Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi



Yüklə 1,4 Mb.
tarix23.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#106729
1468057630 62941

TPI.

Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toklar hosil bo’lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo’ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo’lishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o’zgarishi hisobiga bo’ladi.

SN 848-70 bo’yicha ko’zda tutilgan «yuqori, o’ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo’yicha 100 kGs-30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligikerak. Magnit tarkibi bo’yicha esa 100 kGs- 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo’lishikerak. SVCH 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2 , ish kunining 2 soatidan ortiq bo’lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk V/sm2 dan oshmasligikerak. Bunda albatta muhofaza ko’zoynagi taqilishikerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak. SVCH diapazonida kasbi nurlanish bilan bog’lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/sm2 dan oshmasligikerak.

Yuqorida keltirib o’tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqrok joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo’naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani o’zgartirish, genyeratorning nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va kamaytiruvchi ekranlar o’rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalashning asosiy vositalari hisoblanadi. Oraliqni uzaytirish yo’li bilan yerishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi.

Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo’lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni antenyuatorlarni qo’llash, genyeratordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo’lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo’qotishi yoki kamaytirishi mumkin. Nurlanishni yutuvchi qurilmalar koaksil va to’lqin qaytaruvchi bo’lishi mumkin. Bu qurilmalarning sxemasi 31-rasmda keltirilgan. Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglyerodli qotishma ishlatiladi. SHuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin.

Bunday energiya yutuvchi qurilmalarning energiya ta’sirida qizishini hisobga olib, ularda sovutish yuzalari hosil qilinadi (qovurg’asimon yuzalar. 14.1.-rasm, b, v), shuningdek suv oqimlari harakatidan foydalaniladi (14.1.-rasm, a). a b s rasm. Nurlanishni yutuvchi moslamalar: a-suv oqimi yordamida sovutish; b, s-qovurg’asimon yuzalar yordamida sovutish. Koaksil va to’lqin qaytaruvchi va yutuvchi qurilmalarni muvofiqlashtirish maqsadida ular qiyshiq yuzali, ponasimon va pog’onali shuningdek, dielektrik shaybalar sifatida bajarilishi mumkin.

Elektromagnit maydonini o’lchov asboblari Elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchaydigan asosiy asbob IEMP-1 va uning bir necha modifikasiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs, shuningdek, magnit maydonining 100 kGs-1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo’yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo’yicha 0,5-300 A/m bo’lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.

  • O’lchash davrida asbobning antennasi o’lchashi zarur bo’lgan maydonga o’rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorini ko’rsatguncha harakatlantiriladi.
  • Magnit maydonining kuchlanish oqimi zichligini o’lchash asbobi.
  • Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini kuchlanishini o’lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi.
  • UVCH-SVCH diapazonidagi kuchlanish oqimi zichligi ko’pincha PO-1 asbobi bilan o’lchanadi.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • 1.O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, ,,O’zbekiston", 1992 y.
  • 2. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «SHarq",1998 y.
  • 3.O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 1996 y.
  • 4.O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.
  • 5.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
  • 6.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
  • 7.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
  • 8.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
  • 9. G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-2003
  • 10. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Pod obщey redaksiey doktora texn. nauk, professora S.V.Belova. Moskva, «Vыsshaya shkola» 2003.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə