«электрoн педaгoгикa aсoслaри» курси


-ilova Boshlang‘ich ta’lim davri



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#133682
1   2   3   4
ABDURASULOV

8-ilova
  • Boshlang‘ich ta’lim davrida о‘yin faoliyatining о‘rnini endi о‘qish faoliyati egallaydi. О‘qib-о‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bо‘lib qoladi. О‘qish jarayonida u darsliklarini va о‘quv qurollarini saranjom saqlash, о‘z vaqtida о‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish kabilar yuzasidan kо‘nikmalarni о‘zlashtiradi. Ushbu jarayonda о‘quvchi tobora mas’uliyatli bо‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini о‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining о‘sishiga ta’sir kо‘rsatadi
  • 9-ilova
  • Bо‘ylari о‘rtacha 120 sm, og‘irliklari 22 kg atrofida bо‘ladi. Suyaklarida tog‘aylik ustun, bо‘g‘inlar, kо‘krak qafasi, umurtqa pog‘anasi va tos suyaklar yaxshi qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskul paylari va bо‘g‘inlar tez о‘sishi tufayli ular serharakat bо‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Yurak, qon aylanish tizimi va nafas organlari о‘sishda davom etadi. О‘pka yaxshi rivojlangan bо‘lsa-da, biroq, nafas yо‘li va diafragma bо‘sh rivojlangan. О‘quvchilar uzoq vaqt harakatsiz tursalar, nafas olish qiyinlashadi. Ularning yuraklari о‘zidan kattalarnikiga nisbatan ikki marta kо‘p qon chiqaradi. Shu sababli yurak urushi tez, bir daqiqada 90-92 martani tashkil etadi. Qon tarkibida oq qon tanachalari kо‘p. Shunga kо‘ra ularni asabiylashishdan saqlash, kо‘proq harakat qilishlari, ochiq havoda bо‘lishlari, yetarlicha uxlashlari va dam olishlariga, shuningdek, stol atrofida, partada tо‘g‘ri о‘tirishlariga, о‘rinda tekis yotishlariga e’tibor berish zarur
  • 10-ilova
  • Zamonaviy о‘smir ruhiyatida aks etuvchi holatlar:
  • Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyatini shakllantirish talab etiladi, bilishga, kitob о‘qishga qiziqish ortadi.
  • О‘z-о‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U о‘zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi
  • 11-ilova
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə