Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Plastmassalar, izolatsiyalovchi loklar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

4.3. Plastmassalar, izolatsiyalovchi loklar,
emallar, kompaundlar
Agar  polimerlar  keng  temperatura  diapazonida  yumshoq-
ligicha qolsa va yengil deformatsiyalansa, ular  elastomerlar yoki
kauchuklar deb ataladi. Agar aytib o‘tilgan sharoitlarda polimerlar
o‘zlarini qattiq jismdek tutsalar, ular plastomerlarplastik massa-
lar yoki polimer shishalar deb ataladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra polimerlar uch sinfga bo‘linadi:
— karbonoyob;
— geteronoyob;
— oganik elementli.
Birinchi sinfga faqat uglerod atomidan tashkil topgan poli-
merlar: sintetik kauchuklar, polietilen, poliðropilen, polivinilxlo-
rid,  polistirol,  polimetilmetakrilat,  teflon,  ftoroplastlar  kiradi.
Ikkinchi sinfga uglerod atomidan tashqari yana kislorod, azot,
oltingugurt  yoki  fosfor  atomlari  bo‘ladigan  organik  polimerlar


61
kiradi.  Geteronoyob  polimerlarga  polietilentereftalat,  kraxmal,
oqsillar va boshqalar kiradi.
Organik elementli polimerlar — bu shunday yuqori molekular
birikmalarki,  ular  tarkibiga  ugleroddan  tashqari  boshqa  element
atomlari ham kiradi. Amaliyotda keng qo‘llaniladiganlari elastomer,
plastik massa va qoplamalar kabi organik kremniyli birikmalardir.
Yuqori molekular organik moddalarning murakkab aralash-
malari  smola  deb  ataladi.  Ular  o‘xshash  kimyoviy  tabiatga  va
umumiy fizik xossalarga ega. Past temperaturada smolalar amorf,
shishasifat mo‘rt  massalardir. Qizitilganda  smolalar yumshaydi,
avval plastik, keyin esa suyuq holatga o‘tadi. Elektr izolatsiyada
qo‘llaniladigan smolalar ko‘p hollarda suvda erimaydi, lekin mos
keluvchi organik eritgichlarda eriydi.
Elektr  izolatsiyada  sintetik  smolalar  (polietilen,  polistirol,
polivinilxlorid,  polimetilmetaseklat,  ftoroplast,  lavsan,  epoksid
smola va boshqalar) muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə