Hazrat sohibqiron Ozarbayjon sori mutavajjux bulg’oni
Ul mahalda xazratga arz qildilarkim, Sulton Axmad Jaloyir cherik
yig’ishturub Bag’doddin Tabrizga kelib turur. Hazrat sohibqiron o’g’ruqni
cherik bila Shayx Ali Bahodurga tobshurub, saodat bila otlanib, bahodur
yigitlari bila ilg’or solib, Tabrizga mutavajjih bo’ldi. Sulton Ahmad hazrat
sohibkirondin habar topib, pashsha kibikim, yel qatida turolmag’ay,
Tabrizdin qochib, Bag’dodqa bordi. Sohibqiron aiing qochqonin bilib, Hoji
Sayfuddinbek bila bir jamoat yigitlarni qo’shub, keyinida yibardi va alar
Sulton Ahmad keyinig’a surub yettilar. Sulton Ahmad ko’rdikim, g’anim
keynida yetti, bo’lg’on partolini ot va teva va xachirlarig’a solib, otu qamchin
bila o’z boshin olib ketti. Zafarpanoh cheriki ul mol va partolini olg’ondin
so’ng yana keynida tushub yuridilar. Shayx Ali Bahodurnung o’g’li Ilyos
Xoja oz kishi bila Naxchivondin o’tub, Namakzor mavze’ida Sulton
Ahmadqa yetti. Va aning bila ko’b kishi erdi qaytib, Ilyos Xoja bila urushti
va asru qattiq urushub, ko’b kishi anda zaxmliq bo’ldilar. Va Ilyos Xojaga
zaxmi tegdikim, qulog’i eshitmas bo’ldi. Bu sababdin Sulton Axmad qutulub,
ul ma’rakadin jonin olib chiqdi. Va Ilyos Xoja ul zaxmdin ko’b jafo tortib,
oxirulamr sihhat tobti
21
.
Dostları ilə paylaş: |