Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Dielektriklarning qutblanishi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Dielektriklarning qutblanishi. Elektr zanjiriga ulangan, elek-
trodlar surtilgan har bir dielektrik, ma’lum sig‘imga ega konden-
sator sifatida qaralishi mumkin. Kondensator zaryadi:

,
Q
CU
bu  yerda,  C  —  kondensator  sig‘imi;  U  —  unga  berilayotgan
kuchlanish.
4.1-rasm. Yassi kondensatorli qutblangan dielektrikda
 zaryadlarning joylashishi.
U

E


52
Har bir moddada o‘zaro bog‘langan zaryadlar mavjud bo‘la-
di: atom qobiqlaridagi elektronlar, atom yadrolari, ionlar. Elektr
maydoni  E  ta’sirida  dielektrikdagi  o‘zaro  bog‘langan  zaryadlar
muvozanat  holatlaridan  siljib  ketadilar:  musbat  zaryadlar  —
maydon kuchlanganligi vektori yo‘nalishida, manfiy zaryadlar —
teskari yo‘nalishda. Natijada dastlabki zaryadlanmagan dielektrikda
elektr maydonida elektr zaryadlari yuzaga keladi. Dielektriklarda
elektr  qutblar  yuzaga  keladi,  shu  sababli  ular  dielektrikning
qutblanishi nomini olgan.
Berilgan kuchlanish  U dagi  elektr qiymati  ikkita qo‘shiluv-
chilardan iborat bo‘ladi: Q

— elektrodlarni vakuum ajratib tur-
ganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va Q

— dielektriklarning qutbla-
nishi hisobiga elektrodlarning ajralishi.
d
Q
Q
Q


0
.
Dielektrikning  asosiy  xarakteristikasi  bo‘lib  solishtirma
dielektrik kirituvchanlik 

 hisoblanadi:
0
0
1
Q
Q
Q
Q
d




.

 ning qiymati dielektrikning elektr sig‘im hosil qilish qobi-
liyatini bildiradi. Dielektrik sifatini baholashda aynan dielektrik
kirituvchanlik qiymati qo‘llaniladi, qisqaroq bo‘lishi uchun «solish-
tirma» so‘zi tushirib qoldiriladi. Barcha moddalarning 

qiy-
mati birdan katta bo‘ladi.
Dielektriklar  qutblanishinining  asosiy  turlari.  Dielektriklarda
ularning holati va strukturasiga qarab dielektriklar qutblanishining
ikkita asosiy turi mavjud.
Ba’zi  dielektriklarda  elektr  maydoni  ta’sirida  qutblanish
deyarli  soniyalarda  energiya  yo‘qotishlarisiz,  ya’ni  issiqlik  ajra-
lishisiz sodir bo‘ladi. Qutblanishning ikkinchi turi sekinlik bilan


53
rivojlanib, sekinlik bilan so‘nadi, dielektrikda energiya sochilishi
kuzatiladi,  ya’ni  u  qiziydi.  Qutblanishning  bunday  turi  relak-
satsion qutblanish deb ataladi (relaksatsiya — statik muvozanatga
kelish  jarayoni).
Qutblanishning birinchi turiga elektron va ion qutblanishlar
kiradi. Boshqa mexanizmlar relaksatsion qutblanishga kiradi. Turli
dielektriklarda bir vaqtning o‘zida qutblanishning bir necha mexa-
nizmlari kuzatilishi mumkin.
Ion  va atomlarning  elektron  qobiqlarining  siljishi va  defor-
matsiyasi  elektron  qutblanishga  kiradi.  Elektron  qutblanishning
o‘rnatilish vaqti 10
15
 s. Elektron qutblanish barcha turdagi dielek-
triklarda kuzatiladi va energiya yo‘qotishlar kuzatilmaydi.
Ion  tuzilmali  qattiq  jismlarda  ion  qutblanish  kuzatiladi  va
o‘zaro bog‘liq ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Ion qutbla-
nishning o‘rnatilish vaqti 10
-13
 s.
Tartibsiz  issiqlik  harakatida qatnashadigan  diðol  molekulali
moddalarda  diðol  —  relaksatsion  yoki  oddiy  diðol  qutblanish
kuzatiladi.
Qovushqoq muhitda diðollar aylanma harakat qilishi ma’lum
qarshiliklarni  yengib  o‘tishni  talab  qiladi,  shuning  uchun  diðol
qutblanish  energiya  yo‘qotishlar  bilan  kechadigan  moddalarda
kuzatiladi. Masalan sellulozani ko‘rsatish mumkin.
Noorganik shishalarda va ba’zi ionlari unchalik zich joylash-
magan  ion  kristall  noorganik  moddalarda  ion-relaksatsion
qutblanish kuzatiladi. Bu holatda tashqi elektr maydoni ta’sirida
moddaning  kuchsiz  bog‘langan  ionlari  maydon  bo‘ylab  tizilib
joylashishadi.
Yuqori sinuvchanlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan dielektrik-
larda elektron-relaksatsion qutblanish kuzatiladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə