Elektrotexnika materiallari


O’tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo’lgan materiallar



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107
elektrotexnika materiallari.

O’tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo’lgan materiallar 
Ko’rsatkich 
Mis 
Alyuminiy 
QM 
YuM 
QA 
YuA 





Cho’zilishdagi 
mustahkamligi, 
MPa 
250-500 
200-280 
160/170 
80 
Nisbiy uzayishi, 

0,5-2,5 
18-35 
0,5-20 
10-25 
Solishtirma 
qarshiligi 
mkOm


0,0179-
0,0182 
0,01754 
0,0283 
0,0280 
Statik 
qayishqoqlik 
moduli, GPa 
122-132 
177 
72 
66 
128
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 352-bet. 


178 
Jez
– mis bilan ruhning birikishidan hosil bo’lgan qotishma.Bunday 
materialni shtampovkalash ancha qulaydir (3.14-rasm). Jezning ba’zi maxsus 
turlariga qirqish usuli bilan ishlov beriladi.Jezning turiga qarab undagi ruh miqdori 
10

40% atrofida bo’ladi. Jezning solishtirma qarshiligi sof misnikidan yuqori 
bo’lib, bu qiymat 0,04

0,35 mkOm

m ni tashkil etadi.
129
3.14-rasm. Jezning harorat va bosimga bog’liqligi 
Bronza asosan mis bilan qalay birikmasidan tashkil topgan qotishma bo’lib, 
o’tkazuvchi prujina tayyorlash maqsadida uning maxsus fosforli (0,05

0,1% P, 3-
7% Sn, 2,5% Al, 2% Zn) va boshqa turlari qo’llaniladi. Bronzaning mexanik 
mustahkamligi 

r
=800

1200 MPa ga yaqin bo’lib, bu qiymat qattiq misning 
qiymatidan ikki barobar yuqoridir. Berilliyli bronza (2,25% Be) nisbatan 
egiluvchan bo’lib, uning 


qiymati 1350 MPa gacha ko’tariladi. Bronzaning 
aksariyat turlarida 

=0,03

0,22 mkOm

m bo’ladi. Kadmiyli bronzaning (0,9

1,0% 
Cd) solishtirma qarshiligi 0,019

0,21 mkOm

m, cho’zilishdagi mustahkamligi 
650

700 MPa bo’lib, uning yedirilishga chidamliligi nisbatan yuqoridir. Mazkur 
turdagi bronza elektr tortgich simlari va ko’tarma kranlar uchun mo’ljallangan 
simlarni tayyorlashda ishlatiladi. 
129
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 93-bet. 


179 
Alyuminiy
o’zining elektr o’tkazuvchanlik xususiyati jihatidan misdan keyingi 
o’rinda turadigan o’tkazuvchi materialdir.Qattiq alyuminiyning mexanik 
mustahkamligi yumshoq alyuminiyga 2 barobar ortiq, solishtirma qarshiligi esa 
60% yuqoridir.Mis bilan bir xil o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi uchun alyuminiy 
simining ko’ndalang kesim yuzasini 60% oshirish talab qilinadi. Bu esa alyuminiy 
ishlatilgan elektr mashina va jihozlarning hajmi va tannarxi nisbatan katta 
bo’lishiga olib keladi (3.15-rasm). 
3.15-rasm. Alyuminiyning harorat va bosimga bog’liqligi 
Havo orqali elektr uzatgichlarda alyumin-po’lat simlari keng miqyosda 
qo’llaniladi. Bunday simning o’zagi bir-biriga o’ralgan po’lat simlardan iborat 
bo’lib, uning ustidan esa alyuminiy simlari o’raladi. Mazkur simlarda mexanik 
kuchlanish po’lat, elektr kuchlanishi esa alyuminiy materiallari zimmasiga tushadi. 
Qog’ozli va pardali kondensator tayyorlashda izolyatsiya qatlamlari orasida 5-10 
mkm qalinlikka ega yupqa alyuminiy zarvaraqlari ishlatiladi. Sof alyuminiydan 
(tarkibidagi alyuminiy (99,95

99,99%) tayyorlangan zarvaraq elektrolitik 
kondensatorlarda ishlatilib, izolyatsiya materiali sifatida esa mazkur zarvaraqlar 


180 
sirtiga alyuminiy oksidi yuritiladi. Bunday izolyatsiya qatlaminin gqalinligi 
o’zining juda ham kichik qiymati bilan ajralib turadi.
130
Alyuminiy tarkibiga ba’zi boshqa elementlar kiritilishi orqali nisbatan yuqori 
mexanik mustahkamlikka ega va o’tkazuvchanligi deyarli o’zgarmagan (

0,03-
0,032 mkOm

m) metall olish mumkin. Bunga misol qilib aldrey (0,5

0,7% 
Mg

0,5

0,6% 
Si
, 0,3% 
Fe
, qolgani
Al
) materialini keltirish mumkin. 
Temir o’tkazuvchi material sifatida narxi arzonligi va yuqori mexanik 
mustahkamligi bilan ajralib turadi. 
Xatto sof temirning ham solishtirma qarshiligi mis va alyuminiyga nisbatan 
ancha yuqori (

=0,1 mkOm

m) bo’lib, mazkur qarshilik o’zgaruvchan tok ta’sirida 
yanada ortadi. Temir (po’lat) simlarning asosiy kamchiligi korroziyaga bo’lgan 
chidamsizligidir.Shu sababli, bunday simlar sirti himoya qoplamasi (ruh pardasi) 
bilan qoplanadi. Sof temirning mexanik mustahkamligi nisbatan past bo’lganligi 
uchun, aloqa va elektr uzatkichlarda (qishloq sharoitida) tarkibida 0,1-0,35% 
uglerod, cho’zilishdagi mustahkamligi 700

750 MPa bo’lgan yumshoq po’lat 
ishlatiladi. Bunday po’lat, asosan, kichik quvvatli havo elektr uzatkichlarning 
simlari sifatida ishlatiladi. Po’latdan o’tkazuvchi material sifatida tramvay va 
elektrlashtirilgan temir yo’l (metro)da rels ko’rinishida foydalaniladi. 
O’tkazuvchan bimetall (qo’shmetall) – sirtiga bir tekis qilib mis qoplangan 
po’lat simdir. Bunday sim tarkibidagi mis miqdori 44-45% bo’lib, simning 
solishtirma qarshiligi 0,03

0,04 mkOm ga teng. Bimetall simlarning tashqi 
diametri 1

4 mm, 

r
ning o’rtacha qiymati (simning butun kesimi bo’yicha) 
550

700 MPa, 
i
=

l /l 

21% bo’ladi. Bir kilometr uzunlikdagi bunday simning 
diametriga nisbatan qarshiligi (normal sharoitda va o’zgarmas tokda) 60 Om/km ni 
(d=1 mm bo’lganda) va 4 Om/km (d=4mm bo’lganda) ni tashkil etadi. Bunday 
simlar elektr va aloqa liniyalarida ishlatiladi. 
130
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 158-bet 


181 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə