231
Ishlash prinsiðiga ko‘ra, stabilizatorlar parametrik, kom-
pensatsion va impulsli stabilizatorlarga ajratiladi.
Parametrik stabilizatorlarda stabillash nochiziqli elementlar
xususiyatlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ularda ko‘pincha
teskari aloqa mavjud bo‘ladi.
Kompensatsion stabilizatorlarda stabillash teskari aloqa zan-
jiri orqali chiqish kuchlanishi yoki toki o‘zgarishining rostlov-
chi elementga ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Kompensatsion stabilizatorlar berk avtomatik rostlash tizimi
bo‘lib, ularda tok rostlovchi elementdan uzluksiz yoki uzlukli
bo‘lib oqib o‘tadi.
Rostlash uslubi bo‘yicha kompensatsion stabilizatorlar ketma-
ket va parallel turlarga bo‘linadi.
Stabillash aniqligi bo‘yicha stabilizatorlar 4 sinfga bo‘linadi:
1. Kichik stabillash. Kuchlanish va tokning ruõsat etiladigan
o‘zgarishi 5 % dan yuqori.
2. O‘rta stabillash. Kuchlanish va tokning ruõsat etiladigan
o‘zgarishi 1—5 % gacha.
3. Yuqori stabillash. Kuchlanish va tokning ruxsat etiladigan
o‘zgarishi 0,1—1 % gacha.
4. O‘ta yuqori (pretsizion) stabillash. Kuchlanish va tokning
ruxsat etiladigan o‘zgarishi 0,1% dan kichik.
Dostları ilə paylaş: