Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги


Ionlarning xarakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/16
tarix13.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism

2.2.Ionlarning xarakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli.
Ilgari aytib o‘tganimizdek, elektroliz vaqtida anion va kationlar elektr tashuvchilar hisoblanadi. Har bir ion o‘zining zaryabiga teng elektr tashiydi. Agar anion bilan kationni zaryadlar kattaligi bir xil bo‘lsa, ular barovar tezlik bilan xarakatlanayotgan bo‘lsa, anionlarning tashigan elektr miqdori kationlarning tashigan elektr miqdoriga teng bo‘ladi.
Ionlarning xarakatlanish tezligi ularning tabiatiga, makuchlanganligiga, konsentratsiyaga, temperaturaga, muhitning qovushqoqligiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi odatda juda kichik, molekulalarning gazlardagi xarakatlanish tezligi bir necha marta kichik bo‘ladi. Bunga sabab shuki, ionlarning muayyan yo‘nalishdagi harakatlanish tezligiga muhit, erituvchining molekulalari katta qarshilik ko‘rsatadi. Tok berilgunga qadar ionlar turli yo‘nalishda tartibsiz xarakatda bo‘ladi; tok berilgandan keyin esa anionlar anod tomonga xarakatlanadi. Bu tartibli xarakatga erituvchining tartibsiz harakatda bo‘lgan molekulalari qarshilik ko‘rsatadi.
Ionlarning xarakatlanish tezligini aniqlashning turli usullari bor. Eng oddiy usul rangli ionlarning xarakatlanish tuzligini aniqlash usulidir. U-simon nayga ikkita elektrod taxminan 1/3 qismiga qadar kaliy xlorid eritmasi quyiladi, ajratgich voronkasiga esa ionlaridan biri rangli bo‘lgan tuz, masalan, kaliy permaganat KMnO4 eritmasi quyiladi. Ajratgich voronka jo‘mragini sekin ochib. U-simon nayga elektrodlar kaliy xlorid eritmasiga botgunga qadar pastdan KMnO4 permaganat eritmasi qiritiladi. SHundan keyin U-simon nayning ikkala tirsagidagi eritmalar chegarasi orasidagi farq (sm hisobida) o‘lchab olinadi va shunga ketgan vaqt aniqlanadi. Ionning xarakatlanish tezligi quyidagicha topiladi:
h
W MnO4 = ------ sm/sek
t
bunda h - chegaralar farqi, t - vaqt, sekund hisobida.
Bu metodning aniqlik darajsi yuqori bo‘lmaganligi sababli kam qo‘llaniladi. Ionlarning xarakatlanish tezligi, odatda elektr o‘tkazuvchanlik asosida hisoblab topiladi.
Hisoblashda, ko‘pincha, ionlarning absolyut tezligidan foydalaniladi. Elektrodlar orasidagi masofa eritma sm, potensiallar ayirmasi eritma v bo‘lganda, ionning eritma sekundda sm hisobida bosgan yo‘li ionning absolyuttezligi deyiladi. Quyidagi 4-jadvalda ba’zi ionlarning 180Sdagi absolyut tezliklari qiymati keltirilgan.
1 - jadval.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə