Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Temir  asosidagi  qotishmalar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Temir  asosidagi  qotishmalar.  Bunday  qotishmalar,  asosan,
elektr  qizdirgich  elementlarda  qo‘llaniladi.  Bunday  elementlar-
ning issiqlikka bardoshliligi ularda qizish natijasida havoda silliq
oksid parda hosil qiladigan metallarning mavjudligi bilan ifoda-
lanadi. Nikel, xrom va aluminiy bunday metallarga misol bo‘la oladi.
Temir  qizitilganda  oson  oksidlanadi,  lekin  qotishmada  temir
miqdori  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  bu  qotishma  issiqlikka  shuncha
chidamli bo‘ladi.
Fe-Ni-Cr  tizimidagi  qotishma  nixrom  yoki  (temir  miqdori
yuqori bo‘lganda) ferronixrom; Fe-Ni-Al tizimidagi qotishmalar
esa fexral va xromal deb ataladi.
Turli qotishmalar harflar va sonlardan iborat bo‘lgan shartli
belgilanish tizimiga ega. Harflar qotishma nomiga kiruvchi ele-
mentlarning  asosiy  xossalarini  namoyon  etib,  har  doim  ham
uning  birinchi  harfida  ifodalanmaydi  (masalan,  B  harfi  niobiy
ekanligini  ifodalaydi,  V—volfram,  G—marganes,  D—mis,
K—kobalt,  L—berilliy,  N—nikel,  T—titan,  X—xrom,  Y—alu-
miniy  va  h.k.),  son  esa  mazkur  komponentning  qotishmadagi
taxminiy  miqdorini  anglatadi  (%  massalarida);  belgi  boshidagi
qo‘shimcha  son  (0  soni)  qotishmadagi  element  miqdorining
oshirilganligini yoki (1 soni) kamaytirilganligini bildiradi. Shun-
day  qilib,  3.3-jadvaldagi  OX
25
Y
5
  belgi  25 %  xrom  va  5 %


44
aluminiydan  tashkil  topgan  yuqori  issiqlikka  chidamlilikka  ega
bo‘lgan qotishmaga mos keladi.
Agar  oksid  uchuvchan  bo‘lsa,  qolgan  metallni  oksidlanish-
dan  himoyalashi mumkin.  Volfram  va  molibden oksidlari  oson
uchadi, shuning uchun bunday metallar kislorod ta’sirida qizigan
holatda ishlay olmaydi. Agar oksid uchuvchan bo‘lmasa, oksid-
lanish jarayonida metall sirtida parda hosil bo‘ladi.
TKl va uning oksid pardalari qiymati bir-biriga yaqin bo‘lgan
qotishmalar  havoda,  yuqori  temperaturada  katta  barqarorlikka
ega bo‘ladi. Xrom-nikelli qotishmalarning bardoshliligi shu bilan
tushuntiriladi.
Temperatura keskin o‘zgarganda oksid pardada yoriqlar hosil
bo‘lishi mumkin; u holda yana qizish natijasida havo kislorodi hosil
bo‘lgan yoriqlarga kirib, qotishmaning oksidlanishini davom etti-
radi. Shu  sababli nixromdan  yasalgan elektr  qizdirgich element
qisqa vaqtlarda  ishlatilganda, xuddi shu  temperaturada uzluksiz
ishlashi natijasida tezroq kuyib ketishi mumkin.
3.3-jadval

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə