Энциклопедия 9-том


Hazrat sohibqiron Jeta sori yana cherik yibargoni



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

Hazrat sohibqiron Jeta sori yana cherik yibargoni 

Hazrat  sohibsiron  o’shul  yilda  (1390)  Sulaymonshohbek  bila 

Xudoydodi Xusayniy va Shamsuddin Abbos va (uning) inisi amir Usmon va 

qo’shun  beklaridin  Siddiq  Tobon  va  Sulton  Sanjar  —  Hoji  Sayfuddinbek 

o’g’li va Hasan Jondor va Tilak Qavchin va Iyd Xoja va Nusrat Qimoriy va 

To’kal  Bavurchini  yigirmi  ming  kishi  bilan  Jeta  sori  yibardi.  Alar  Sayhun 

suyidin  kechib,  Toshkanddin  o’tub,  Issi  Ko’lg’a  yettilar.  Va  amirzoda 

Umarshayx taqi amir Malash Apardiy va buning o’g’li Takash va otasi Sadr 

Turkmonni besh ming kishi bilan yibardi. Alar Andigondin kelib, bu beklarga 

qo’shuldilar  pa  Ko’kto’bag’a  yetib,  necha  kun  anda  tavaqquf  qildilar.  Va 

a’dolarning  ahvolini  surushturub,  otlarining  izin  topib,  Archatav  tog’ining 

yo’lidin  yurub,  harkim  dushmandin  uchradi,  o’ldurdilar  va  bu  tariq  bila 

yozida yurur erdilar. Bas Almalig’din o’tub, Ila suyidin kechib, Qaro Tolg’a 

yettilar, Xojibek Jeta va Anka To’raning yurti erdi. Anda xabar toptilarkim, 

Elchi  Bug’a  Majalkachi  to’rt  yuz  kishi  bilan  ilgari  borib  erdikim, 

dushmanlardin  xabar  tobqaylar,  yulda  ov  solib,  ovg’a  mashg’ul 

ermishlarkim,  Qamariddin  Jetag’a  uchrab  tururlar.  Qattig’  urush  etib,  ikki 

tarafdin  ko’b  kishi  talaf  bo’lub  turur.  Va  xabarning  tahqiqi  uchun  Hasan 

Jondor  va  Malash  va  Takashni  yibardilar.  Bular  yurub,  ul  yerdakim,  urush 

voqi’  bo’lub  erdi,  yettilar  va  o’lgonlarii  ko’rub,  tafaxxus  etib,  o’luklarning 

ichida  bir  zaxmliq  kishini  tobtilarkim,  hanuz  tirik  erdi.  Va  qirq  kun 



 

35 


ermishkim,  o’t  bilan  kun  kechurgon  ermish.  Ani  taom  va  osh-suv  berib, 

beklar  qoshig’a  kelturdilar

18



Va  andin  ahvol  so’rub,  dedikim: 



«Qamaridding’a  uchrab  urushtuk  va  ko’b  kishi  ham  bizdin  va  ham  alardin 

o’ldi va bizning kishi qochti. Qamariddin Ichin Yuvsin cahrog’a kirib bordi». 

Beklar  bu  so’zni  eshitib,  tavaqquf  qilmay  Qamariddiniing  keynida  tushub, 

Ichin  Yuvsindin  o’tub,  O’gar  Kechtig’a  yettilar.  O’g’ruqni  anda  qo’yub, 

ilg’or  solib,  Irtish  suyig’a  yettilar.  Va  Qamariddin  suvdin  kechib, 

To’lasqakim,  sammur  va  qoqum  anda  bo’lur,  bordi.  Beklar  suvg’a  yetib, 

sollar va amdlarkim, Qamariddin kishisi suvdin o’tkan turur, (ko’rdilar). Pek 

yaxshi  bahodur  yigitlarini  suvdin  nari  o’tkarib,  andag’i  (sanavbari  oliy) 

yag’ochlarda tamg’alarini torttilar.  

Amir Temur tomonidan Oltin O’rda va Mo’g’ulistondagi jeta ulusining 

mag’lubiyatga  uchratilishi  bevosita  Movaronnuharning  tashqi  dushmanlar 

xujumidan  xalos  qildi.  Amir  Temur  Oltin  Urdaga  zarba  berib,  uni 

kuchsizlantirishga  jiddiy  harakat  qiladi.  Uning  ichki  ziddiyatlaridan  ustalik 

bilan  foydalanadi.  Lekin  u  Juji  ulusini  o’z  davlatiga  qo’shib  olish  niyatida 

emas  edi.  Fakat  Oltin  Urdaning  Movarounnahrga  tutashgan  sharqiy  qismini 

uz ta’siri ostidagi Horazm tasarrufiga olib berish hamda Saroy Berka orqali 

o’tadigan karvon yo’lini Movarounnahr tomon burib yuborishni kuzlaydi.  

Movarounnahr  mo’g’ullardan  ozod  qilinib,  bu  kadimiy  diyorda 

mustaqil  davlat  barpo  etilgan  bo’lsa-da,  mamlakatda  hali  barqaror  tinchlik 

o’rnatilgan  emas  edi.  Bir  tomondan,  ayrim  viloyat  amirlari  Amir  Temur 

hokimiyatini  tan  olishdan  bosh  tortib  turgan  bo’lsalar,  ikkinchi  tomondan, 

mamlakatning sharqay va shimoliy hududdari notinch edi. Mo’g’uliston bilan 

Ok.Urda Sharqay Fargona, Utror, Yasen (Turkiston) va Sayram shaharlariga 

xavf  solyb,  bu  hududlarga  tez-tez  xujum  k.ilar  va  axrlini  talon-toroj  kilardi. 

Щuning  uchun  ham  Amir  Temur  dastlabki  yillarda  mamlakat  sarxadlarida 

                                                 

18

 Sharofiddin Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖. T., ―Sharq‖, 1997, 176-bet. 




 

36 


xavfeizlikni  ta’minlashga  katta  ahamiyat  berdi,  isyonchi  amirlarga  karshi 

shafkatsiz ko’rash olib bordi. 1370 yilning ko’zi va 1371 yil bahorida Zinda 

Chashmga zarba berilib, Shiburg’on viloyati buysundirildi. Balx va Toshkent 

viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oladilar. 

Bu  orada  Amir  Temur  Mo’g’uliston  hokimi  Qamaruddin  bilan 

to’qnashadi.  Chunki  bu  davrda  uning  Movarounnahrga  bo’lgan  talonchilik 

xurujlari  kuchayib  ketgandi.  1370—1371  yillarda  u  Toshkent  va  Andijon 

ustiga  bir  necha  bor  bosqinlar  qilib,  qaytadi.  1376  yilda  esa  Qamaruddin 

xatto  Fargona  vodiysining  talaygina  qismini  bosib  oladi.  Mamlakatning 

shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan muttasil bo’lib turgan taxdidni bartaraf 

qilish  uchun  Amir  Temur  Qamaruddinga  zarba  berishga  kirishadi.  Yigirma 

yil  (1371—1390)  mobaynida  Sohbqiron  Mo’g’ulistonga  yetti  marta  yurish 

qilib, Qamaruddin va Ankatura ustidan g’alaba qozonadi. Shu zayilda Amir 

Temur  Movarounnahr  va  Xorazmda  hukm  surgan  tarqoqlik,  o’zaro  nizo  va 

Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yadi. 

Amir  Temur  zamonasining  buyuk  saltanatini  barpo  qilgan  bo’lsada, 

ammo  u  o’zini  bu  davlatning  «qonuniy»  xoni  deb  umrbod  e’lon  qilmadi. 

Chunki  u  nasl-nasabi  jihatidan  chingiziylar  sulolasiga  mansub  emas  edi. 

Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan an’anaga ko’ra Amir 

Temur  avval  o’z  huzurida  Suyurg’atmishni  (1370—1388),  uning  vafotidan 

keyin esa, Suyurg’atmishning o’g’li Sulton Mahmudni (1388—1402) rasmiy 

xon  qilib  ko’tarib,  xatto  umrining  oxirigacha  ularning  nomidan  yorliqlar 

chiqartiradi,  pullar  zarb  etgiradi.  Ammo  har  ikkala  bu  hukmdor  nomigagina 

«xon»  bo’lib,  davlatning  siyosiy  hayotiga  va  Temur  bergan  farmoyishlarga 

mutlaqo  aralashmasdilar.  Shunga  qaramasdan,  Temur  mamlakatda  o’zining 

bevosita  hukmronligiga  qonuniy  tus  berib,  uni  mustahkamlab  olish 

maqsadida  Amir  Xusaynning  tul  xotini  Saroymulkxonimga  uylanadi. 

Saroymulkxonim Movarouinahrning Chig’atoy xonadonidan chiqqan so’nggi 




 

37 


xoni  —  chingiziylar  avlodi  Qazonxonning  qizi  edi.  1370  yilda 

Saroymulkxonim  bilan  bo’lgan  nikoxi  tufayli  Temur  o’zining  amirlik 

darajasiga  «ko’ragon»,  ya’ni  «xonning  kuyovi»  unvonini  qo’shib  oladi  va 

rasmiy  xujjatlarda  «Amir  Temur  Ko’ragoniy»  nomi  bilan  yuritilishiga 

musharraf bo’ladi. 

Temurning  o’lkan  saltanati  shaklan  buyuk  va  qudratli  davlat  bo’lib 

ko’rinsa  ham  aslida  uning  iqtisodiy  negizi  zaif  edi.  Temur  bosib  olingan 

viloyatlarni  o’g’illari,  nabiralari  va  xizmat  ko’rsatgan  amirlarga  suyurg’ol 

tarzida  in’om  qilib,  ular  orqali  boshqardi.  Movarounnahrdan  tashqari  o’z 

tasarrufidagi  barcha  viloyat  va  mamlakatlarni  Temur  to’rt  ulusga  bo’ldi. 

To’ng’ich  o’g’li  Muhammad  Jahongirga  Balx  viloyati  bilan  12  ming 

navkarlik  qo’shin,  ikkinchi  o’g’li  Umarshayxga  Fors  viloyati  va  10  ming 

askar, uchinchi o’g’li Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston bilan 9 

ming  kishilik  qo’shinni,  kenja  o’g’li  Shoxruhga  Xuroson,  Jurjon, 

Mozandaron, Seiston bilan yetti ming askar berildi. Garchi uluslar markaziy 

hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus 

xukmdorlarining  alohida-alohida  davlat  devonxonasi,  qo’shini  bo’lib,  ular 

markaziy  hukumatga  tobeligi  xirojning  bir  qismini  Samarqandga  yuborib 

turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o’z qo’shini bilan qatnashish yoki 

talab qilingan askarni yuborib tafishdan iborat edi

19



Suyurg’ol Temur davlati tashqil etilishi arafasida joriy etilib, u «iqto» 



kabi  ma’lum  tuman  yoki  viloyatlarni  G’arbdagi  «feod»  yoki  «len»  tarzida 

oliy  hukmdor  avlodlari  va  xizmat  ko’rsatgan  yuqori  tabaqa  zodagonlariga 

in’om  tariqasida  berilgan.  Ba’zan  suyurg’ol  yerlari  hukumatning  farmoni 

bilan xatto avloddan-avlodga meros bo’lib ham o’tgan. Masalan, Temurning 

to’ng’ich o’g’li Jahongir vafotidan so’ng unga tegishli Balx viloyatiga Qobul, 

                                                 

19

 

Amir  Temur  va  uning  dunyo  tarixidagi  o’rni.  (Buyuk  sohibqiron  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligiga 



bag’ishlangan  xalq ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari bayoni). S., 1996. 

 



 

38 


Bazna va Qondahorni qo’shib, marxumning o’g’li Pirmuhammadga beriladi. 

Shuningdek, 

Temur 

Umarshayxning 



o’g’li 

Rustamga 

Isfaxonni, 

Mironshohning  o’g’li  Abubakrga  Bag’dodni  suyurg’ol  qiladi.  Mana  shu 

tarzda Movarounnahrdan tashqari, mamlakat bir qancha bo’laklarga bo’linib 

ketadi.  Viloyat  hokimlari  —  shaxzodalar  o’z  tasarrufidagi  uluslarda  doimo 

iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa, 

vaziyat  jiddiylashgan  paytlardagina  ularning  ichki  ishlariga  aralashar  edi. 

Shubhasiz,  suyurg’ol  asosida  qurilgan  ulus  tartibining  g’oyatda  kuchayishi 

oqibatida  ayrim  viloyatlarning  ma’lum  darajada  mavqeining  oshishiga  olib 

kelgan  va  ichki  nizolarni  keltirib  chiqargan.  Temur  hayotlik  chog’idayoq 

mamlakatning uzoq, o’lkalaridagina emas, xatto uning markaziy viloyatlarida 

ham  nizolar  va  urushlar  bo’lib  turgan.  Pekin,  katta  xukuk.  va  imtiyozlarga 

ega bo’lgan, kuchli qo’shinga tayangan buyuk xukmdor ayrim viloyatlarning 

bebosh  xokimla-ri  tomonidan  ko’tarilgan  isyonlarni  osongina  bostira  olardi. 

Shunday  qilib,  Temur  saltanati  viloyatlardagi  mahalliy  hukmronliklarning 

birlashmasi  bo’lib,  xakikiy  markazlashish  uchun  u  hali  yetarli  darajada  na 

iqtisodiy,  na  siyosiy  jihat-dan,  biz  uylaganimizdek,  mustahkam  poydevorga 

ega emas edi. 

Amir  Temur  davrida  davlatning  markaziy  ma’muriyati  boshida 

devonbegi,  uning  yonida  arkbegi  (marosimlarni  boshqaruvchi)  hamda  turt 

vazir  turgan.  Birinchi  vazir  yer  soliqlari,  chegara  bojini  undirish  hamda 

mirshablik  ishlarini  bajargan.  Ikkinchisi  askarlar  maoshi  va  ozik-ovkat 

ta’minotlari bilan shug’ullangan. Uchinchi vazir harbiylar, ularning lavozimu 

mansablarga  tayinlanish  va  meros  ishlariga  qaragan.  Turtinchisi  saroy 

harajatlarini boshqargan. Temur davlat to’zilishi sohasida katta o’zgarishlarni 

amalga  oshirmagan  bo’lsada,  har  holda  XIV  ayerning  birinchi  yarmida 

mo’g’ul  xoni  Kebek  hukmronlik  kilgan  davrda  joriy  etilgan  mamlakatning 

harbiy-ma’muriy  bo’linishini  saqlab  qoladi.  Ammo  davlatning  ma’muriy 



 

39 


idora  etish  tarkibining  takomiliga  suyurg’olning  keng  tark.alishi  to’sqinlik 

qiladi. 


Amir  Temur  ichki  va  tashqi  siyosatida  asosan  qo’shinga  suyanar  edi. 

Chunki,  u  harbiy  kuch  bilan  zarb  etilgan  mamlakatlarni  va  asosan 

viloyatlarda  yashovchi  xalqlarni  zo’rlik  bilan  tutib  turardi.  Shuning  uchun 

ham  u  harbiy  islohga,  ayniqsa,  qo’shin  boshliqlarini  tanlash  va  ularni 

tarbiyalash,  lashkariy  qismlar  va  ularning  joylashish  tartibi,  navkar 

sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta 

ahamiyat  berar  edi.  Shu  boisdan  Temur  manbalarda  zamonasining  mashhur 

sarkardasi  va  eng  yirik  lashkarboshisi  sifatida  tilga  olinadi.  Uning  harbiy 

iste’dodi,  sarkardalik  mahorati  qo’shinlarning  tuzilishida  hamda  Oltin  Urda 

xoni  Tuxtamish,  Dexli  sultoni  Mahmud  va  Turkiya  sultoni  Boyazidlar  bilan 

olib  borgan  janglarida  va  shiddatli  maxorabalar  maydonida  qo’llagan 

«savkuljaysh»  (strategiya)  va  jang  qilish  uslublari  «ta’biyatuljaysh» 

(taktikalari) da namoyon bo’lgan. 

Temur  qo’shini  o’ntalik  askariy  birikmalar  asosida  tuzilgan 

lashkarlardan  iborat  edi.  Lashkar  «tuman»  —  o’n  minglik,  «xazora»  — 

minglik,  «xushun»  —  yuzlik  va  «ayl»  o’nlik  birikmalariga  bo’lingan. 

Tumanlarda  askarlarning  soni  10  ming,  qo’shinda  100  ming  nafardan  ortiq 

bo’lgan.  Temur  o’n  minglik  lashkarni  boshqarish  uchun  «tuman  ogasi», 

minglik bo’linmalar uchun «mirixazora», yuzliklar uchun «xushunboshi» va 

o’nliklar uchun esa «aylboshi» kabi harbiy mansablarni ta’sis etadi. Ularning 

xaq-huquqlari,  oylik  maoshini  belgilab  beradi.  Masalan,  oddiy  sipoxiy 

mingan  otining  bahosi  barobarida,  bahodirlar  2-4  ot  barobarida,  aylboshi 

qaramog’idagi  navkarga  nisbatan  ikki  barobar  ko’p,  yuzboshi  o’nboshidan 

ikki barobar ko’p maosh olgan. Mingboshilarning maoshi mingboshinikidan 

uch  barobar  ortiq  bo’lgan.  Janglarda  bahodirlik  ko’rsatib  g’alaba  qozongan 

amir uchun in’omlar ham belgilab qo’yilgan. Masalan, qaysi  bir amir biron 




 

40 


qo’shinni  yengsa  yoki  mamlakat  yoki  viloyat  zabt  etsa  u  tug’,  nog’opa, 

bahodirlik  martabasi,  davlat  kengashlariga  bemalol  kirish  huquqi  hamda 

biron sarxadning noibligi bilan siylangan. 

Bo’linma  boshliqlari  —  amirlar  Temurga  tobe  bo’lgan  qirq  aymoq 

(qabila)dan un ikkitasi: barlos, argin, jaloir, to’lqichi, duldoy, mutul, sulduz, 

tug’oy,  qipchoq,  arlot,  totor  va  tarxonlar  orasidan  saylab  olingan.  Amirlik 

martabasi  Temur  faoliyatining  dastlabki  yillarida  unga  sodiq  bo’lgan  313 

nafar kishiga berilgan. Bulardan bittasi  — amir ul-umaro, to’rttasi — beglar 

begi,  yuztadan  —  mingboshi,  yuzboshi  va  o’nboshi  bo’lgan.  Bulardan 

tashqari,  yana  o’n  ikki  nafar  kishiga  birinchidan  to  un  ikkinchi  darajali 

amirlik  unvonlari  berilgan.  Un  ikkinchi  darajali  amir  odatda  amir  ul-

umaroning noibi hisoblangan. Un ikki amirning har biriga bittadan bayroq va 

bittadan tog’opa, amir ul-umarog’a bir bayroq, nog’pa, o’n minglik qo’shin, 

tut, chortut va bypg’y (karnay) berilgan. 

Bu nishonlar qo’shin bo’linmalarini ham farqlab turgan. Masalan, katta 

qizil  bayroq  qo’shin  boshliga  amir  ul-umaro  yoki  beklar  begining  alomati 

edi.  Ot  yoli  bog’langan  nayzali  uzun  tut  tuman  og’asining,  ikki  tomonga 

kokillar  osilgan  ikki  dul  nog’ora  yuzboshining  alomati  hisoblanardi.  Otliq 

suvori  qismlarni  boshqarish  uchun  maxsus  ajratilgan  otliq  egarlarining  ikki 

tomoniga  tabl-dovul  osilib,  jang  paytlarida  suvorilarni  maxorabaga  solish 

maqsadida bong urib ular qoqilgan. 

 



 

41 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə