Elektrotexnika materiallari


Yarim о‘tkazgichli diodlar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
elektrotexnika materiallari.

4.5. Yarim о‘tkazgichli diodlar 
Zamonaviy texnika sohalarida qо‘llaniluvchi elektron qurilmalar asosan 
yarim о‘tkazgichli diodlar va bir nechta о‘tishli asboblardan tashkil topgan. Bunga 
yarim о‘tkazgichli asboblarning о‘lchamlari va vazni kichikligi, foydali ish 
koeffitsiyentining yuqoriligi, uzoq muddat xizmat qilishi va yuqori chidamligi kabi 
afzalliklarga egaligi asos bо‘lgan. 
Yarim о‘tkazgichli diod bu bitta elektr о‘tish (r-n о‘tish) li va yarim 
о‘tkazgichga jipslashtirilgan metalldan chiqarilgan ikki chiqishga ega asbobdir. 
Elektr о‘tish asosan ikki turdagi elektr о‘tkazuvchanlikka ega aralashma (r- 
yoki n- tipdagi) orasida hosil bо‘ladi. Bu sohalardan biri (kichik qarshilikli) 
emitter, boshqasi (yuqori qarshilikli) baza deyiladi.
Bazan elektr о‘tkazuvchanlik r- yoki n- tipdagi yarim о‘tkazgich bilan metall 
orasida hosil qilinadi va bunday о‘tish metall yarim о‘tkazgich tutashuvi deyiladi. 
Diodlar turli belgilarga kо‘ra sinflanadi: yarim о‘tkazgich materialiga kо‘ra
kremniyli, germaniyli, galliy arsenidli, selenli; ishlash asosini belgilab beruvchi 
jarayonlar tabiatiga kо‘ra tunelli, fotodiodlar, yorug‘lik diodlari va h.k.; 
qо‘llanilish maqsadlariga kо‘ra tо‘g‘rilovchi, impulsli, stabilitronlar, varikaplar va 
h.k.; elektr о‘tishni tayyorlash texnologiyasiga qо‘ra eritish, diffuziya va h.k.; 
elektr о‘tish tipiga kо‘ra nuqtali va yassi. Ular ichida eng asosiysi elektr о‘tish 
turiga va qо‘llanilish maqsadlariga kо‘ra sinflanishidir. 
Hozirgi vaqtda keng qо‘llanilayotgan diodlar selen, germaniy, kremniydan 
yasalgan bо‘lib, galliy arsenididan va fosfididan diodlar tayorlash kelajagi porloq 
ekanligi tasdiqlangan.
137
137
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 172-bet 


192 
Selenli
diod
dumaloq disklar (shaybalar) yoki tо‘g‘ri burchakli plastinkalar 
kо‘rinishida yasalgan tо‘g‘irlagich plastinkalardan yig‘iladi. Bu plastinkalarni 
ketmaket yoki parallel ulab, talab qilingan quvvatli tо‘g‘irlagich ele-menti hosil 
qilinadi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə