Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Yuqori chastota polimerlari



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Yuqori chastota polimerlari. Ftoroplast - 4 (politetraftoretilen,
PTFE) tetraftoretilen F
2
C=CF
2
 ni polimerlash yo‘li bilan olinadi.
Chet elda unga teflon nomi berilgan. PTFE yuqori issiqbardosh-
likka ega (250°C). Kimyoviy jihatdan mustahkam, yonmaydi, suv
va  boshqa  suyuqliklarda  bo‘kmaydi.  Oq  yoki  kulrang.  Elektr
izolatsiya  xossalariga  ko‘ra  eng  yaxshi  dielektrik  hisoblanadi:
50—10
10
 Hz chastotada 

= 2,0; tg 

 = 0,0001—0,0003; 

= 10
16
 

·m
ga teng. T<80°C da egiluvchanligini  saqlab qoladi. Undan turli
shakldagi mahsulotlar, listlar, egiluvchan pardalar, kabel mahsu-
lotlarining izolatsiyasi va boshqalar olinadi. PTFE narxi qimmat,
shuning uchun u faqat izolatsiyaga bir vaqtning o‘zida yuqori yoki
past temperatura, faol kimyoviy muhit, namlik va boshqalar ta’sir
etganda qo‘llaniladi.
Polietilen  gazsimon  etilen  N
2
S=SN
2
ni polimerlashdan  hosil
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda etilenni polimerlashning 3 usuli mavjud: 300


62
MPa gacha yuqori bosim va 200°C atrofidagi temperaturada (yuqori
bosimli polietilen YBP); 0,3—0,6 MPa past bosim va 80°C gacha
temperaturada  (past  bosimli  polietilen  PBP);  3—7  MPa  o‘rta
bosim va 200°C atrofidagi temperturada (o‘rta bosimli polietilen
O‘BP).  Bunda  turli katalizatorlar  qo‘llaniladi. Erish  temperaturasi
120—130°C,  zichligi  0,92—0,97  M
2
/m
3
,  tg

= 0,0001—0,0005,

= 2,3—2,4, 

=10
13
—10
15
 

·m.  Turli  polietilenlar  kabel  izola-
tsiyalarida (radiochastota, telefon aloqa kabellari) keng qo‘llaniladi,
lenta pardalari va boshqa mahsulotlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Polistirol stirolning suyuq monomeri S
8
N
8
ni polimerlash nati-
jasida olinadi. Polistirolning yumshash temperaturasi +(70—85)°C
ni tashkil etadi. Uning kamchiligiga past temperaturalarda mo‘rt
bo‘lishi,  yoriqlarning  yuzaga  kelishi,  eritgich  ta’siriga  bardosh-
sizligi va uncha katta bo‘lmagan issiqbardoshliligi kiradi.
Polietilen  va  polistirol  nopolimer  dielektriklar  hisoblanadi,
shu sababli ular yuqori elektr izolatsiya xossalariga va past gigros-
koplikka ega.
Zichligi  1,05  M
2
/m
3
,  tg

=0,0001—0,0005, 

=2,4—2,6,

= 10
14
—10
15
 

· m.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə