Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  Organik  qattiq  dielektriklar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

4.2.  Organik  qattiq  dielektriklar
Organik  polimerlar  yoki  yuqori  molekular  birikmalar  deb
organik moddalar, ya’ni uglerodning noyob tuzulishga ega, katta
va  egiluvchan  molekulalardan  tashkil  topgan  elementlar  bilan
birikmasiga aytiladi. Yuqori molekular birikmalarga ba’zi tabiiy
moddalar,  masalan  selluloza,  iðak,  oqsillar,  kauchuk  va  past
molekular moddalardan tayyorlangan sintetik materiallar (tabiiy
gaz,  neft,  ko‘mir  va  boshqalar)  ham  kiradi.  Polimerlar,  ayniqsa,
sintetik polimerlar elektr izolatsion texnikada keng qo‘llaniladi.
Polimerlar  monomerlardan  —  bir  zveno  yoki  uning  bir
qismidan  tashkil  topgan,  polimerlash  reaksiyasida  qatnashishga
molik bo‘lgan past molekular birikmalardan hosil qilinadi. Poli-
merlanishda  molekular  massa  ortadi,  erish  va  qaynash  tempe-
raturasi  ortadi,  qovushqoqlik  ortadi,  polimerlanish  jarayonida


60
modda  gazsimon  yoki  suyuq  holatdan  qattiq  holatga  o‘tadi.
Polimer  hosil  bo‘lish  jarayoni  yondosh  (yordamchi)  mahsu-
lotlar  ajralib  chiqishi  bilan  kechadigan  reaksiyalar  polikon-
densatsiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlar polimerlanish darajasi
bir polimer molekulasiga birikkan monomer molekulalari soni n
bilan  tasniflanadi.  Polimerlanish  darajasi  qancha  yuqori  bo‘lsa,
erish temperaturasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Polimer mole-
kulalari shakli va tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: chiziqli va
fazoviy. Chiziqli polimerlar nisbatan egiluvchan va elastik; tempe-
ratura  muayyan  ortganda  yumshaydi,  keyin  esa  eriydi.  Fazoviy
polimerlar  qattiqlikka  ega;  faqat  yuqori  temperaturalarda  yum-
shaydi  va  yumshash  temperaturasiga  yetganda  buziladi  (yonib
ketadi).  Chiziqli polimerlar  tegishli  eritgichlarda eriydi,  fazoviy
polimerlar esa deyarli erimaydi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə