Elektrotexnika materiallari



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107
elektrotexnika materiallari.

Nazorat savollari 
1. Rangli metallardan asosan nima maksadlarda foydalaniladi? 
2. Alyuminiy samolyotsozlikda nima maqsadda kо‘llaniladi? 
3. Sharoviy tegirmoni nima uchun ishlatiladi? 
4. Alyuminiy oksiddan alyuminiy qanday ajratib olinadi? 
5. Vanna tubiga qanday alyuminiy yig‘iladi? 
6. 1 gruppaga qanday alyuminiy kiradi? 


184 
7. Korroziyaga chidamli bо‘lgan pardaning vazifasi nimadan iborat? 
8. Elektrolitni qizish temperaturasi qancha?
9. Titanni briket tarzidan nechta boskichga ajratiladi? 
10. Xomaki mis tarkibida qanday moddalar bor? 
 
4-Bob. Yarim o’tkazgich materiallar 
4.1. Yarim o’tkazgichlar haqida umumiy ma’lumotlar 
Normal haroratdagi solishtirma qarshiligi o’tkazgichlarnikidan katta, biroq 
dielektriklarnikidan kichik bo’lgan materiallar yarim o’tkazgichlar deb ataladi. Bu 
turkumga elektron elektr o’tkazuvchanlikka ega va solishtirma qarshiligi 10
-6
-10
+8
Om

m bo’lgan materiallar kiradi. Yarim o’tkazgichlardagi elektronlar soni boshqa 
materiallarga nisbatan ancha kam bo’ladi. Yarim o’tkazgichlarning elektr 
o’tkazuvchanligi tashqi energetik ta’sirga va mazkur jism tarkibidagi 
qo’shimchalarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Yarim o’tkazgichning elektr 
o’tkazuvchanligi boshqarish harorati, nur, elektr va magnit maydoni, mexanik 
kuchlanishga asoslangandir.
Yarim o’tkazgichlarda elektr o’tkazuvchanlikning ikki: elektron 
(n)
va 
elektron-teshik 
(p)
turi mavjud bo’lib, ular jismda 
p-n
o’tishini vujudga keltiradi. 
Bunday jismlarga katta va kichik quvvatga ega turli xildagi elektr to’g’rilagich, 
kuchaytirgich va generatorlar misol bo’la oladi. Ulardan boshqariladigan, turli xil 
murakkab moslamalarda keng miqyosda foydalaniladi. Amalda qo’llanilayotgan 
yarim o’tkazgichlar, asosan, oddiy (ularning tarkibi bitta kimyoviy element 
atomlaridan tashkil topgan) va murakkab (ularning tarkibi ikki yoki undan ortiq 
kimyoviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan) xillarga bo’linadi.
133
Yarim o’tkazgichli o’zgartkichlar turli ko’rinishdagi energiya (issiqlik, 
yorug’lik)ni elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yarim o’tkazgichli 
o’zgartkichlarga misol tariqasida quyosh batareyasi va termoelektrik 
generatorlarni keltirish mumkin. Past o’zgarmas kuchlanishdagi rekombinatsiyali 
133
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 161-bet 


185 
chaqnash (elektron-teshikli o’tishga asoslangan) nur uzatish manbau va hisoblash 
mashinalarining axborot chiqarish qurilmalarida ishlatiladi. 
Yarim o’tkazgichlardan isitkich asboblarda, radioaktivli nur indikatorlarida va 
magnit maydon kuchlanganligini o’lchashda foydalaniladi. Hozirgi davrda 
shishasimon va suyuq yarim o’tkazgichlar o’rganilmoqda. Oddiy yarim 
o’tkazgichlarning (4.1-jadval) texnikada keng qo’llaniladiganlariga kremniy, 
germaniy va selen kiradi. Murakkab yarim o’tkazgichlar Mendeleyev davriy 
jadvalidagi turli guruh elementlari birikmasidan, masalan, A
IV 
B
IV
formulali (SiC), 
A
III
B
V
(JnSb, CaAs, CaP), A
II
B
VI 
(CdS, ZnSe) elementlar birikmasidan
shuningdek, ba’zi oksidlar (Cu
2
O) dan iborat. Yarim o’tkazgichli 
kompozitsiyalarga (tirit, silit), sopol bilan birikkan kremniy karbid (SiC) va grafitli 
yarim o’tkazgichlar misol bo’la oladi. 
Yarim o’tkazgich ishlatilgan asbob-uskunalar xizmat muddatining yuqoriligi, 
hajmi va og’irligining nisbatan kichikligi, oddiy va ishonchli ishlashi, iqtisodiy 
samaradorligi va boshqa sifatlari bilan ajralib turadi.
134
4.1-jadval 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə