Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

W
chiq
C2
U
1
VD3


237
mining  uchlari  baza-emitter  oraliqqa  shunday  ulanganki,  kol-
lektor toki ortganda bazaga og‘uvchi potensial keladi. Tranzistor
ochila borib, bundan keyingi kollektor tokining ortishiga imko-
niyat  yaratadi,  ya’ni  sxemada  musbat  teskari  aloqa  amalga
oshiriladi.  Kollektor  va  baza  toklarining  bunday  ko‘chkisimon
ravishda  tez  ortishi  magnit  oqimi  to‘yinguncha  davom  etadi.
Keyin bu toklarning ortishi to‘xtaydi va o‘zgarmas tokda trans-
formator  chulg‘amlarida  EYK  induksiyalanmaydi.  Natijada
tranzistor  bazasiga  ochuvchi  potensial  kelmaydi  va  u  yopila
boshlaydi.
Tranzistor  yopilishidagi  kollektor  tokining  kamayishi  qara-
ma-qarshi  yo‘nalishdagi  EYKni  hosil  qiladi  va  bazaga  tranzis-
torni  yopuvchi  kuchlanish  beriladi.  Birlamchi  chulg‘am  toki
uziladi.  Shunday  qilib  tranzistor,  impuls  transformatori  va
ta’minot  manbayi  kuchlanish  bo‘yicha  transformatorli  teskari
aloqali relaksion generatorni tashkil qiladi. U o‘zgarmas tokning
uzilishini ta’minlaydi. Transformatorning ikkinchi chulg‘amidan
o‘sha  chastota  va  qutbdagi,  lekin  amplitudasi  ortgan  shakldagi
impulslar  olinadi.  Bu  impulslar  VD  diodda  yig‘ilgan  to‘g‘rila-
gichga beriladi. To‘g‘rilagichdan keyin R
Y
 yuklamada talab qilin-
gan  qiymatdagi  o‘zgarmas  kuchlanish  shakllanadi.
Bir taktli o‘zgartirgichning afzalligi uning sxemasining sod-
daligi va ishonchliligidir. Kamchiligi esa magnit o‘tkazgichning
doimiy magnitlanish natijasida kollektor chulg‘amidan tok faqat
bir yo‘nalishda oqib o‘tadi.
Eng  sodda  tuzilgan  ikki  taktli  o‘zgartirgich  sxemasida  T1
kuch  transformatorining  ikki  birlamchi  chulg‘ami  VT1  va  VT2
tranzistorlari  bazalari  bilan  ulangan,  birlamchi  ta’minot  man-
bayi  U
kir
  esa  tranzistorlar  emitterlari  va  T2  transformator  bir-
lamchi yarimchulg‘amlari o‘rta nuqtasi orasiga qo‘yilgan (10.28-
rasm).


238
Kuch  tranzistorlari  navbatma-navbat  to‘yinadi.  Buning
uchun  T1  qo‘zg‘atuvchi  transformatorning  ikkilamchi  chulg‘a-
midan  ularning  bazalariga  mos  uzunlikdagi  impulslar  beriladi.
T2  transformatorning  ikkilamchi  chulg‘amidan  olinadigan  chi-
qish  kuchlanishi  impulslarining  uzunligi  ochuvchi  impulslar
uzunligidan  tranzistorlar  bazalaridagi  asosiy  bo‘lmagan  tashuv-
chilarning  zaryad  so‘rish  vaqti  t
r
  ga  katta.  Agar  ochuvchi  im-
pulslar  uzunligi  T/2-t
r
  ga  teng  deb  olinsa,  chiqishda  meandr
shaklidagi  o‘zgaruvchan  kuchlanish  olinadi.  Bunday  shakldagi
kuchlanish to‘g‘rilagichda filtrsiz o‘zgarmas kuchlanishga aylan-
tiriladi.
Agar  kuch  tranzistorlarini  nolli  uzilishsiz  to‘g‘ri  burchakli
kuchlanish  impulslari  bilan  qo‘zg‘atilsa  (10.29-d  rasm),  u
holda  bazadagi  asosiy  bo‘lmagan  tashuvchilarning  zaryad
so‘rish vaqtiga teng bo‘lgan  vaqtda har  ikkala tranzistor ochiq
bo‘ladi,  bu  esa  kuch  transformatori  birlamchi  chulg‘amining
qisqa  vaqtli  tutashuviga  tengdir.  Bunday  har  bir  yarim  davr
oxiridagi  qisqa  vaqtli  tutashuvlarning  salbiy  oqibatlarini  bar-
10.28-rasm.  Mustaqil  qo‘zg‘atishli  ikki  taktli
o‘zgartirgichning prinsiðial sxemasi.
R1
T1
VD1
VT1
T2
VD3
U
2
U
1
C
1
VD2
VT2
U
kir
R2


239
taraf  qilish  uchun  invertor  sxemasiga  qo‘shimcha  elementlar
kiritish  lozim  bo‘ladi.
Invertor  aktiv-induktiv  xarakterdagi  yuklamada  ishlaganida
yuklama  toki  qutblarining  o‘zgarishi  momentlari  chiqish  kuch-
lanish  qutblari  o‘zgarishi  momentlariga,  shuningdek,  kuch
tranzistorlarini  qayta  ulanish  momentlariga  nisbatan  kechga
qoladi.  Bu  har  bir  yarim  davrning  boshlang‘ich  qismida  kuch

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə