Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги


Suvning elektrolitik dissotsilanishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/16
tarix13.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism

2.5.Suvning elektrolitik dissotsilanishi.
Suv hosil qiladigan ionlar, ya’ni vodorod va gidroksil ionlari fiziologik jixatdan juda aktiv xisoblanadi. SHuning uchun suvning elektrolitik dissotsilanishini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Suv kuchsiz elektrolit bo‘lganligi sababli kam darajada bo‘lsa ham har xolda dissotsilanadi:
H2O H+ + OH-
bunda hosil bo‘lgan ionlar ko‘p bo‘lmasada, fiziologik ta’sir ko‘rsatish uchun etarli miqdorda bo‘ladi. Suvning dissotsilanish konstantasi quyidagicha ifodalanadi:
[H+] [OH-]
K = --------------------
[H2O]
Suvda vodorod ioni suv molekulasi bilan birikib, gidroksoniy ionini hosil qiladi:
H H + .. +H+ = .. H : O : H :O: H
.. ..
Lekin soddalashtirish maqsadida gidroksoniy ionni ham H+ orqali belgilaymiz.
Termodinamik jixatdan dissotsilanish konstantasi quyidagicha ifodalanadi:
aH+aOH-
K = ----------------
aH2O
ya’ni konsentratsiya o‘rniga aktivliklar (a) qo‘yiladi.
Tajribalar absolyut toza suvda dissotsilanmagan 555 mln suv molekulasiga H+ va OH- ionlariga dissotsilangan bitta molekula to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Absolyut toza suvda dissotsilanmagan molekulalar konsentratsiyasi o‘zgarmas miqdor bo‘lgani sababali ion ko‘paytmasi ham o‘zgarmas miqdor bo‘ladi. Demak, suvning dissotsilanish tenglamasini soddalashtirib, ion ko‘paytmasi ko‘rinishida ifodalash ham mumkin:
K H2O = [H+[ [OH-]
Suvning dissotsilanish konstantasini aniqlash uchun ximiyaviy toza suv olish kerak. Odatdagi distillangan suvni absolyut toza deb bo‘lmaydi. CHunki uning tarkibida har xil qo‘shimchalar va ayniqsa erigan karbonat angidrid ko‘p bo‘ladi. Karbonat angidrid suv bilan reaksiyaga kirishib, karbonat kislota hosil qiladi.
Suvga o‘zi bilan shu sababli odatdagi distillangan suv neytral emas, balki kislotali muhitga ega bo‘ladi. Absolyut toza suvning dissotsilanish konstantasi dastlab Kolg‘raush va Gelg‘dveyler (1894y.) elektr o‘tkazuvchanlik metodi bilan aniqlaganlar. Ular suvni maxsus asboblarda tozalab, bir nesa bor xaydash yo‘li bilan havosiz joyda absolyut toza suv hosil qilganlar va shu joyda elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchaganlar.
Kolg‘rashuv va Geydveylar ma’lumotiga ko‘ra suvning ionlar konsentratsiyasi ko‘paytmasi (dissotsilanish konstantasi) 220Sda 10-14ga teng:
[H+][OH-] = KH2O = 10-14
Suvning ionlar ko‘paytmasi qiymatini bilgan hoda suvdagi vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasini oson hisoblab topish mumkin. Absolyut toza suvda N+ va ON- ionlar miqdori o‘zaro teng bo‘ladi:
[H+][OH-] = [H+ ] 2 = KH2O = 10-14
bunda vodorod ionlarining konsentratsiyasi:
[H+][OH-] = Ö10-14 = 10-7
Suv molekulalarining ionlarga dissotsilanish endotermik jarayondir:
H2O = H+ + OH- + 56,9 kJ/mol
18 g suv ionlarga ajralganda 56,9 kJ issiqlik yutiladi, aksincha 1g H+ ionlari 17g OH- ionlari bilan birikkanda 56,9 kJ issiqlik chiqadi:
Le-SHetele prinsipiga ko‘ra, temperatura ko‘tarilganda muvozanat o‘ng tomonga siljiydi, ya’ni endotermik reaksiya kuchayib, vodorod va gidroksil ionlarning konsentratsiyasi ortadi. Demak, suvning ionlar ko‘paytmasi ham ortadi.
3 - jadval.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə