Энциклопедия 9-том


Sohibqiron Maxmud Sultonkim, Hinduston viloyatining podshosi erdi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Sohibqiron Maxmud Sultonkim, Hinduston viloyatining podshosi erdi, 

urushqoni zikri 

 

Sohibqironi  dinparvar  himmat  yuzini  Hinduston  sori  qo’yub,  har 

yergakim  yetti,  fath  qildi,  nechukkim  yuqori  zikr  qilduq.  Rabi’  al-oxir 

oyining yettisida (17.12.1398) saodat va iqbol bila otlanib, o’ng qo’l va so’l 

qo’ldagi shahzodalar va beklar barcha otlanib, yasol tortib, yer yuzini cherik 

tutub, dushmang’a tavajjuh qilib yuridilar

23



Dushman soridin taqi Sulton Mahmudkim, Feruzshohning nabirasi erdi, 



Malluxon, Tag’ayxon va amir Ali hind sardorlari bila o’n ming otliq va qirq 

ming yayog’ bila barcha mukammal, musallah shahardin chiqib yasol tortib 

turdilar. Va alarning e’timodlari (yuz yigirmi) fillari bila erdi. 

Va pillarni jayba kiydurub orosta qildilar. /Pillar ustida taxtlar qo’yub, 

ustida  besh-olti  tovak  va  taxish  otquchilar  turub  erdilar.  Va  ra’d  otquchilar 

pillarning  yonlarida  turub  erdilar.  Agarchi  bu  sipoh  sohibqironning  cheriki 

qoshida  hech  nima  ko’runmas  erdi.  Ammo  pilning  salobatidin  ba’zi 

ko’ngulsiz  kishilar  qo’rqub  edilar.  Fozillar  va  donishmandlarkim,  doim 

hazrat  qoshida  mulozimatda  erdilar,  misli  Xoja  Fazl  va  shayxulislom  Sa’d 

Jalol  al-Haqq  va-d-din  Kashshiy  va  Mavlono  Abduljabbor  va  Mavlono 

Nu’moniddin Xorazmiy, bas, sohibqiron bulardin shafqat yuzidin so’rdikim: 

«Sizlar  qayda  turarsizlar?»  Alar  pil  vahmidin  dedilarkim:  «Andakim, 

xotunlarni turg’uzursiz!» Sohibqiron bildikim, bular qurqubturlar. 

1399-1404-yillardagi  yetti  yillik  urush  eng  shiddatli  va  eng  yirik 

janglardan  bo’lib,  uning  oqibatida  Baalbek,  Damashq  (Damashq)  kabi  ilk 

shaharlari  va  Iroq  Mabning  Ubmiston  o’lkasi  bilan  Bag’dod,  shuningdek 

To’rtayan  bittagina  qismi  firth  etadi.  Natijada  ikki  buyuk  sarkarda  Amir 

Temur  bilan  sulton  Boyazid  Yildirimlarning  to’qnashuvi  muqarrar  bo’lib 

qoladi.  Chunki  tobora  kuchayib  borayotgan  bu  ikki  turkiy  davlatlarning  har 

                                                 

23

 O’sha joyda. 




 

45 


biri  ikkinchisi  uchun  nihoyatda  kuchli  raqibga  aylangan  edi.  Bir  tomondan, 

Yevropa  ritsarlariga  qaqshatqich  zarba  berib,  Bolqon  yarim  oroli  bo’ylab, 

g’arbga  tomon  o’z  hududlarini  kengaytirayotgan  Usmonlilar  davlati  uchun 

Amir  Temurning  markazlashgan  kuchli  davlatini  qaror  topishi  qanchalik 

xavfli tuyulsa, Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar havlatining 

kuchayishidan  Amir  Temur  ham  shunchalik  manfaatdor  emas  edi.  Amir 

Temur hayot-mamot yo’lida Boyazid Yildirim bilan bo’ladigan jangga qariyb 

ikki  yildan  ortiq  tayyorlanadi.  Nihoyat  Rumga  yuzlanib,  avval  Qamoh 

qal’asini fath etadi, so’ngra Anqara shahrini qamalga oladi. 

Amir  Temur    bilan  Sulton  Boyazid  qo’shinlari  o’rtasidagi  so’nggi  va 

hal qiluvchi jang 1402-yil 20 iyulda Anqara yaqinida Chibukobod mavzeida 

sodir bo’ladi. Bu jang tarixda ―Anqara jangi‖ nomi bilan shuhrat topadi. Uch 

kun  davom  etgan  bu  jangda  har  ikki  tomondan  hammasi  bo’lib  360  ming 

nafar,  shu  jumladan  Amir  Temurning  taxminan  200  ming,  usmonlilar 

sultonining  160  ming  askari  qatnashadi.  Janggohning  qulay  qismiga 

joylashtirilgan  Sohibqiron  qo’shini  o’zining  an’anaviy  jangovar  tartibi  - 

yasolda  harakat  qiladi.  Qo’shinning  qirq  qismdan  iborat  markaz  —  qo’liga 

Amir  Temur  bevosita  o’zi  qo’mondonlik  qiladi.  Uning  o’ng  qanotiga  o’g’li   

Mironshoh  Mirzo,    nabiralari  Muhammad  Sulton,  Pirmuhammad,  Amir 

Shayx Nuriddinlar, so’l qanotiga kenja o’g’li Shohruh Mirzo, nabiralari Xalil 

Sulton, Rustam Bahodir, Amir Sulaymonshoh   va Amir Shohmaliklar 

rahbarlik  qiladilar.  Qo’shin  markazi  manglayida  uchiga  yarim  oy 

shaklidagi  oltin  tug’ro  o’rnatilib,  to’riq  ot  yoli  osilgan  zangori  davlat  alami 

— bayrog’i muttasil hilpillab turardi. 30 ta jangovar fil jangga shay qilinib, 

ular  ustida  sovut  va  dubulg’a  kiygan  filbonlar  bilan  tirandoz  va  otashboz 

naftandozlar  joylashgan  edi.  Markaz  va  qanotlar  ortida  Iskandar  Mirzo 

boshliq  zaxiradagi  qismlar  o’rin  olib,  ular  jang  holatini  muttasil  kuzatgan 

holda dushmanga to’satdan beriladigan hal qiluvchi zarbaga tayyor turardi. 




 

46 


Amir  Temur  qo’shini  qarshisida  Sulton  Boyazidning  Rum  va  Farang 

mamlakatlaridan  to’plagan  askarlari  saf  tortib  turardi.  O’ng  qanotga 

sultonning  qaynisi  serb  knyazi  Lazarevich  qo’mondonlik  qiladi.  Bu  qo’shin 

20 ming nafarli serb polklaridan tashqil topgan edi. Rum askarlaridan iborat 

qo’shinning  so’l  qanotini  Boyazidning  katta  o’g’li  Sulaymon  Chalabiy 

boshqaradi.  Bu  qanot  turk  suvoriylari  bilan  kuchaytirilgan  edi.  Qo’shin 

markazida Boyazidning o’zi va uning orqasi  — arergardida o’g’illari Musa, 

Iso  va  Mustafolarning  harbiy  qismlari  joylashgan  Anqara  jangi  Mironshoh 

Mirzoning  dushmanning  so’l  qanotiga  bergan  kuchli  zarbasi  bilan 

boshlanadi.  Biroq  rumliklar  matonat  bilan  qarshilik  ko’rsatadilar.  Jang-u 

jadal  shiddat  olib  turgan  pallada  Boyazid  askarlarining  bir  qismi  hujumga 

bardosh  bera  olmay,  jang  maydonini  tark  etib  qochadi.  Dushman  qo’shini 

saflarida  paydo  bo’lgan  sarosimalikni  payqagan  Amir  Temur  barcha 

amirzodalar,  umarolar  va  no’yonlarning  birgalikda  dushmanga  hujum 

qilishiga  amr  qiladi.  Uzoq  davom  etgan  shiddatli  jangda  Sohibqiron 

kuchlarining  siquviga  bardoshi  qolmagan  sulton  askarlari  chekinishga    

majbur        bo’ladilar.        Boyazid  qo’mondonligidagi  jangchilar  qattiq  turib 

qarshilik  ko’rsatadilar.  Turk  yanicho’rlarining  birontasi  ham  qolmaydi, 

barchasi  qirib  tashlanadi.  Suyurg’atmishxonning  o’g’li  Mahmudxon 

Boyazidni  asirga  oladi.  Uning  bilan  birga  o’g’li  Musa  Chalabiy  ham  asirga 

tushadi.  Amir  Temur  rurnlik  askarlarni  ta’qib  etib  Anado  ’lu  yarim  orolini 

egallaydi,  O’rta  Yer  dengizining  sharqiy  sohilida  joylashgan  Izmir  shahrini 

zabt  etadi  va  salibchilarning  Yaqin  Sharqdagi  oxirgi  qarorgohiga  barham 

beradi. Amir Temurga   Misr ham o’z itoatkorligini izhor etadi. Amir Temur  

Bursada—Vizantiya  va  butun  nasoro  olamidan  Boyazidga  yig’ib  berilgan 

bojlardan  to’plangan  katta  o’ljani  qo’lga  kiritadi.  Birgina  Bursa  shahridan 

olingan oltin va javohirlar kattagina karvonga yuk bo’lar edi

24



                                                 

24

 



Amir  Temur  va  uning  dunyo  tarixidagi  o’rni.  (Buyuk  sohibqiron  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligiga 


 

47 


Boyazid Yildirim qo’lga tushirilib, o’rdugohga (lager) olib kelinganda, 

o’z g’animiga shohona hurmat va ehtirom ko’rsatgan Sohibqiron turk sultoni 

vafotidan so’ng (1403-y. 9-mart) uning vorislariga himmat ko’zi bilan boqadi 

va  ularga  beqiyos  muruvvatlar  qiladi.  Uning  o’g’illari  Sulaymon,  Iso  va 

Musalarga  otasini  yerlarini  suyurg’ol  qilib,  in’om  qiladi.  Amir  Temur 

Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida emas edi. Vaholanki 

salib  yurishlarining  oqibatlari,      Yevropa  davlatlalining  Yaqin  Sharq 

mamlakatlaridagi  umidlari  hali  musulmon  olami  yodidan  ko’tarilmagan  edi. 

Shuning  uchun ham  Amir  Temur  Usmonli  torklari  davlatini  saqlab  qoldi  va 

Boyazid  vorislariga  muruvvat  qo’lini  cho’zdi.  Shunday  bo’lsa-da,  Boyazid 

ustidan  qozonilgan  buyuk  g’alaba  bilan  Amir  Temurni  Fransiya  qiroli  Karl 

VI  (1380-1422),  Angliya  qiroli  Genrix    IV  (1399-1413) hamda  Kastiliya  va 

Leon  qiroli  Genrix  III  (1390-1407)  tabriklab,  unga  o’z  muborak  nomalarini 

yuboradilar.  Chunki  Sohibqiron  endigina  uyg’onayotgan  Yevropaga  o’lkan 

xavf  solib  turgan  Usmonli  turklar  davlatiga  zaiba  berib,  butun  Yevropaning 

xaloskoriga aylangan edi. 

Kichik  Osiyodan Samarqandga  qaytgan  Amir  Temur  1404-yilning 27-

noyabrida  200  ming  qo’shin  bilan  Samarqanddan  Xitoy  safariga  chiqdi. 

Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to’satdan vafot etib qolishi (1405-

y. 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. 

Amir  Temur  35  yil  davomida  mamlakatni  boshqardi.  Ko’pdan-ko’p 

harbiy  yurishlar  va  jang-u  jadallarni  amalga  oshirdi.  Ko’p  mamlakatlar  zabt 

etildi.  Oqibatda  Hindiston  hamda  Xitoydan  Qora  dengizga  qadar  va  Orol 

dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan 

o’lkan  saltanatni  vujudga  keltirdi.  Bundan  tashqari,  Kichik  Osiyo,  Suriya, 

Misr  va  Quyi  Volga,  Don  bo’ylari,  Balxash  ko’li  va  Ila  daryosi,  Shimoliy 

Hindistongacha 

bo’lgan 


mamlakatlarni 

o’ziga 


bo’ysundirdi. 

Bu 


                                                                                                                                                             

bag’ishlangan  xalq ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari bayoni). S., 1996. 

 



 

48 


mamlakatlardan Amir Temur katta o’ljalar bilan bir qatorda ko’zga ko’ringan 

olimlar,  hunarmandlar  va  mohir  ustalami  Samarqand,  Shahrisabz  va 

Buxorog’a  ko’chirib  olib  keldi.  Bu  shahar  va  qishloqlar  obod  qilindi.  U 

nafaqat  Movarounnahr  va  Turkistonni  obod  qildi,  balki  bo’ysundirilgan 

mamlakatlarning  shaharlarini  ham  qayta  qurdirdi.  Bag’dod,  Darband  va 

Baylakon  shaharlarini  qayta  tikladi.  Karvon  yo’llarida  rabotlar,  qal’alar, 

ko’priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog’-u bo’stonlar barpo 

etdi.  Eng  muhimi  Eron,  Ozarbayjon  va  Iroqdagi  feodal  tarqoqlik  va 

boshboshdoqlikka  barhaffl  berib,  Sharq  bilan  G’arbni  bog’lovchi  qadimiy 

karvon  yo’llarini  tikladi.  Bu  bilan  nafaqat  Movarounnahr,  balki  Uzoq  va 

Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga xalqltf va 

mamlakatlarni  bir-biri  bilan  yaqinlashtirishga  o’lkan  hissa  qo’shdi.  Amir 

Temur  Yevropaning  Fransiya,  Angliya  va  Kastiliya  kabi  yirik  qirolliklari 

bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o’rnatdi. 

Amir  Temurning  harbiy  yurishlari,  jang-u  jadallarining  oqibatlariga 

baho berilar ekan, shuni ta’kidlash kerakki, uning faoliyati qo’yilgan maqsad 

va  rejalari  jihatidan  ikki  bosqich  hisoblanadi.  Birinchi  bosqich  (1360-1386) 

da  Amir  Temur  Movarounnahrda  markazlashgan  davlat  to’zish  yo’lida 

ko’rashdi.  Amir  Temurning  bu  davrdagi  faoliyati  O’rta  Osiyo  xalqlarining 

ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayoti  taraqqiyoti  yo’lida  shubhasiz  o’lkan 

ijobiy ahamiyat kasb etdi. 

Feodal  tarqoqlik  tugatilib,  markazlashgan  davlatning  tashqil  topishi 

ijobiy  oqibatlarga  olib  keldi.  Mamlakat  ishlab  chiqarish  kuchlarini  va 

mo’ng’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’xronga uchragan 

iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo’jalikning 

asosi bo’lgan sug’orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro’y berdi. Yangi-

yangi  kanallar  qazilib,  sug’orma  dehqonchilik  maydonlari  kengaydi. 



 

49 


Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq 

topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi

25



Amir  Temur  faoliyatining  ikkinchi  bosqichi  (1386—1405)  da  olib 



borilgan  «uch  yillik»,  «besh  yillik»  va  «yetti  yillik»  harbiy  yurishlarni 

amalga  oshirib,  Oltin  O’rda,  Eron,  Iroq,  Kavkazda  Kichik  Osiyo,  Misr  va 

Hindistonni zabt etdi. Amir Temurning harbiy faoliyati teranroq talqin etilib, 

unga  baho  beriladigan  bo’lsa,  shuni  ta’kidlash  joizki,  u  avvalo  Osiyo 

sarkardasi edi. U o’zining g’olib askarlari va qurollaridan o’z zamonasining 

taomili bo’yicha foydalandi. To’g’ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko’pincha 

adolatli  bo’lgan.  Xullas,  Sohibqiron  o’rta  asrlarda  shakllanib  rivoj  topgan 

feodal  jamiyatining  murakkab  siymosi  edi.  U  yuksak  harbiy  daholik  va 

qat’iyatlik  bilan  o’z  jamiyatiga  sidqidildan  xizmat  qildi.  Shu  boisdan 

tarixchilar  Amir  Temurni  Iskandar  Zulqarnayn  (makedoniyalik  Iskandar), 

Qaysar  (Yuliy  Sezar)  va  boshqa  tarixiy  daholarga  qiyos  qilib,  ular  bilan  bir 

safga qo’yadilar. 

                                                 

25

 A.Muxammadjonov. O’zbekiston tarixi. T., ―O’qituvchi‖, 1994, 79-bet. 




 

50 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə