Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги


Elektroliz. Faradey fonunlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/16
tarix13.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#110042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism

2.1.Elektroliz. Faradey fonunlari.
Eritmalarda elektr toki ta’sirida kimyoviy reaksiyalar (asosan, ajralish reaksiyalari) sodir bo‘ladigan jarayon elektroliz deyiladi.
Elektroliz elektr toki ta’sirida parchalanish demakdir.
Elektroliz jarayoni sanoat va qishloq xo‘jaligida katta ahamityaga ega. Masalan, xlor va o‘yuvchi ishqorlar osh tuzi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Ammiak sintezi uchun zarur bo‘lgan toza vodorod suvni elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi.
Elektroliz jarayonida elektrod - elektrolit chegarasida elektrokimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lib, bunda elektrod bilan eritmadagi ionlar (molekulalar) o‘zaro elektron almashadi. Katodda elektronlar elektroddan ionga (yoki molekulaga), anodda esa iondan (molekuladan) elektrodga o‘tadi, bunda ionlar yoki molekulalar o‘zining eelektr zaryadini yoo‘qotadi yoki o‘zgartiradi.
Elektrodlarda sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat elektronlar elektr tashishi, eritmadagi ionlar jsa valentligini o‘zgartirishi, lekin elektrodlarda zaryadsizlanmasligi ham mumkin.
Ingliz olimi M.Faradey elektrolizni tajribada o‘rganib, ikkita muhim qonunni kashf etdi:

  1. elektroliz vaqtida elektrodlardan moddalar miqdori elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir;

turli xil elektrolitlardan bir xil miqdordagi elektr o‘tkazilganda elektrodlarda ajraladigan (o‘zgaradigan) moddalar miqdori shu moddalarning ximiyaviy ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsionaldir.
AgNO3, CuSO4 va H2SO4 eritmalari orqaldi bir kulon elektr o‘tkao‘ilganda qatorda 1,118mg kumush, 0,3293mg mis va 0,010446mg vodorod ajralib chiqadi. Bu kattaliklar elektrokimyoviy ekvivalentlar deyiladi. Kimyoviy ekvivalent elektrokimyoviy ekvivalentga nisbat o‘zgarmas kattalik bo‘lib. eritma 96487±1,6K/g-ekv (yaxlitlanganligi 96500) ga teng va u Faradey soni F deyiladi. SHunday qilib, elektroliz usuli bilan eritma g.ekv modda ajratib olish yoki uni o‘zgartirish uchun bir Faradey elektr sarflash kerak.
Zanjir orqali o‘tgan elektr miqdorini aniq o‘lchash metodi Faradey qonuniga asoslangan. Bunday o‘lchashlar uchun kumushli, misli, ionli va boshqa kulonometrlar ishlatiladi. Bu asboblarda elektroliz maxsulotlari tortiladi, titrlanadi yoki uning xajmi o‘lchanadi. Elektroliz maxsulotlarining miqdori ma’lum bo‘lgach, sarflangan elektr miqdori osono topiladi.
Elektroliz sanoatida juda ko‘p jarayonlarda, ayniqsa, ximiya sanoatida keng qo‘llaniladi; suyuqlantirilgan kriolit Na3AlF6 dan alyuminiy olish, suyuqlantirilgan MgCl2 ni elektroliz qilib magniy olish, misni qo‘shimchalardan tozalash, ishqor va tuz eritmalarini elektroliz qilib toza vodorod olish va boshqalar. Bundan tashqari buyumlar sirtiga boshqa metallar qoplash, ya’ni xromlash, nikellash, kadmiylash kabi ishlar ham elektrolitik usulda bajariladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə