Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Qutblanish turiga qarab dielektriklarning sinflanishi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Qutblanish turiga qarab dielektriklarning sinflanishi. Qutbla-
nishning xususiyatlariga ko‘ra dielektriklar to‘rt guruhga bo‘linadi.


54
Birinchi guruhga, asosan, elektron qutblanishga ega bo‘lgan
dielektriklar kiradi, masalan qutbsiz va kuchsiz qutblangan kris-
tall  va  amorf  holatdagi  (parafin,  oltingugurt,  polistirol)  qattiq
jismlar hamda qutbsiz va kuchsiz qutblangan suyuqliklar va gazlar
(benzol,  vodorod).
Ikkinchi guruhga bir vaqtning o‘zida ham elektron, ham diðol
— relaksatsion qutblanishga ega bo‘lgan dielektriklar kiradi. Unga
qutbli  (doimiy  diðollarga  ega  bo‘lgan)  organik,  yarimsuyuq  va
qattiq  jismlar  (yog‘li  —  kanifolli  kompaundlar,  epoksid  smola,
selluloza va b.) kiradi.
Uchinchi  guruhni  elektron,  ion  va  ion-relaksatsion  qutbla-
nishga  ega  bo‘lgan  qattiq  noorganik  dielektriklar  tashkil  etadi.
Ularga kvars, sluda, korund, noorganik shisha, farfor, mikoleks
va boshqalar kiradi.
To‘rtinchi  guruhni  elektron,  ion  va  elektr-ion-relaksatsion
qutblanishlar  bilan  xarakterlanadigan  segnetoelektriklar:  segnet
tuzi, bariy metatit va boshqalar tashkil etadi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə