Emotsional barqarorlikni oshirish muloqot madaniyati



Yüklə 40,06 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü40,06 Kb.
#138451
1   2
Emotsional barqarorlikni oshirish muloqot madaniyati

intim hudud (oralig'i 15—45 sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muhiti, past ovoz, taktil aloqa. Intim hududga begonalarning kirishi organizmda muayyan fiziologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi (yurak urishi tezlashadi, adrenalin ajralishi ko'payadi). Shaxsiy hudud (45—120 sm) da tanishlar hamkasblar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo'lishi. Ijtimoiy hudud (120 -400 sm) da begona kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega bo'lishi, suhbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi. Ommaviy hudud (400 sm va undan ortiqroq) da kishilarning katta guruhi bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning yo'qligi, noverbal signallar rolining ortishi.

  • Vizual kontakt ko'zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan iborat. Psixologik tajribalardan ma'lum bo'lishicha, suhbatdoshlar bir-birining ko'zlariga tikilishi bilan o'zidagi yoqtirish, sadoqat yoki aksincha, (agressiv) tajovuzkor reaksiyalarga tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suhbat davomida kishilar ko'zlar to'qnashuvidan o'zlarini saqlaydilar. Ayollar erkaklarga nisbatan vizual kontaktga ko'proq moyildirlar. Odamning emotsional holati ta'sirida ko'z qorachig'i kengligi o'zgaradi. Salbiy emotsiyalar ta'sirida qorachiq torayadi, ijobiy emotsiyalar ta'sirida esa kengayadi.

    Mutaxassislar maslahatiga ko'ra, ijobiy va ishonchli munosabat o'rnatish uchun suhbatdoshlar vizual kontakti butun muloqot vaqtining 60—70%ini egallashi kerak. Odam samimiy bo'lmasa yoki uyalayotgan bo'lsa vizual aloqa butun muloqot vaqtining 1/3 qismini egallaydi. Agar vizual kontakt butun muloqot vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu holat odamga nisbatan qiziqish kuchlihgini (bunda ko'z qorachig'i kengayadi) yoki salbiy munosabat kuchliligini ko'rsatadi (bunda ko'z qorachig'i torayadi). Ammo vizual aloqada milliy xususiyatlarni inobatga olish kerak. Janubiy Yevropa xalqlarida suhbatdosh ko'zlariga uzoqroq tikilish odatiy holat. Ba'zilarga bu haqorot bo'lib tuyulishi mumkin. Yaponlar yuzga nisbatan bo'yinga ko'proq qaraydilar. Vizual kontakt 10 soniyadan ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suhbatdoshlarning yuzma-yuz emas, ma'lum burchak ostida (90 gradus) bir-biriga yuzlanishidan iborat. Bunday joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi va harakatlarning erkin bo'lishini ta'minlaydi. Demak, noverbal muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan foydalaniladi. Ulardan foydalanish ko'pincha ongsiz ravishda amalga oshadi.
    Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat qilgan holda o'zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin bo'lib kelgan. Bu hoi subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Muayyan yoshda bola aniq-ravshan nutqni egallay boshlaydi, bir yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo'ladi. Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «o — pa», «bu — vi» kabi ohangdosh so'zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret shaxslarga — ona — ota — buviga bogiaydilar va bolaga ana shu ohangdosh so'zlarning uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog'lanishi qaror topishiga («bu sening buving») yordamlashadilar. Bola so'zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga — e'tiborga, erkalatilishga, o'yinchoq kabilarga erishishga intiladi. So'z aloqa vositasiga aylanadi. Qo'llanadigan so'zlar soni to'xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so'z boyligi kengayib, ularning grammatik shakllarini to'g'ri ishlatishi ham mumkin bo'lib qoladi. Jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo'lgan yillar davomida muttasil boyib boradi.
    Maktabda o'qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o'qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o'quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta'siriga bo'ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo'ladi.
    Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o'quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli katta. Bu o'rinda ham o'qituvchining erkin hamda aniq-ravshan nutqi o'quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati — o'qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o'ziga xos tazrda shakllanib, takomillashib boradi.
    Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyat ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu hoi quruq safsatabozlikning, ya'ni fatik muloqotning, kommunikatsiya vositalarining birgina muloqot jarayonining o'zini hosil qilishdan iborat yagona maqsad yo'lida tuturuqsizlik bilan foydala-nilishini istisno etmaydi.
    Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o'z oldiga boshqalarga ta'sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo'yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o'zaro ta'sir sifatida namoyon bo'ladi, ya'ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo'luvchi aloqa va o'zaro ta'sirlar yig'indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro'y beradi. Jamiyat ijtimoiy me'yorlar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy norma (me'yor)lar ko'lami nihoyatda keng — mehnat intizomi, harbiy burch, vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning «repertuar»iga mos holda namoyon bo'ladi.
    Psixologiyada «rol» deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma'qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o'qituvchi va o'quvchi, shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo'lishi mumkin.) O'z navbatida har bir rol o'ziga mos talablarga javob berishi kerak.
    Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo'lsa vrach ko'rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi, mehmondo'st oila boshlig'i bo'ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o'zaro munosabati rolli kutishlar bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo'qmi atrofdagilar undan ma'lum namunaga mos keluvchi xulq-atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-ko'pmi cheklashlar qilinadi.
    Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o'zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bo'ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq bo'lishlari kerak. Bu rollar ehtimoliga mos bo'lib tushadi va ijtimoiy jihatdan ma'qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning mehribonligi haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga nisbatan qattiqqo'l, talabchan bo'lishi lozim. Shunday qilib, o'zaro birgalikda harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
    Pedagog kommunikativ madaniyatga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:

    • bolani sabr-toqat bilan tinglash madaniyati;

    • unga qiziqarli bo'lmasa ham bolani diqqat bilan tinglash;

    —bola zerikayotganligini sezib, mavzuni boshqa qiziqarli tomonga burib yuborish;
    —suhbatlashishdan avval bolaning kayfryatini ko'tarishga harakat qilish;
    —bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o'zlashtirishni ta'minlash.
    O'qituvchi o'zi uchun boshqalar bilan bo'ladigan muloqotning yaxlit portretini tuzib olishi kerak. Bu auditoriya bilan bo'ladigan munosabatlarni tashkil qilishiga yordam beradi. Pedagogik muloqot — o'quv jarayonining muhim qismi hisoblanadi.
    Yüklə 40,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə