya masalalari ko‟rib chiqildi.

Yüklə 216,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə